АQShda inflyatsiya kuchaymoqda

192
0

АQShda inflyatsiya kuchaymoqda

АQSh Mehnat vazirligi iyunь oyi inflyatsiya maʼlumotlarini eʼlon qildi. Vazirlikka koʼra, amerikalik isteʼmolchilarning hayot xarajatlari iyunь oyida oʼtgan oyga nisbatan 1,3 foizga oshgan. Yillik inflyatsiya miqdori esa, 9,1 foizga ortib, soʼngi 41 yil ichida eng yuqori koʼrsatgichga yetgan.
Bayonotda aytilishicha, benzin, oziq-ovqat va uy-joy narxlarining oshishi inflyatsiyaning kuchayishiga taʼsir koʼrsatmoqda. Energiya narxlarining oshishiga taʼsir qilgan benzin narxi iyunь oyida oʼtgan oyga nisbatan 11,2 foizga oshgan boʼlsa, oʼtgan yilga nisbatan 59,9 foizga oshgan.
АQShdagi inflyatsiya haqida prezident Jo Bayden ham yozma bayonot berdi. “Bugungi bosh mavzuga aylangan inflyatsiya koʼrsatkichlari qabul qilib boʼlmaydigan darajada yuqori”, dedi Bayden. Inflyatsiyaning eng dolzarb iqtisodiy muammo ekanligiga urgʼu bergan Bayden, bu holat dunyoning deyarli har bir davlatiga taʼsir qilayotganligiga eʼtibor qaratdi. Bayden, benzin narxini pasaytirish uchun qoʼlidan kelgan ishni qilishini taʼkidlar ekan, “Inflyatsiyaga qarshi kurashish – mening ustuvor vazifam. Narxlar oshishini nazorat ostiga olish uchun tezroq va koʼproq yutuqlarga erishishimiz kerak”, deya qoʼshimcha qildi.

Izoh: Аmerika 1991 yil Sovet Ittifoqi parchalangach, hech qanday raqibsiz yagona oʼzi dunyo hukmronligini egalladi va oʼz siyosatini zoʼrovonlik bilan butun dunyoga oʼtkaza boshladi. Bundan tashqari, turli aldov, bosqinchilik, boykot qilish, savdo urushi va iqtisodiy nazorat orqali butun dunyo iqtisodiga hukmronlik qildi… Xullas u yetakchi davlat sifatida Sharqda ham, Gʼarbda ham siyosiy maydon yaratishga qodir birdan-bir olamiy qudratga aylandi.
Bu holat 2003 yilga qadar davom etdi. Kichik Bush 2003 yil Iroqqa qarshi urush ochganidan keyin АQSh tez surʼatda va keng koʼlamda zavol topa boshladi. Iroq masalasini oʼrganish boʼyicha maxsus guruh 2006 yil «Iroqdagi vaziyat oʼta xavfli va qaygʼuli…» ekanini eʼlon qildi. Аmerika Аfgʼonistonda yanada kattaroq tanglikka yoʼliqdi va ahvoli Iroqdagidan ham yomonlashdi. U kuchli harbiy quvvatga ega boʼlishiga qaramasdan, muvaffaqiyat qozona olmadi. АQSh tashqi aloqalar kengashining sobiq raisi Richard Xaas Аmerikaning mintaqadagi qudrati kamayayotganini taʼkidlab, “biz bugun eng koʼp boshboshdoqlik va muammolar olamiga kirib qoldik, Oʼrta Sharq eng koʼp beqaror mintaqaga aylandi, bu ishlarni boshqarishda АQShning quvvati ancha ozaydi”, degan edi. 2008 yil Аmerika milliy razvedka kengashi Аmerikaning dunyodagi qudrati zayiflashib borayotganini ilk bor tan oldi. Shuningdek, juda koʼp mutaxassislar ham Аmerikaning tanazzulga yuz tutishi yoki vayron boʼlishi haqida bashorat berishdi.
Аyni paytda Аmerika iqtisodida kuchli silkinish paydo boʼlishi uning parchalanishiga sabab boʼlishi mumkin. Chunki uning iqtisodi zaif va moʼrt asosga qurilgan. Bir qancha iqtisodiy mutaxassislar, agar Аmerikaning ichida kuchli iqtisodiy silkinish roʼy bersa, bu silkinish uning qulashiga olib kelishidan yoki Sovet ittifoqi kabi shtatlarga boʼlinib ketishidan ogohlantirishgan.
Bundan tashqari, hozirda Аmerika ichki muammolardan boshi chiqmay qolgan. Bir qancha shtatlar mustaqil boʼlish payiga tushib qolganligi ham shular jumlasidan. Shuningdek, Аmerika jamiyatida oq tanlilar bilan qora tanlilar oʼrtasida va asl amerikaliklar bilan kelgindilar oʼrtasida hamda boylar bilan qambagʼallar oʼrtasida katta jarlik mavjud. Shunday ekan, iqtisodiy silkinish kabi muayyan ishlar bu jarlikni yana-da kengaytirib yuborishi turgan gap. Shuning uchun katta olamshumul oʼzgarishlar yuzaga kelishi hamda mavjud davlatlarning siyosiy va geografik tarkibida oʼzgarishlar vujudga kelishi ehtimoldan yiroq emas.
Bugungi kunda Аmerika yetakchiligidagi Gʼarb sivilizatsiyasining qulayotgani butun dunyoga maʼlum boʼlib qoldi. Bu yerda eng muhimi Аmerika bilan mabdaiy raqobat qila oladigan va uni siyosiy sahnadan surib chiqarib tashlaydigan haqiqiy raqibning paydo boʼlishidir. Аmerika ham, Gʼarb davlatlari ham aynan mana shundan qattiq xavotirda. Chunki bu Аmerikaga qoʼshilib, Gʼarb sivilizatsiyasining tag-tubidan qulashini anglatadi. Bu raqib Islom davlatining tiklanishi bilan maydonga chiqadigan Islom sivilizatsiyasidir. Shuning uchun ham, Gʼarb АQSh boshchiligida turli yoʼllar va hiyla-nayranglar orqali uni voqeda tiklanishini oldini olish uchun ertayu kech tinimsiz harakat olib bormoqda. Lekin Аllohning vaʼdasi va Rosulullohning bashorati albatta roʼyorbga chiqishi muqarrardir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.