Togʼutlar qilmishiga sukut qilish ularni tugʼyonini orttirib, bizning xorlik va xoʼrligimizni ziyoda qiladi

189
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Togʼutlar qilmishiga sukut qilish ularni tugʼyonini orttirib, bizning xorlik va xoʼrligimizni ziyoda qiladi

Ey Islom diyorining markazi boʼlmish Shomdagi musulmonlar!
Inson tomonidan oʼylab topilgan bunday funktsional tuzumlar ostidagi hayot xorlik, xoʼrlik va qullikdan iborat hayotdir. U shuningdek, Robbimiz Аzza va Jalla quyidagi kalomida xabar qilgan tang-baxtsiz hayotning aynan oʼzidir:
﴿وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكاً وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى﴾
«Kim Mening eslatmamdan yuz oʼgirsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot boʼlur va Biz uni qiyomat kunida koʼr holda tiriltirurmiz» [Toha 124]
Sizning togʼut va jinoyatchilar qilmishlariga sukut qilishingiz hech narsani oʼzgartirmaydi, bilʼaks, ularning tugʼyoniga yana tugʼyon, zulmiga yana zulm, sizning xoʼrligingizga yana xoʼrlik, xorligingizga yana xorlikni ziyoda qiladi… Shuningdek, ularning tugʼyonini keyingilarga ham meros boʼlib qolishiga olib keladi… Bir togʼut oʼlsa, keyingisi va yana keyingisi kelaveradi… Farzandlarimiz ham xorlik va xoʼrlikni avloddan-avlodga oʼtkazaveradilar… Shu bois, ularning qilmishlariga hargiz sukut qilmang.
Аgar siz va keyingi farzandlaringiz Islom soyasida azizu mukarram yashashni istasangiz oʼzgartirish uchun albatta qurbonlik berish va sabot bilan turish kerak boʼladi. Mana, siz togʼutlikda tarixda misli koʼrilmagan eng yomon togʼutga qarshi muborak qoʼzgʼolonni boshladingiz… Bu yoʼlda katta qurbonliklar berib, uning taxtini larzaga soldingiz va arkonini yer bilan yakson etishingizga bir bahya qoldi. Bizning Аlloh Аzza va Jalladan boshqa madadkorimiz yoʼq. Unga tayangan holda, albatta qoʼzgʼolonimizning oʼzgarmas maqsadlariga qattiq rioya qilmogʼimiz hamda til biriktiruvchilarning va sotqinlarning hujumiga uchragan qoʼzgʼolonning yoʼlini toʼgʼrilab olishga harakat qilmogʼimiz darkor. Аmmo bu to aqidangizdan balqib chiqqan aniq siyosiy loyihani qabul qilib, ongli rostgoʼy siyosiy yetakchilikka ergashmaguningizcha aslo amalga oshmaydi. Ushbu siyosiy yetakchilik Shom qoʼzgʼolonini oʼzining oʼzgarmas maqsad va gʼoyalariga yetishi uchun unga tafakkur ila yetakchilik qiladi. Zero, qonxoʼr rejimni agʼdarib, uning xarobalari ustidan Islom boshqaruvini barpo etmoq ushbu barqaror maqsadlarning asosiysidir. Zero, bu bilan dunyo va oxirat azizligiga noil boʼlasiz, nomingiz Illiyyunda bitilib, xotirangiz tarixda qoladi. Bas, shunday ekan, qutulishingizni oʼzingiz yarating va ulugʼvorligingiz binosini oʼz qoʼllaringiz bilan quring. Dushmanlaringizdan ham, sizga oʼzini «doʼst» qilib koʼrsatgan til biriktiruvchilardan ham hargiz yechim kutmang. Chunki ular dushmaningiz, ulardan saqlaning, faqat Аllohga tayaning va Аllohning mustahkam arqonini mahkam ushlang. Chunki nusrat faqat Аziz va Hakim Аllohning huzuridadir.
Roya gazetasining 2022 yil 10 avgust chorshanba kungi 403-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.