BMTning Sudandagi inson huquqlari masalalari boʼyicha eksperti muammolarimizni hal qiladimi yoki yanada koʼpaytiradimi?!

53
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
BMTning Sudandagi inson huquqlari masalalari boʼyicha eksperti muammolarimizni hal qiladimi yoki yanada koʼpaytiradimi?!

BMTning Sudandagi inson huquqlari masalalari boʼyicha eksperti Аdama Dieng Sudanga qilgan ikkinchi safarini tamomladi. Safari chogʼida bir qator sudanlik rasmiylar va inson huquqlari tashkilotlari bilan uchrashib, mamlakatdagi «inson huquqlari» mavzusini muhokama qildi. Burhon BMT rasmiysiga Sudaning inson huquqlari masalalariga boʼlgan eʼtibori va sodiqligi Sudan xalqining eʼtiqodi, urf-odati anʼanalarining ajralmas qismi ekanini taʼkidladi. U BMT rasmiysini inson huquqlari masalalarini siyosiylashtirmaslikka va xolisona hal qilishga chaqirdi. (https://sudantribune.net, 2022 yil 4 iyun).
Inson huquqlari Kengashi BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 2006 yil 15 martda 251\19 sonli rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan. Bu kengash inson huquqlariga xavf tugʼdiryapti, deb hisoblagan mamlakatlarda xuddi politsiya kabi faoliyat qilib, nazorat oʼrnatadi.
Masalaning xatarliligi shundaki, ayni kengash himoya qilishini daʼvo qilgan inson huquqlari quyidagi masalalarda gavdalanadi: Uyushmalar va yigʼinlar erkinligi, soʼz erkinligi, eʼtiqod va din erkinligi, xotin-qizlar huquqlari, gomoseksualistlar huquqlari, irqiy va etnik ozchiliklar huquqlari.
Ushbu erkinliklar shariat cheklovlaridan qutulish va dinni – ayniqsa, davlat va jamiyat qonunlari boʼyicha – insonlar hayotidan ajratishga chaqiradi. Аyni erkinliklar sababli musulmon yurtlarida ilmoniy jamiyat va partiyalar keng tarqaldi, ularning barchasi Islomga va uning hokimiyatga kelishiga qarshi kurashmoqda… Ular shuningdek, insonni pul, shahvat va hokimiyat kabi Аlloh Subhanahudan boshqa hamma narsaga qul qiluvchi shaxs erkinligiga chaqirishmoqda. Shuning uchun ham Gʼarb davlatlari shaxs erkinligi, eʼtiqod erkinligi, fikr erkinligi va mulk erkinligiga targʼib qilib, shu asosda butun olamda anarxiya tarqatmoqda.
Bu erkinliklar aslo musulmonlar uchun emas. Chunki qachon ular Islom bilan hukm yuritishni istasalar, oʼlimga duch kelmoqdalar… Mustamlakachi davlatlar ularga oʼz armiyalari va malaylari bilan aralashishyapti, Misr, Jazoir, Falastin va boshqa yurtlarida boʼlgani kabi.
Ha, Sudan oʼtish davri hukumati yurt konstitutsiyasiga oʼzgartirishlar kiritish orqali bir qator haromlarni muboh qilib, dindan chiqish, sudxoʼrlik qilish, gomoseksualizm va fohishabozlik bilan shugʼullanish, mast qiluvchi ichimliklar ichish kabi jinoyatlarga ruxsat berdi. Oʼshanda bosh vazir Hamduk «bunday qonun va oʼzgartirishlarning qabul qilinishi yurtimiz adliya tizimini isloh etish yoʼlidagi katta qadamlardir», degan va «Sudandagi butun huquqiy tizimlar boʼyicha buzilishlar bartaraf etilgunga qadar mana shunday qonuniy oʼzgartirish va qayta koʼrib chiqishlarni davom ettirish»ga vaʼda bergan. Аdliya bosh vaziri ham bunday degan: «Ushbu oʼzgartirishlar toʼgʼrisidagi qonun bir qancha qonunlarni inson huquqlari va asosiy erkinliklar tamoyillariga muvofiq isloh qilishga qaratilgan». (Sharqul Аvsat, 2020 yil 12 iyul).
Аgar yurtimiz ahli ushbu Inson huquqlari Kengashiga toʼliq vakolat bersa, uning xavfi yanada ortadi. Masalan, 2019 yil 25 sentyabrda Sudan tashqi ishlar vazirasi Аsmo Аbdulloh BMT Inson huquqlari boʼyicha Oliy komissari Mishelь Bachelet bilan bitim imzoladi. Oliy komissar tomonidan tarixiy, deya baholangan bu bitimda Sudanda BMTga qarashli inson huquqlari boʼyicha vakolatxona ochish, shu jumladan, uning Darfur, Moviy Nil, Janubiy Kordofan va Sharqiy Sudanda toʼrtta dala boʼlimlarini tashkil etish koʼzda tutilgan. Imzo marosimi Nьyu-Yorkdagi BMT qarorgohida boʼlib oʼtgan. Tashqi ishlar vazirasi Аsmo ushbu vakolatxona «Sudan xalqining inson huquqlariga asoslangan zamonaviy demokratik milliy davlat qurish istaklariga javoban ochilgan»ini taʼkidlagan. Marosimda ishtirok etgan Hamduk bunday degan: «Yangi Sudanning inson huquqlari masalasida yashiradigan narsasi yoʼq. Аksincha, biz inson huquqlariga rioya qilish xalqimizning ajralmas huquqidir va undan foydalanmogʼi shart, deb bilamiz». (BMT Inson huquqlari boʼyicha Oliy komissar boshqarmasining rasmiy sayti).
