Ey Shom ahli! Oqayotgan qoningiz toʼxtashi va nomusingiz himoyalanishi uchun qonxoʼr rejimni agʼdarib, Islom davlatini barpo eting

40
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Shom ahli! Oqayotgan qoningiz toʼxtashi va nomusingiz himoyalanishi uchun qonxoʼr rejimni agʼdarib, Islom davlatini barpo eting

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosining 2022 yil 23 iyuldagi tongi xabarlariga koʼra, Gʼarbiy Idlibdagi oddiy insonlar yashovchi xonadonlarning juma kuni Rossiya havo kuchlari tomonidan nishonga olinishi oqibatida yetti nafar inson – ulardan toʼrttasi bolalar – shahid boʼldi, oʼn besh nafari jarohatlandi. Shuningdek, Idlibning Ofis qishlogʼidagi oddiy insonlar yashovchi uylarning rejim kuchlari tomonidan pulemyotdan oʼqqa tutilishi oqibatida ikki ayol va ikki bola – ulardan biri emizikli – jarohatlandi. Bundan sal avval Juma kuni asr paytida Jurin lageriga joylashgan rejim armiyasi zambaraklaridan bombardimon qilinishi oqibatida oddiy fuqarolardan biri yaralangan edi… Zambarak toʼplari Idlib janubidagi Muzra shaharchasidagi aholi punkilariga qadar yetib borgan… Keyin rejim bombardimonlari Hama shahrining shimoli-gʼarbidagi Qarqur, Аnkoviy, Hamimot va Shogʼurit togʼliy qishloqlarida ham qayta boshlanib, aholining mol-mulklarini vayron etdi».
Roya:
Taʼkidlash joizki, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʼlimi nashr qilgan xabarda ustoz Nosirshayx Аbdulhay bunday dedi:
«Qonxoʼr rejim va uni qoʼllab-quvvatlayotganlar Shom ahliga qarshi jinoyatlarini Аmerikaning yashil chirogʼi, xalqaro til biriktiruv va BMT dastagi ostida sodir etishyapti. Jadida shaharchasidagi qirgʼin ham shulardan biri… U yerda qoni oqizilgan va chor atrofga tanalari sochilgan begunoh bolalar ushbu jinoyatni amalga oshirganlardan, ularga yordam berganlardan, bunga sukut qilib, ularni yordamsiz qoldirganlardan Аllohga shikoyat qilmoqda».
Ustoz Аbdulhay quyidagilarni qoʼshimcha qildi:
«Bizga bu qirgʼin boshqa shu kabi qirgʼinlarni eslatmoqda… Rossiya prezidenti Putin, Turkiya prezidenti Erdogan va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy doxil munofiq, makkor va bizning qonimizni toʼkib, qonxoʼr rejimni saqlab qolishni kafolatiga olgan jinoyatchi prezidentlarning har bir uchrashuvidan keyin biz bunday qirgʼinlarning yuz berishiga oʼrganib qoldik. Shunday jinoyatlar boʼlayotgan bir paytda, shimoldagi xoin jangchi guruh yetakchilari «bufer zona» qurish yoʼlida maʼlum harakatlarni amalga oshirish uchun oʼz xoʼjayinlari Erdogandan farmon kutishyapti… Bu farmon sochilayotgan tanalar va oqayotgan qonlarga nusrat-yordam berish uchun emas, balki turk rejimi manfaatlari va milliy xavfsizligiga xizmat qilish uchun chiqariladi. Shunday bir paytda, yana, bu xoin yetakchilar ozod etilgan mintaqalarda zoʼravonlik qilish bilan kofir Gʼarbni xotirjam qilib, uni rozi qilish bilan bandlar… Ular oʼzlarining soxta nufuzlari ostidagi mintaqalarni boshqarib, odamlarni «Shomda qayta jonlanishidan oldin yoʼq qilish kerak boʼlgan kufr rejimi bor», degan haqiqatdan chalgʼitadigan vujudchalarni paydo qilishni rejalashtirishmoqda.
Ustoz oʼz soʼzi nihoyasida quyidagilarni taʼkidladi:
«Xalqimizning oqayotgan qoni va bolalarimizning sochilayotgan tanalari uchun olinadigan qasosni faqatgina er kishilarigina amalga oshiradilar. Bu er kishilari qoʼllab-quvvatlovchi davlatlar bilan aloqa iplarini uzadigan hamda anavi rejimni agʼdarib, kulini koʼkka sovurish uchun xaloskorlik loyihasiga ega ongli, xolis, siyosiy yetakchilik ortidan toʼgʼri yoʼlga qadam tashlaydigan kishilardir».
Roya gazetasining 2022 yil 27 iyul chorshanba kungi 401-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.