Qumtor boʼyicha muzokaralar davom etmoqda

18
0
Qumtor boʼyicha muzokaralar davom etmoqda
Xabar: Qirgʼiziston va Kanadaning “Tsenterra Gold” kompaniyasi oʼrtasida Qumtor oltin koniga taalluqli shartnoma boʼyicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Erbol Sultanbaev maʼlum qildi.
Sultanbaev barcha muzokaralar tartib-qoidalarga muvofiq davom etayotganini taʼkidlab, natijalar haqida jamoatchilik xabardor qilinishini qoʼshimcha qildi.
“Buyuk koʼchmanchilar merosi” milliy xoldingi matbot xizmati xodimi Nazira Аxmedovaning maʼlum qilishicha, bugun (25-iyul kuni) “Tsenterra Gold” direktorlari kengashining yigʼilishi onlayn rejimda boʼlib oʼtadi. Yigʼilishda qanday masalalar koʼrib chiqilishi maʼlum qilinmagan.
Izoh: Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 10-may kuni “Qumtor” oltin konidagi keyingi bir yillik faoliyatga oid maʼlumotlar ikki oydan keyin jamoatchilikka taqdim qilinishini aytgan edi. Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Hisob palatasiga “Qumtor”ning bir yillik moliyaviy va boshqa faoliyatini tekshirish topshirilgani haqida yozib, “Tekshiruvdan soʼng (tahminan ikki oydan keyin) jamoatchilikka maʼlumot berilishini” qoʼshimcha qilgandi. Mana oradan ikki yarim oy vaqt oʼtgan boʼlishiga qaramay bu masala boʼyicha jamoatchilikka birorta hisobot taqdim qilinmadi.
Аvvalroq, aniqrogʼi, 4-aprel kuni Sadir Japarov xalqqa murojaat qilib, “Tsenterra” bilan sud daʼvosidan voz kechish va nizoni hal qilish boʼyicha kelishuv imzolangani, Qirgʼiziston undagi 26 foizlik aktsiyalarini oʼtkazib berishi, har ikki tomon daʼvolardan voz kechishini va bundan buyon Qirgʼiziston “Qumtor Gold Kompani”ning 100 foiz aktsiyalariga egalik qilishini maʼlum qilgan va xuddiki, Japarov jamoatchilik ongida bu kelishuvda Qirgʼiziston yutib chiqqanidek tasavvur uygʼotishga harakat qilgan edi. Аslida esa Qirgʼiziston hukumati bu kelishuvga Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi “Kumtor Gold” shirkati zimmasiga davlat hisobiga 261 milliard 719 million 674 ming soʼm (3 milliard dollardan oshiq) toʼlash majburiyati va bundan tashqari, Kanada kompaniyasi 1 milliard 300 million soʼm miqdorida badal toʼlashi haqida daʼvosidan voz kechish evaziga erishgan edi. Аslini olib qaraganda Qirgʼiziston hukumati “Tsenterra Gold” kompaniyasi “Qumtor” oltin konidan oltin qazib olishni boshlaganidan beri “mardlik qilib” voz kechib yuborgan mablagʼidan ikki barobar oz foyda koʼrgan. “Kumtor Gold” kompaniyasi faoliyatini tekshirgan davlat komissiyasi tomonidan tayyorlangan filьmda Qumtor oltin konidan Qirgʼiziston 1,5 milliard dollar, “Tsenterra” esa 11,5 milliard dollar foyda olgani aytilgandi.
Maʼlumki, Qumtor oltin konini milliylashtirish tashabbusi muxolifatda yurgan vaqtda ham, prezident boʼlib saylangandan keyin ham Sadir Japarov koʼtarib chiqqan eng asosiy mavzulardan biri boʼlib keldi. Japarov prezidentlikka kelgunga qadar bergan birorta ham vaʼdasini bajarmagani kabi “Qumtor” boʼyicha bergan vaʼdalarini ham bajarishni uddasidan chiqmayapti. Bugun maʼlum boʼlganidek, “Qumtor” boʼyicha masalaga hali oxirgi nuqta qoʼyilmagan. Qirgʼiz hukumati kompaniya foydasiga shuncha daʼvolardan voz kechganiga qaramay muzokaralar davom etmoqda. Bu muzokaralarda “Tsenterra Gold” kompaniyasi imkon qadar koʼproq foyda bilan chiqmagunga qadar bahslar davom etaveradi, ish yana qayta xalqaro sudga qaytarilishi ham mumkin. Xalqaro qonun va xalqaro sudlar esa mustamlakachi davlatlar manfaatlarini himoya qilish asosiga qurilgan boʼlib, ular hech qachon uchinchi dunyo davlatlari manfaatlarini himoya qilib chiqmaydi. Qirgʼiziston xalqi esa shukunga qadar “Qumtor” foydasini koʼrgani yoʼq. Toki, ustimizda kapitalistik tuzum hukm yuritar ekan bundan keyin ham koʼrmasligi aniq.
Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.