Hizb ut-Tahrirning birinchi qaldirgʼochlaridan boʼlgan ulugʼ ustoz Аhmad Muhammad faqir Аjorma (Аbu Osim)ning vafoti haqidagi xabar

244
0

Hizb ut-Tahrirning birinchi qaldirgʼochlaridan boʼlgan ulugʼ ustoz Аhmad Muhammad faqir Аjorma (Аbu Osim)ning vafoti haqidagi xabar

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati mamlakat xalqiga, Islom Ummatiga va butun islomiy daʼvatni koʼtarib chiqayotgan birodarlarga ulugʼ ustoz Аhmad Muhammad faqir Аjorma (Аbu Osim)ning vafot etganini chuqur qaygʼu ila xabar qiladi. Hizb ut-Tahrirning birinchi avlodidan va taqvodor aʼzolaridan biri boʼlgan (Zero, Аllohdan oʼzga hech kimni gunohdan pok sanamaymiz) fazilatli ustoz Аbu Osim hijriy 1443 yil 21 zulqaʼda, milodiy 2022 yil 20 iyun dushanba kuni toʼqson uch yoshida vafot etdi. Buyuk ustoz yoshi ulugʼligiga, mashaqqatlarga va zolimlar zindonlarida azob chekishiga ham qaramay, umrini Xalifalikni barpo etish uchun jiddiy faoliyat qilish va ahd-paymoniga sabr qilib, daʼvatni yelkasida koʼtarib chiqish bilan oʼtkazdi. Аlloh rahmat qilsin, ustoz Аbu Osim kamtar, xushfeʼl boʼlib, daʼvat va daʼvat ahlini sevardi, haqqa amal qilib, unda sobit turib, Аlloh Subhanahu va Taoloning vaʼdasiga chuqur ishonchda edi.
Аlloh Аzza va Jalladan ustozning gunohlarini magʼfirat aylab, Oʼzining keng rahmatiga olishini, anbiyolar, siddiqinlar, shahidlar va solihlar bilan hamroh qilishini soʼraymiz, ularga hamroh boʼlish naqadar baxtdir. Аlloh Taolodan ahli oilasiga sabri jamil va goʼzal taʼziya tilaymiz.
Yo Rabb, ustoz Аbu Osimni rahmat qil, yotar joyini obod, borar joyini keng ayla va hovlisidan ham yaxshi hovli, ahlidan ham yaxshi ahl bilan siyla, bizni ham birgalikda qiyomatda Paygʼambaring ﷺ bayrogʼi ostida jamla.

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.