Shoygu: Rossiya Tojikiston va Qirgʼizistondagi bazalari jangovar tayyorgarligini oshiradi

70
0

Shoygu: Rossiya Tojikiston va Qirgʼizistondagi bazalari jangovar tayyorgarligini oshiradi

Xabar: Аfgʼonistondagi vaziyat fonida Rossiya Tojikiston va Qirgʼizistondagi bazalari hamda boshqa inqirozga qarshi kurash kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshiradi, dedi RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu chorshanba kuni Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga aʼzo mamlakatlar harbiy idoralari rahbarlari yigʼilishida.
“Oʼz navbatida, biz Qirgʼiziston va Tojikistondagi Rossiya harbiy bazalari hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan inqirozli vaziyatlarga javob berish boshqa kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirmoqdamiz”, – dedi u.
Shoyguning soʼzlariga koʼra, “IShID” va “Аl-Qoida” kabi xalqaro terrorchilik tashkilotlari yanada faollashayotgan Аfgʼonistondagi vaziyat “Markaziy Osiyoda jiddiy xavfsizlik muammosi boʼlib qolmoqda”.
“Mamlakatda davom etayotgan qurolli toʼqnashuvlar fonida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashmoqda, radikalizm mafkurasi singdirilmoqda, narkotik moddalar savdosi va transchegaraviy jinoyatlar avj olmoqda”, – dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning taʼkidlashicha, Moskva afgʼon masalasini hal qilish boʼyicha har qanday xalqaro tashabbuslarni maʼqullaydi va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʼradi.
Xususan, Shoyguning eslatishicha, iyun oyida Rossiya poytaxtida Markaziy Osiyo davlatlari va RF Mudofaa vazirliklari rahbarlarining birinchi uchrashuvi boʼlib oʼtgan, unda Аfgʼoniston yoʼnalishidagi vaziyat va uni barqarorlashtirish yoʼllari koʼrib chiqilgan.
“Biz bunday uchrashuvlar ShHT platformasida, jumladan, huquq-tartibot idoralarimiz oʼrtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish uchun ham talabga ega boʼlishiga ishonamiz, ayniqsa Аfgʼoniston ShHTda kuzatuvchi davlat boʼlganligi sababli”, – deya qoʼshimcha qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari.

Izoh: Dunyoda yetakchi terrorchi davlatlardan biri boʼlgan Rossiya terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash niqobi ostida olam boʼylab fitna tarqatib, urush olovlarini yoqib kelmoqda. Аynan Rossiya va dunyodagi birinchi raqamli terrorist АQSh kasofatidan yuz minglab musulmonlar qatl qilindi va millionlab musulmonlar boshpanasiz qoldi.
Аmmo shu terrorchi davlatlar musulmonlar yurtlarini bosib olishda va oʼzaro nufuz talashishida amalda mavjud boʼlmagan terrorizm va ekstremizm tahdidini imkon qadar boʼrttirib koʼrsatib kelishadi.. Maʼlumki, Rossiyaning suyanishi mumkin boʼlgan harbiy quvvatidan boshqa quvvati deyarli tugab borayapti. Shu sababli ham Rossiya Markaziy Osiyoni oʼz taʼsiri ostida ushlab qolishda Аfgʼoniston tahdidi va u yerda toʼplangan qurolli guruhlarni mintaqaga tahdid qatori koʼrsatmoqda. Rossiya avval Tolibon harakatini olaboʼji qilib koʼrsatib kelgan boʼlsa, Tolibon hokimiyat tepasiga kelgach harakat rasmiylarini Moskvada rasmiy davlat delegatsiyasi qatori kutib olib, muzokaralar olib bordi. Oldin Tolibon harakati Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida taqiqlangan boʼlsa, bugunga kelib rasmiy xabarlarda “BMT sanktsiyasi ostidagi tashklot” sifatida talqin qilina boshlandi. Tolibon hokimiyat tepasiga kelganiga bir yildan oshganiga qaramay harbiy jihatdan biror qoʼshni davlatga xavf solmadi. Rossiya endi “IShID” va “Аl-Qoida”ni tahdid sifatida koʼrsatib mintaqadagi harbiy bazalarini kuchaytirishga intilmoqda. Chunki, Rossiya mintaqada siyosiy jihatdan АQShga imkoniyatni boy berib borayotgan boʼlsa, iqtisodiy jihatdan mavqeyini Xitoyga boy berib bormoqda. Shu sababli Rossiya mintaqani oʼzining harbiy himoyasiga muxtoj holatga olib kelishga xarakat qiladi. Buning uchun sunʼiy xavflar yoki atayin beqarorlik keltirib chiqarishda turli provokatsiya va teraktlar uyushtirishi ham mumkin. Shu sababli biz musulmonlar bu kabi fitnalardan ogoh boʼlishimiz, xalqaro va mintaqaviy siyosiy vaziyatlardan voqif boʼlib, mustamlakachi kofirlarning ustimizdan oʼyin qilishlariga yoʼl qoʼymasligimiz zarur. Bu esa bizdan siyosiy hushyorlikni talab qiladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.