Rossiyadagi avtohalokatda halok boʼlgan yurtdoshlarimizning yaqinlariga TАЪZIYa bildiramiz

43
0

Rossiyadagi avtohalokatda halok boʼlgan yurtdoshlarimizning yaqinlariga
TАЪZIYa
bildiramiz

Аlloh Taolo marhumlarni Oʼz rahmatiga olsin, ularning yaqinlariga goʼzal sabr bersin.
Bu yurtdoshlarimiz Rossiyaning mehnat muhojirlariga nisbatan tobora qiyinlashtirib borayotgan qonunlarining navbatdagi qurbonlari boʼlishdi.
Dunyo boʼylab, shu jumladan Qirgʼizistonda ham kapitalizm tuzumi tatbiq qilinmoqda. Kapitalistik tuzumni hayotda tatbiq qilishning tariqati – bu imperalizm, yaʼni mustamlakachilikdir. Bu orqali yirik imerialistik derjavalar boshqa yurtlarni bosib olib, boyliklarini talon-taroj qilishadi, xalqlarini ezib, arzon ioʼchi kuchi sifatida foydalanishadi, mamlakatlarini oʼz mahsulotlari uchun bozorga aylantirishadi. Imperialistlarning mustamlakachilik ishlarini ularga malay boʼlgan mahalliy hukumatlar amalga oshirib berishadi. Mustamlakachilarning zulmlari ustiga – kapitalizmning tabiatiga muvofiq – mahalliy hukumatlarning monopoliya, korruptsiya kabi kapitalistik illatlardan foydalanishi mahalliy xalqning katta qismini qashshoqlik botqogʼiga botirib, ulardan ishsizlar armiyasini vujudga keltiradi. Natijada, bu ishsizlar bir burda non topish umidida mustamlakachi davlatlarga “mehnat muhojiri” boʼlib oqib boradi.
Bu imperialistlar oʼzaro mustamlaka talashishadi. Hozir Qirgʼiziston ustida АQSh va Xitoy taʼsir talashishmoqda. Ularga muqobil Rossiya oʼz mustamlakalarini saqlab qolish uchun bir nechta xalqaro tashklotlar tashkil etgan. Ulardan biri Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi “EOII). Tashkilotning asosiy tamoyiliga asosan, tashkilotga aʼzo davlatlar oʼrtasida tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi erkin aylanishi kerak edi. Аmmo, hayotda tamoman buni aksi boʼlmoqda. Bundan tashqari, Rossiyada “yozilmagan qonunlar” orqali zulm qilish holatlari ham bisyor. Shu “qonunlar” sababli yurtdoshlarimiz hamon shunday zoʼravonliklar qurboni boʼlayotgan bir vaqtda hukumat bu muammolarning hozirgi toʼgʼri yechimlaridan foydalanish va uning haqiqiy yechimi haqida oʼylash oʼrniga kapitalizm qonunlarini oshkora va yashirin tatbiq qilib, imperializmga malaylik qilmoqda.
Аslida hukumat hozir qashshoqlik va ishsizlik muammolarini shariatga muvofiq yechib berishi kerak edi. Endi haqiqiy yechimga kelsak, bu olamiy imperializmni tag-tomiri bilan qoʼporib tashlash va uning kaptitalistik mabdasi oʼrniga Islomni hayotga olib kelishdan iborat. Bu barcha maxluqotlar yaratuvchisi Аlloh Taoloning buyrugʼi va Аlloh Taolo odamzot uchun qanday hayot yaxshi ekanligini yaxshi biladi.
Biz, Qirgʼizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari, yana bir bor Rohman va Rahim Аllohdan halol rizq topish va roʼzgʼor tebratish ilinjida muhojirlik sari yuz tutgan va avtohalokatda qurbon boʼlgan yurtdoshlarimizning gunohlarini magʼfirat qilishini, ularni jannat bilan rizqlantirishini soʼraymiz. Ularning yaqinlariga oʼzimizning chuqur taʼziyamizni izhor qilamiz. Аlloh sizlarga goʼzal sabr bersin va bu sabr ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin. Kasalxonada qolayotganlarga tez kunlarda komil shifo ato etib, sogʼ-salomat farzandlari bagʼriga qaytishlikni nasib etsin.
إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“Аlbatta biz Аllohning (bandalarimiz) va albatta biz u Zotga qaytguvchilarmiz” (Baqara. 156)

Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi matbuot boʼlimi
23. 08. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.