Taʼziya

73
0

Taʼziya

Qirgʼiziston musulmonlari yana bir ogʼir judolikka uchragani munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston chuqur hamdardlik bildiradi. Аlloh yoʼlida tikonzorlar oralab borayotgan ulugʼ ustozimiz Husan domla 11-avgust kuni kechki payt, muborak Jumaga oʼtar kechasi Аllohning huzuriga rihlat qildi. Ustozning toʼliq ismi sharifi Suerkulov Husanboy Аxmadalievich, uning xalq orasida Husanboy domla yoki Usonbay ustoz deb atashar edi.

Biz Rohman va Rohim Аllohdan Husanboy ustozning tortgan azoblarini gunohlariga kafforat qilishini, gunohlarini magʼfirat aylab, Oʼzining keng jannatlaridan joy berishini soʼraymiz.

Birodarimiz Suerkulov Husanboy Аxmadalievich 1964-yil 9-yanvarda Oʼzbekiston respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʼrgʼon tumanida tavullud topgandi. Maktabda Qirgʼizistonda oʼqigan. 8-sinfni tugatganidan soʼng, 15 yoshida imon va taqvosidan kelib chiqib din ilmlarini oʼrganish maqsadida hijratga chiqqan. Shundan boshlab ilmini takommilashtirib, hujradan hujraga oʼtib, Oʼrta Osiyo din ulamolaridan ilm olgan va shu bilan birga shogirdlariga dars bergan. Ustozning din yoʼlidagi fidoiylardan boʼlishiga onasi Burulxon katta taʼsir koʼrsatgan.

Maʼlumki, 80-yillarda sovetlar hukumati va xudosizlik mafkurasi choʼqqisiga chiqqan, SSSRning Islom dinini taʼqib qilishi kuchli edi. Shunga qaramay, Husanboy domla ilm olishini toʼxtatmadi, aksincha tobora oldinga intilaverdi. 90-yillarda SSSR qulaganidan keyin kapitalistik mafkura asosida “diniy eʼtiqod erkinligi” doirasida yurtimizga daʼvat olib borish daʼvosi bilan bir qancha jamoatlar kirib keldi. Husanboy ustoz ularning har biri bilan tanishishga harakat qildi va ular ichidan haqiqatga yaqinini izlab yurdi. Natijada, 1992-yili ustoz ularning ichidan Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi va uning mabdaiy daʼvatini tanladi.

Ustoz shu kundan boshlab haqiqiy daʼvatni boshladi. Shogirdlari bilan birgalikda siyosiy-fikriy kurash orqali olamiy imperalistik kufr tuzumini qulatib, oʼrniga Islomiy hayotni qayta boshlash harakatini olib bordi. Bu orqali domla yurtimizda peshqadamlardan biriga aylandi va bu kofirga malay hukumatlar va ularning kofir xoʼjayinlarining tinchini buzdi. Ular ustozning daʼvatiga chek qoʼyish ilinjida taʼqibga olishni boshlashdi. Din dushmanlari ustozni qamoqqa olgunga qadar uning umri hijratda oʼtdi.

Oxir oqibat malaylar oʼz maqsadiga erishib, 2012-yil avgust oyida ustozni “ekstremizm”da ayblab qamoqqa olishdi. 2013-yili Qorasuv tuman sudi besh yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi. Qamoq muddatini oʼtayotgan vaqtda qayta ish qoʼzgʼalib, 2014-yil 19-mayda Tokoʼmir shahar sudi 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jazo muddati qattiq tartibli qamoqxonada oʼtashi belgilandi. Jalolobod viloyat sudiga yoʼllangan appelatsiya shikoyati ortidan jazo muddati 10 yilga oʼzgartirildi. Ustoz 10 yil qamoqda oʼtirganidan soʼng 2022-yil 19-mayda ozodlikka chiqqan edi.

Ustoz bu dunyodan oʼtgan boʼlsa-da uning ortida koʼplab shogirdlari qoldi. Kofirlar va ularning malaylari aslo xursand boʼlishmasin, chunki, ustozning ishi alloqachon uning shogirdlarining shogirdlariga, yaʼni “nevara-chevara” shogirdlariga oʼtib boʼlgan va ular harakatdalar, in sha Аlloh.

Birodarimizning ortida yetti nafar farzandi qoldi. Biz birodarimizning ortida qolgan farzandlari, qarindosh-urugʼlari va yaqinlariga sabru jamil tilab, oʼz taʼziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Аlloh sizlarga goʼzal sabr bersin va sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

Аlbatta, har bir musulmonning, xususan, daʼvat omonatini koʼtarishda yelkadosh boʼlgan birodarimizning vafoti bizlarni chuqur qaygʼuga solib, qalblarimizni mahzun qilsa-da biz Аllohning rozi qiluvchi soʼzdan boshqasini aytmaymiz:
الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“ Аlbatta biz Аllohning bandalarimiz va albatta Oʼziga qaytajakmiz”. [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.