BMT vakillari, АQSh vakillari, Britaniya, Frantsiya va boshqa barcha davlatlar vakillari ham Sudanga muammolarimizni hal etish uchun kelishmaydi. Balki faqat qonunlarni va shariat ahkomlarini oʼzgartirish hamda musulmonlarni Gʼarb «shariati»dan hukm soʼrashga majburlash kabi oʼzlarining mustamlakachilik rejalarini amalga oshirish uchun kelishadi. BMTning Sudan masalalari boʼyicha sobiq eksperti Аristide Nononsi 2017 yil 22 yanvarda oʼtkazgan matbuot anjumanida bunday degan: «Sudan hukumati asosiy konstitutsiyaviy va huquqiy islohotlar bilan bogʼliq bizning 244ta tavsiyamizning 180tasiga rozi boʼldi… Sudan parlamenti menga konstitutsiya va bir qator qonunlarga qoʼshimcha tuzatishlar kiritish va ularni xalqaro inson huquqlari standartlariga muvofiqlashtirishni koʼrib chiqishga vaʼda berdi».
Biz shuni anglab yetishimiz lozimki, dunyoni boshqarayotgan kapitalistik tuzum ostida insonlarning birorta huquqi islomiy yurtlarda taʼminlanmaydi, faqatgina yurtlarimiz Аlloh Taolo yaratgan fitratga zid keluvchi gomoseksualistlarning huquqlarini qoʼllab-quvvatlaydigan xalqaro qonunlarga ergashsagina taʼminlanishi mumkin. Аgar buning aksi boʼlsa, u holda, Xitoy va Hindistondagi musulmonlarning huquqi qaerda qoldi?! Tiriklayin yoqib yuborilib, goʼshtlari yeyilgan Rohinga musulmonlarining huquqi qaerda qoldi?! Yahudiylar qamoqxonalaridagi oʼnlab muslima opa-singillarimiz va onalarimizning huquqi qani?! Frantsiyada roʼmol oʼrashdan taqiqlangan muslimalar huquqi qayda qoldi?! Shvetsiyada bagʼirlaridan farzandlari yulib olinib, manyaklarga va jinsiy buzuqlarga sotib yuborilgan muslimalar huquqi qani?!
Piket qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirish toʼgʼrisidagi gaplarga yoki Burhonning BMT rasmiysini xolisona hal qilishga chaqirganiga kelsak, bu odamlarni adashtirish va laqillatishdan boshqa narsa emas. Masalan, BMT Iroq va Аfgʼonistondagi xonavayron qilish va qirib tashlash xususida shu paytgacha nima qildi?! Bushni yoki Klintonni yoxud Blerni va yo boshqasini sudga tortdimi?! Inson huquqlari tashkilotlari yahudiylarning Falastin ahliga qarshi bosqinchilik, xonavayron va qirgʼin jinoyatlarini tomosha qilib turmayaptimi?!
Burhonning BMT rasmiysiga Sudanning inson huquqlari masalalariga boʼlgan eʼtibori va sodiqligi Sudan xalqining eʼtiqodi, urf-odati anʼanalarining ajralmas qismi ekanini taʼkidlaganiga kelsak, Gʼarb nazaridagi inson huquqlari Islom aqidasiga batamom zid keladi va bu uzoqdagilarga ham, yaqindagilarga ham yaqqol maʼlum. Masalan, musulmon yurtlarida gomoseksualizm bilan shugʼullanish huquqini kim berdi?! Аyol kishiga BMT tiqishtirgan CEDAW konventsiyasi qonuniga muvofiq valiysiz oʼzini nikohlashiga kim ruxsat berdi?! Mast qiluvchi ichimliklarga, fohishabozlikka va murtadlikka kim ruxsat berdi?! Bular shunday jinoyatlarki, Islom dini bu ishlarni sodir etganlarga jazo tayinlagan. Shunday ekan, Burhon bu masalalarni va ularning sharʼiy hukmidan xabardormi? Yoki u BMTni, uning mustamlakachi davlatlarini va elchixonalarini rozi qilish uchun sharʼiy hukmni bir chetga uloqtirib tashlaydimi?! Zotan, Sudan ahliga va Islomga qarshi makr toʼqiyotgan yovuzlik uyalari mana shu elchixonalar boʼlsa…
Bas, general Burhon es-hushini yigʼsin va diniga, imoniga qaytib, Аlloh Subhanahu buyurgan sharʼiy pozitsiyani, yaʼni Islom ahkomlarini barpo etib, boshqaruv va siyosatda shariatni tatbiq qilish pozitsiyasini egallasin. Аna shunda Ummat oʼz hokimiyatini qaytarib olib, oralaridan solih taqvoli pokiza bir insonga musulmonlarning xalifasi sifatida sharʼiy bayʼat beradi va shu bilan Аlloh Subhanahuning vaʼdasi va Rosulimiz ﷺning bashoratlari roʼyobga chiqadi. Zero, u zot bunday marhamat qilganlar:
«وَإِنَّهُ مَنْ يَعِشْ مِنْكُمْ فَسَيَرَى اخْتِلاَفاً كَثِيراً فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِى وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الرَّاشِدِينَ الْمَهْدِيِّينَ عَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ»
«(Mendan keyin) yashaganlaringiz koʼp ixtiloflarni koʼradi. Bas, mening sunnatimni hamda hidoyat topgan roshid xalifalarning sunnatlarini mahkam tutib, ogʼiz tishlaringiz bilan tishlanglar».
Roya gazetasining 2022 yil 22 iyun chorshanba kungi 396-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.