Yahudiy vujudini shayton vasvasasiga solib qoʼyadigan roshid qoʼmondon bormi?!

0
245

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yahudiy vujudini shayton vasvasasiga solib qoʼyadigan roshid qoʼmondon bormi?!

Juma kuni asrda jinoyatchi yahudiy vujudi armiyasi Gʼazo sektoriga havo hujumlarini sodir etishi natijasida oʼnlab insonlar shahid boʼldi, yuzlabi jarohatlandi… Yahudiy vujudi armiyasi Gʼazo sektorida «Fajri sodiq» nomli jangovar amaliyot oʼtkazishni eʼlon qilib, bir necha obʼekt va Falastindagi Islomiy Jihod harakatiga qarashli yetakchilarni nishonga oldi. Bunga javoban, Falastin jangchi guruhlari Gʼazo sektoridan bosqinchilar kvartallariga qarata bir necha raketa uchirdi.
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi bunga oʼzining veb-saytida quyidagicha izoh berdi:
«Bu jinoyatkorlik hujumi bir nechta vositachi rejimlar, asosan Misr rejimi orqali yahudiy vujudi bilan tinchlik oʼrnatishga va taranglikni yumshatishga saʼy-harakatlar davom etayotgan bir paytda sodir etildi. Buni sodir etish bilan bu bosqinchi vujud ayni rejimlar va vositachilarni sariq chaqalik qadrlamasligini… ularga faqatgina oʼzining manfur manfaati va xavfsizligi uchungina eʼtibor berayotganini bildirib qoʼymoqda. Boshqa jihatdan esa, jangchi mujohid guruhlar oʼz tajribalaridan oʼtkazgan holda, bu vositachilarga hech qachon ishonib boʼlmasligini, chunki ular yahudiy vujudi bilan dushmanlik va jinoyatchilikda sherik ekanini anglamoqlari darkor. Mujohidlar shuningdek, Falastin masalasi Ummat masalasi ekanini anglashlari va bu narsa ularning murojaatlari va Ummat sari xatti-harakatlarida oʼz aksini topmogʼi lozim…
Islom Ummatiga kelsak, u ushbu muborak zaminni himoya qilishga javobgar. Falastin va uning ahliga nusrat berishdagi qusurlik uning zimmasida. Demakki, Islom Ummati shuni anglamogʼi lozimki, u to ushbu muborak tuproqni ozod etishga, yahudiy vujudini vayron qilib, belgisini ham qoldirmay oʼchirib-supurib tashlashga qatʼiy qaror qilmagunicha yahudiy vujudining muborak Falastin zamini va Аqso masjidiga qarshi sodir etayotgan jinoyatlari va zoʼravonliklari toʼxtamaydi. Bu esa, avvalo Ummatning yelkasiga minib olgan va Falastin masalasida til biriktirayotgan anavi rejimlarni agʼdarib, islomiy armiyalarni Falastin tomon safarbar qilish orqali amalga oshadi. Chunki bir necha soatdayoq nusratga erishib, jangni bir yoqli qilish imkonini beruvchi qudrat va potentsiallar faqatgina mana shu islomiy armiyalarning qoʼlida. Bas, ushbu armiyalardagi zobitlar va askarlar chin dildan qaror va xolis niyat qilmoqlari va Falastinga ozod etuvchilar va fotihlar boʼlib kirib bormoqlari darkor.
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan

Izohlar yo'q