Аfrikadagi xavfli ocharchilikdan hamda ayollar va bolalar azobini siyosiylashtirishdan boʼlgan ogohlantiruv

332
0

Matbuot bayonoti
Аfrikadagi xavfli ocharchilikdan hamda ayollar va bolalar azobini siyosiylashtirishdan boʼlgan ogohlantiruv

Аfrika Ittifoqi rahbari Senegal prezidenti Maki Sall «Radio France International» bilan qilgan suhbatida agar Ukrainadan Аfrikaga bugʼdoy eksporti qayta tiklanmasa, Аfrika jiddiy ocharchilikka duchor boʼlishini aytdi. Sallning taʼkidlashicha, ocharchilik «qitʼadagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin». U oʼtgan hafta Moskvada Rossiya prezidenti Putin bilan uchrashganini, Putindan don va oʼgʼit masalasida Аfrikaga yordam berishini soʼraganini taʼkidladi. Uning ushbu bayonotidan oldin bir necha gʼarblik siyosatchilar ham bayonot berib, qitʼadagi oziq-ovqat krizisini Ukrainadagi urush bilan bogʼlashdi. Masalan, Xalqaro Valyuta Fondi direktori «Evropadagi urush Аfrikada ocharchilikka sabab boʼladi», deya bayonot berdi. Frantsiya prezidenti esa, «Rossiyaning Ukrainaga urush qilishi sababli Аfrikada ocharchilikni kutmoqdamiz», deya taʼkidladi. Umuman olganda, bu bayonotlar Rossiya bilan Gʼarb oʼrtasidagi propaganda urushining bir qismi hisoblanadi. Chunki Rossiya ham Gʼarbning bunday bayonotlari qarshisida Gʼarbning oʼzini ayblab, oziq-ovqat krizisining kuchayib ketishiga va portlarning don va oʼgʼit uchun yopilishiga aynan Gʼarb sanktsiyalari sababchi boʼlganini taʼkidladi.
Siyosatchilar bir-birlarini odamlarning azob-uqubatlaridan urush quroli sifatida foydalanishda ayblashar ekan, xabarlarning boshida gʼoyat ozib ketgan qora tanli yuzlar va motamsaro onalar qiyofalari, Аfrika Sohili va Sharqiy Аfrikada toʼyib ovqatlanolmayotgan bolalar manzarasi qayta-qayta koʼrsatilmoqda… Goʼyo bu manzaralar oʼsha-oʼsha oʼzgarmagan, zamon ham oʼn yildan beri shu qaygʼuli sahnada toʼxtab qolgandek… Butun dunyo oʼsha bir-biriga oʼxshash chehralar qarshisida ocharchilikni kutib, qoʼl qovushtirib oʼtiribdi. Yordam lagerlariga esa, uzun yoʼllarni bosib oʼtib, yoʼl davomida jigargoʼsha va qariyalarni tuproqqa qoʼyib, baʼzi birlari yetib kelmoqda. Bularning barchasi ommaviy axborot vositalari tomonidan insoniyatga hech qanday aloqasi boʼlmagan, shakl va mazmun jihatidan siyosiylashtirilgan holda yoritilmoqda. Vaziyatning xatarli ekaniga va koʼplab otashin bayonotlar berilayotganiga qaramay, BMTning jabrlangan mamlakatlar uchun favqulodda vaziyatlar dasturini moliyalashtirish toʼxtab qoldi. Uning (Jahon Oziq-ovqat dasturi (WFP), Oziq-ovqat va Qishloq xoʼjaligi tashkiloti (FAO), Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) va UNICEF kabi) tashkilotlarining qoʼshma bayonotlarida «BMTning Somali uchun belgilagan 2022 yilgi gumanitar harakatlar rejasining atigi oʼn sakkiz foizi moliyalashtirilgan»i aytildi.
«Oksfam» va Bolalarni Qutqaring (Save the Children) tashkiloti Sharqiy Аfrikadagi vaziyatni halokatli, deya baholadi. Shuningdek, har 48 soniyada bir kishi ochlikdan halok boʼlayotganini hamda oldini olish mumkin boʼlgan ofatlar bilan kurashda butun dunyoning muvaffaqiyatsizlikka uchraganini taʼkidladi.
Qarshimizda alamli voqelik turibdi. Gap shundaki, tabiiy resurslariga boy, iqlimi xilma-xil, tuprogʼi unumdor boʼlmish qora Аfrika xalqi tirikchiligini oʼtkazolmay, taqdiriy masalalarida arzon savdolashuvlarga yuz tutmoqdalar. Oʼzlari uchun mutlaqo aloqasi boʼlmagan kapitalistik urushlar badalini toʼlamoqdalar.
Аfrika va boshqa yerlardagi oziq-ovqat xavfsizligi muammosi xalqlarning xavfsizligi va tinchligidan alohida narsa ham emas hamda boshqa davlatlarning goh tahdid qilib, goh savdolashadigan quroli boʼlib qolmasligi ham kerak. Shuningdek, muammoning ajralmas qismi sifatida koʼrilgan muassasalarga hamda mamlakatlar iqtisodini vayron qiluvchi siyosatlarni olib borib, ularni boshqalarga qaram qiladigan xalqaro tashkilotlarga ham topshirib qoʼyilmasligi lozim. Zero, xalqaro tashkilotlarning bunday siyosatlari odamlarni ishlab chiqarish va yerlarni tiriltirishga qiziqtirish oʼrniga isteʼmolchilik va importga qiziqtiradi. Qishloq xoʼjaligida esa, puxta oʼrganilmagan, tez daromad olish yoʼllariga yoʼnaltirib, tuproqni behuda holdan toydiradi. Shu bois, kasallikning asli yuqori narxlarda ham, Rossiya yoki Ukraina gʼallasida ham emas, balki mazkur siyosatlarning oʼzida. Chunki bu siyosatlar yer va mahalliy hosilni eʼtiborsiz qoldirib, odamlarning bir burda nonini dengiz ortidagi mamlakatlarga bogʼladi, shuningdek, mahalliy qishloq xoʼjaligini eʼtiborsiz qoldirib, mamlakatni bugʼdoy importiga qaram qildi.
Аfrika oʼnlab yillardan buyon tafakkur, aql va siyosiy irodadan mosuvo boʼlib kelmoqda… Yerlariga vahshiylarcha hujum qilinib, xalqi shafqatsizlarcha och qoldirilmoqda… Аfrikaning bu ahvoldan yagona chiqar yoʼli – yerlarini qashshoqlashtirib, yoʼqsillik, jaholat va kasallik keltirib chiqaradigan Gʼarb va uning tashkilotlaridan qutulmoqdir. Ular oʼzlarining unumdor yerlaridan foydalanib, oʼz hosillariga tayanmoqlari hamda mamlakat va odamlarni qashshoqlashtiradigan import yechimlaridan voz kechmoqlari darkor. Bu esa, faqatgina boshqaruv muammosini hal qilish va yer yuzida xalifa qilish haqiqatini anglab yetish bilangina amalga oshadi.
﴿أَمَّن يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاءَ الْأَرْضِ أَإِلَـهٌ مَعَ اللَّهِ قَلِيلاً مَّا تَذَكَّرُونَ﴾
«Yoki muztar-nochor odam duo-iltijo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (uning) mushkulini oson qiladigan hamda sizlarni yerning xalifalari qiladigan kim bor, Аlloh bilan birga yana biron iloh bormi?! Kamdan-kam eslatma-ibrat olursizlar!» [Naml 62]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
boʼlimi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.