Tojikistonda АQSh markaziy qoʼmondonligi tomonidan tashkil etilgan mashqlar boshlandi

238
0

Tojikistonda АQSh markaziy qoʼmondonligi tomonidan tashkil etilgan mashqlar boshlandi

Xabar: 10 avgust kuni Tojikistonda АQSh Qurolli kuchlari markaziy qoʼmondonligi tomonidan tashkil etilgan harbiy mashgʼulotlar boshlandi. Bu haqda АQShning Tojikistondagi elchixonasi xabar berdi.
АQShning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommersheym 20 avgustga qadar davom etadigan “Mintaqaviy hamkorlik-2022” harbiy mashgʼulotlari ishtirokchilarini qutladi.
Pommersheym bu АQShning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari ishtirokidagi eng yirik harbiy mashgʼulotlari ekanligini taʼkidladi.
“Ushbu mashgʼulot mintaqadagi hamkorlarimiz bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun noyob imkoniyat yaratadi”, – dedi u.
Elchixona xabariga qaraganda, olti kunlik qoʼmondonlik-shtab mashgʼulotlarida АQSh, Tojikiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Oʼzbekiston, Pokiston va Moʼgʼuliston harbiylari ishtirok etadi.
Shuningdek, Tojikiston va АQSh Faxroboddagi oʼquv markazida besh kunlik ikki tomonlama dala mashgʼulotlarini ham oʼtkazadi.

Izoh: Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan bosqinchilik urushi choʼzilib, Rossiya harbiy va iqtisodiy holdan toygani sari Markaziy Osiyoda АQSh va Xitoy faolliga kuchayib bormoqda.
АQSh mintaqa davlatlarini iqtisodiy tomondan “TАPI” va “CASA-1000”, “Termiz-Mazori-Sharif-Qobul-Peshavor” temir yoʼl loyihalari orqali oʼziga bogʼlab olishga urinayotgan boʼlsa, siyosiy tomondan “S5+1”, Turkiya boshchiligidagi “Turkiy davlatlar tashkiloti” orqali mintaqadagi turkiyzabon davlatlarda nufuzini mustahkamlashga harakat qilib kelmoqda. Аmerika mintaqani faqat harbiy va siyosiy tomondan oʼziga tortish bilan kifoyalanmay mintaqa davlatlariga harbiy yordam koʼrsatish bilan ularning harbiy qaramligini ham kuchaytirib bormoqda. Masalan, 2018-yili АQSh hukumati tojik xavfsizlik idoralariga umumiy qiymati 8 million dollarlik jihozlar topshirgan edi. Bu Аmerika hukumatining bir yil davomida tojik hukumatiga koʼrsatgan harbiy yordami boʼlsa, oʼtgan 26 yil ichid АQSh Tojikistonga 1,8 milliard dollarlik “yordam” koʼrsatgan. Аmerika 2015-yili Oʼzbekistonga 300 dan ortiq zirxli va pistirmadan hujumga oʼtuvchi transport vositalari (MRAP) hamda zirxli qutqaruv mashinalari (ARV) yetkazib bergan boʼlsa, joriy yilda Oʼzbekiston davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʼshinlariga umumiy qiymati 2 million 250 ming dollar boʼlgan 50 ta “Toyota Hilux” va “Fortuner” rusumli avtomashina yetkazib berdi. Maʼlumki, harbiy texnika va qurol-yaroq bilan birga undan foydalanishni oʼrgatuvchi mutaxassislar, mahalliy harbiylarni tayyorlovchi instruktorlar, texnikalar uchun ehtiyot qismlar, oʼq-dorilar zarur. Bu tariqa mintaqa davlatlari harbiy tomondan ham АQShga bogʼlanib bormoqda.

Garchi, Xitoy hozircha mintaqa davlatlarida siyosiy jihatdan faollik koʼrsatmayotgan boʼlsada, ammo turli iqtisodiy loyihalar orqali mintaqada iqtisodiy ekspantsiyasini kengaytirib bormoqda. “Bir makon – bir yoʼl” strategiyasi doirasida “Yangi ipak yoʼli” loyihasini amalga oshirish, “Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston” temir yoʼl loyihasi va bu loyihani yanada kengaytirish shular jumlasidandir. Bugun, 11-avgust kuni “Oʼzbekiston temir yoʼllari” boshqaruvi raisi tashabbusi bilan Qirgʼiziston va Аfgʼoniston temir yoʼllari rahbarlari bilan videokonferentsiya shaklida boʼlib oʼtgan uchrashuvda “Xitoy – Qirgʼiziston – Oʼzbekiston – Аfgʼoniston” yangi koridorini tashkil etish va ushbu yoʼlak boʼylab yuk tashish uchun oʼzaro manfaatli shart-sharoitlar yaratish, raqobatbardosh tariflarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uzoq yillardan beri Rossiya qarshiligi natijasida toʼxtab turgan temir yoʼl loyihasi qayta jonlana boshladi. Kuni kecha “Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston” temir yoʼli qurilishi doirasida Bishkek shahrida 80 nafar xitoylik ekspert yoʼl xaritasini tayyorlash va mazkur temir yoʼl qurilishining texnik -iqtisodiy asoslarini oʼrganish uchun yetib keldi va ushbu hujjat sentyabr oyida Samarqand shahrida boʼlib oʼtadigan ShHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Xitoy mintaqa davlatlarining togʼ-kon sanoatiga sarmoya kiritish va turli grant va qarzlar berish orqali oʼzining iqtisodiy taʼsirini kengaytirib bormoqda…
Oxiratning abadiy neʼmatlarining bu dunyoning oʼtkinchi matohiga almashtirgan mintaqa davlat rahbarlari esa Markaziy Osiyo aholisining eʼtiqodidan kelib chiqqan Islom davlati bayrogʼi ostida birlashish oʼrniga, yurtlarini mustamlakachi davlatlar uchun siyosiy va iqtisodiy nufuz talashish maydoniga aylantirib berish va bir mustamlakachidan qutulish uchun boshqa mustamlakachining qullik zanjirini oʼlchab koʼrish bilan ovoralar.
Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.