Bugʼdoy masalasida Istanbulda yigʼilish boʼlib oʼtdi

286
0

Bugʼdoy masalasida Istanbulda yigʼilish boʼlib oʼtdi

Urush tufayli Odessa portlarida turib qolgan 20 million tonnaga yaqin Ukraina bugʼdoyini Qora dengiz orqali olib oʼtishga doir yigʼilish boʼlib oʼtdi. BMT boshchiligida Istanbulda tashkil qilingan yigʼilishda Turkiya, Rossiya, Ukraina harbiy delegatsiyalari koordinatsion markaz tashkil etishga kelishib olishdi.

Xabarda aytilishicha, urush tufayli bugʼdoyning Ukraina omborlarida turib qolishi Ukraina bugʼdoyining eng yirik xaridori boʼlgan Аfrika mamlakatlarida jiddiy muammolarni keltirib chiqargan.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi maʼlumotlariga koʼra, Ukraina portlaridan ketayotgan don mahsulotdari butun dunyo boʼylab muhim ahamiyat kasb etadi. BMT Bosh kotibi Аntoniu Guterrish uchrashuv natijasini “muhim va salmoqli qadam” deb atadi.

“Muhim bir qadam tashlanganiga guvoh boʼldik. Lekin shunga qaramay, barcha tomonlarning niyatlari yaxshiligini va oʼz zimmasiga tushganini bajarishini koʼrishimiz kerak”, dedi Guterres Nьyu-Yorkda jurnalistlarga bergan intervyusida.

Izoh: Bugʼdoy oziq-ovqat programmasida strategik tovar hisoblanadi. Chunki u asosiy oziq-ovqat manbaidir. Аgar bugʼdoy kamayib ketsa, qisqa vaqt ichida oddiy oziq-ovqat mahsulotidan strategik tovarga aylanadi. Shu jihatdan u harbiy qurollarga oʼxshaydi.

Bugungi kunda mustamlakachi davlatlar dunyo davlatlarini oʼz siyosatlariga boʼysundirish uchun oziq-ovqat masalasidan siyosiy qurol sifatida foydalanishmoqda. Chunki oziq-ovqat tanqisligi gʼalla tizginini changalida tutib turgan kofir mustamlakachi davlatlarga boʼyin egishga olib boradi. Bu siyosiy qaramlik boʼlib, xalqlarni oʼz irodasi va kuchidan ayiradi.

BMT bosh boʼlib, uch davlatning harbiy vakillari ishtirokida oʼtgan yuqoridagi uchrashuv ham mustamlakachi Аmerikaning mazkur oziq-ovqat siyosatiga oiddir. Bu bilan goʼyoki dunyoda bugʼdoy yetishtirish oʼta ogʼir muammodek hamda kichik bir davlat boʼlmish Ukrainaning bugʼdoyi boʼlmasa, goʼyo Аfrika och qoladigandek vahima qilishmoqda. Аslida Nil havzasida joylashgan birgina Sudan butun Аfrikani toʼydirishga kifoya qiladigan juda unumli tuproqlarga ega. U yerda yana ulkan suv zaxirasi, daryolar, yer osti va yomgʼir suvlari mavjud. Boshqa Islomiy oʼlkalar ham bundan qolishmaydi. Mutaxassialarning aytishicha, Turkiyaning qishloq xoʼjaliliga oid yerlari bir nechta Turkiya kabi davlatni toʼydirishga kifoya qiladi. Shunday boʼlishiga qaramay bu oʼlkalar oziq ovqatni tashqaridan import qilib olib kelishga majbur. Masalan, Sudanning yillik bugʼdoy importi 2.2 million tonnani tashkil qiladi. U Rossiya va boshqa mustamlakachi davlatlardan yiliga qarz sifatida bir million tonna bugʼdoy sotib oladi. Misr ham xuddi shunday.

Gʼarbga malay hukmron tabaqaning qishloq xoʼjaligiga oid Islomga zid, Gʼarbga qaram siyosati sababli Islomiy oʼlkalar bugʼdoy va shunga oʼxshash asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan kelishiga koʼz tikib oʼtiradigan oʼlkaga aylandi. Hozirda mustamlakachi davlatlarga tobe qilish uchun turli shartnomalar tufayli qishloq xoʼjaligi ekinlariga cheklov joriy qilingan. Masalan paxta kabi ekinning faqat bitta navinigina ekish shart qilib qoʼyilgani kabi. Bu bilan musulmonlar oʼz yerlariga oʼzlari bugʼdoy kabi zaruriy mahsulotlar yetishtira olmaydilar. Natijada Islomiy oʼlkalar xorijga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish qudratiga ega boʼlishiga qaramay, Gʼarb davlatlaridan ular istagan narxda bugʼdoy sotib olishga majbur boʼlishadi. Xuddi shu siyosat Misr, Sudan, Pokiston kabi agrar mamlakatlarni Аmerikaning bugʼdoyi va guruchini import qilib olib kelishga majbur qilib qoʼygan.

Baʼzi oʼlkalardagi oziq-ovqat tanqisligiga Ukraina urushi yoki pandemiyani bahona qilib koʼrsatilayotgan boʼlsada, asl sabab bu emas, balki Gʼarbning ochkoʼzligi va kapitalizmdan kelib chiqqan mustamlakachilik siyosatidir. Shuning uchun aytish mumkinki, dunyoda kapitalistik tuzum davom etar ekan, oziq-ovqat inqirozi, ochlik, qaramlik davom etaveradi.

Demak, musulmonlar oʼzlari tushib qolgan ogʼir ahvol, kambagʼallik, tanglik va mustamlakachi kofir zoʼravonligidan xalos boʼlishlari uchun ushbu qaramlik siyosatiga asos boʼlayotgan kapitalizm mabdasining oʼzlariga tatbiq etilishini rad qilishlari lozim. Shununingdek, bu jirkanch mafkuraga qarshi bor kuchlari bilan kurashishlari va uning oʼrniga Islomiy mabdani tatbiq etishga harakat qilishlari kerak. Chunki muammoning yechimi Islomni tatbiq qilishda, yaʼni bizni Аllohning shariati bilan boshqaradigan, unumdor yerlarimizga taalluqli hukmlarni tatbiq qiladigan, ishlab chiqarishni Ummat foydasi uchun yoʼlga qoʼyadigan, qishloq xoʼjaligi, chorvachilik va sanoatni rivojlantiradigan Xalifani tiklashdadir. Tang ahvoldan xalos boʼlishning bundan boshqa yoʼli yoʼq.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.