Erdogʼan: (Isroil) bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdorimiz

50
0

Erdogʼan: (Isroil) bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdorimiz

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼan (Isroil) rahbari Isaak Herzog bilan telefon orqali muloqot oʼtkazdi. Muloqot chogʼida prezident Erdogʼan yahud hamkasbi bilan Turkiya-(Isroil) oʼrtasidagi munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi. Bu haqida Turkiya aloqa vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlikning taʼkidlashicha, prezident Erdogʼan Turkiya-(Isroil) oʼrtasida elchi tayinlash qarorini ikki davlat oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning ijobiy rivojlanishi yoʼlidagi muhim qadam sifatida koʼrishini taʼkidlagan. Shuningdek, (Isroil) prezidentlik idorasi ham Erdogʼanning prezident Herzogga “Isroil-Turkiya munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan muhim saʼy-harakatlari” uchun minnatdorchilik bildirganligi haqida bayonot berdi.

Bundan avval Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushoʼgʼli, Turkiya hukumati Tel-Аvivga elchi tayinlashga qaror qilganligini maʼlum qilganligi xabarlarda oʼz aksini topgan edi. Bunga javoban (Isroil) tashqi ishlar vaziri Yair Lapid “Bu Isroil fuqarolari uchun muhim iqtisodiy yangilikdir”, “Biz (Isroil)ning dunyodagi pozitsiyasini mustahkamlamoqchimiz”, – deya Turkiyaning bu qaroridan xursand boʼlganligini yashirmagan edi.

Izoh: Turkiya hukumati (Isroil)ga elchi tayinlash qarorini goʼyo uzilib qolgan aloqalar qayta tiklayotgandek qilib koʼrsatishga harakat qilinmoqda. Vaholangki Turkiya-(Isroil) oʼrtasida aloqalar 1948 yilda yahud vujudi muqaddas zaminga zoʼravonlik bilan oʼrnatib qoʼyilgan kundan tortib, to bugungi kungacha bir lahza ham toʼxtagan emas. Hatto Erdogʼan-Peres oʼrtasidagi katta shov-shuvga sabab boʼlgan “Van minut” hodisasi yoki Turkiya-(Isroil) oʼrtasida jiddiy keskinlikka sabab boʼlgan “Moviy Marmara” hodisasi paytlarida ham bu ikki davlat oʼrtadagi aloqalar yuksak daraja davom etgan.

Qolaversa, ikki davlat oʼrtasidagi aloqalar faqat elchilar taʼyinlanishi bilan cheklanmaydi. Masalan, razvedkaga oid aloqalar, davlat tashkilotlari oʼrtasidagi aloqalar, shirkatlar oʼrtasidagi aloqalar kabi harbiy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar ham borki, bunday holatlar ikki davlat oʼrtasidagi aloqalar mavjudligini ifodalaydi. Turkiya va yahud vujudi oʼrtasidagi aloqalar yuqori darajada davom etgani va kun sayin kuchayib borganini ushbu soha boʼyicha vazirliklarning bayonotlari koʼrsatib turibdi. Demak shunday ekan, ikki davlat oʼrtasidagi elchilarning yoʼqligi ikki davlat oʼrtasida umuman aloqa yoʼqligini bildirmaydi. Аksincha, elchilikning boʼlmasligi yuzaki norozilik ifodasini anglatadi xolos.

Mazkur masalaning eʼtiborli jihati shundaki, Islomiy oʼlkaga zoʼravonlik bilan tiklab qoʼyilgan yahud vujudi ikki hafta avval Gʼazodagi musulmonlar ustiga bombalar yogʼdirib, 49 nafar musulmonni, jumladan begunoh goʼdaklarni qatl qildi, 360 nafardan ortiq musulmonni jarohatladi. Bu mudhish qirgʼinning harorati sovumay turib, Turkiya hukumati Tel-Аvivda oʼz elchixonasini ochishi haqida maʼlum qildi. Vaholangki bu hukumat oʼzini doimo Falastin xalqining yonida ekanligini daʼvo qilib keladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.