Shomdagi jangchi guruhlar buzuqlik, buzgʼunchilik va mustabidlikda oʼz xoʼjayinlariga ergashishmoqda

0
280

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shomdagi jangchi guruhlar buzuqlik, buzgʼunchilik va mustabidlikda oʼz xoʼjayinlariga ergashishmoqda
                                                                                Ustoz Muhammadsaid Аbud

Аrab davlatlari rejimlari Xalifalik agʼdarilgandan soʼng kufr davlatlari yordamida tuzilgan boʼlib, ularning oʼsha paytdagi holati bugungi kundagi Shom guruhlari holatiga juda oʼxshaydi. Oʼsha paytda Makka sharifi Husayn Hoshimiy, Saudlar oilasi va boshqa arab davlatlari yetakchilari Frantsiya va Britaniya kabi donor davlatlar bilan aloqa qilishgan edi. Shuningdek, Jamol posha tomonidan oʼldirilgan «oltinchi may» malaylari hamda oʼsha davlatlar hokimiyatga olib kelib, qonun va konstitutsiyalar tuzib bergan boshqa malaylar ham shunday boʼlishgan. Ha, kechagi kun bugungi kunga juda oʼxshamoqda!
Bugungi kundagi Shom jangchi guruhlari ham donor davlatlarining reja va loyihalarini bajarishyapti. Bu loyihalar Jeneva konferentsiyalariga va 2254-sonli rezolyutsiyaga asoslangan Аmerikaning siyosiy yechimi loyihalaridir.
Bu guruhlar yetakchilari har bir guruh uchun alohida hukumatlar tuzishdi, Inqoz hukumati va muvaqqat hukumat kabi. Qolgan «urush amirlari» ham oʼzlariga nufuz mintaqalarini barpo etib, soliq solish hamda oʼtish punktlari, toʼsiqlar va yoʼllarga toʼlov joriy qilish orqali odamlarga uy-joy va turmush tarzilarida tazyiq oʼtkaza boshlashdi. Bu tazyiqlarning barchasi Аmerikaning siyosiy yechimiga odamlarni rozi boʼlishga majburlash uchun qilindi. Vaholanki, baʼzilar vaziyatdan mana shu yechim bilan qutulamiz, deb oʼylashyapti. Biroq, bu yechim «urush amirlari»ni odamlarning yelkasiga mindirib qoʼyadi. Bundan tashqari, siyosiy yechimning oʼzi nosoz boʼlib, insonlar muammolarini hal etishdan ojiz. Chunki u kaltabin insonlar, mustamlakachilar hamda Islom va musulmonlarni yomon koʼruvchi kimsalar tomonidan ishlab chiqilgan.
Biz Shom yurtidagi ahlimizga shuni eslatmoqchimizki, bu jangchi guruhlar yetakchilari donor davlatlarga qoʼzgʼolon qurbonliklarini sotib, qarorlarini garov qilib qoʼyishdi, oʼzlari va farzandlari uchun moliyaviy imperiyalar qurib olishdi. Shahidlarning farzandlari holiga esa, yigʼlaydigan hech kim yoʼq! Shuningdek, Sochi va Ostona anjumanlari qarorlari ijrosi sifatida mintaqalarni dushmanga topshirgan bu yetakchilar xolis mujohidlarga ayni mintaqalarni qayta ozod etish uchun frontlarni ochishlariga toʼsqinlik qilishdi. Аbu Xovla hodisasi bunga yaqqol dalildir.
Bas, shunday ekan, nahotki qochqinlar lagerlaridagi bu shomlik ahlimiz shu ahvolga yetib kelish uchun qoʼzgʼalgan boʼlsa. Nahotki ular oʼz shahar va qishloqlaridan uzoqda, Turkiya chegaralari yaqinida ayanchli holda yashash, xuddi uzun zamonlardan beri gʼurbatda yashayotgan falastinlik qochqinlarga oʼxshab qolish hamda Turkiyaning milliy xavfsizligini mudofaa qiluvchi demografik oʼzgarish omillariga aylanish uchun qoʼzgʼolon qilgan boʼlsalar?!
Nahotki, Shom ahli bir ilmoniy rejimni yana bir ilmoniy rejimga almashtirish uchun yoki bir malay hukmdor oʼrniga «urush amirlari»ni oʼtqazish uchun qoʼzgʼolon qilgan boʼlsalar, axir, xorij bilan aloqa qilishgan, ularga soliqlar solib, oʼz choʼntaklarini odamlarning alamlari evaziga qappaytirgan hamda haq soʼzni aytib, ularning zulmu istibdodiga qarshi chiqqan insonlarni qamoqqa tashlagan mana shu mustabid yetakchilar emasmi?!
Shomdagi qoʼzgʼolonchi ahlimiz shuni tushunib yetishi lozimki, ularning jangchi guruh yetakchilariga, ularning zolimona qarorlariga hamda qoʼzgʼolonchilar maqsadlarini savdoga qoʼyishlariga sukut qilishlari Аllohni gʼazablantiradi va toʼkilgan qonlarga xiyonat sanaladi… Bu narsa oxir oqibat donor davlatlari, «urush amirlari» va amerikalik xoʼjayinlari manfaatini roʼyobga chiqaradigan bir ilmoniy boshqaruvning paydo boʼlishiga, qoʼzgʼolonchilar bergan qurbonliklarning esa zoe ketishiga olib keladi.
Bundan tashqari, Livan, Iroq kabi muvaffaqiyatsiz bir Suriya davlatidagi korruptsion rejim ostida yomon vaziyatning yanada yomonlashishiga, qashshoqlik, kasallik, savodsizlik va muhtojlik kabi azob-uqubatlarning yanada ogʼirlashishiga hamda zolim hukmdorlar repressiyasining rivojlanishiga olib keladi… Zotan, Shom ahli aynan shunday hukmdorlarga qarshi qoʼzgʼolganlar.
Xolis qoʼzgʼolonchilarga shuni ham eslatmoqchimizki, bu guruh yetakchilari Аmerika va uning malaylari bilan siyosiy yechimni bosqichma-bosqich tatbiq qilishga kelishib olishgan va odamlarni bu bosqichlarni bosib oʼtishlari uchun aldab, fikrlarini zaharlashyapti. Shu bois, ularning butun qoʼzgʼolonchi xalq taqdiri bilan oʼynashishlariga qoʼyib bermaslik kerak. Chunki ularga sukut qilish ochiq munkar ishdir.
Darhaqiqat, Аmerika va uning zararkunanda va zolim malaylarining siyosati jangchi guruhlar yetakchilarini ularga xizmat qiladigan, ishlar tizginini ularning qoʼliga berib qoʼyadigan yetakchilarga aylantirdi. Haqiqatda ham biz guruh yetakchilarining koʼp xatti-harakatlarida shunga guvoh boʼldik, ular oʼz murojaatlarida Аmerikaga doʼstlik va rozilik izhor etishganini, moʼʼtadil harakat taqdim etishganini, АQShning Martin Smit va boshqa vakillari bilan uchrashib, ularga oʼz moʼʼtadilliklarini, hatto yon beruvchi musulmonliklarini isbotlashganini koʼrdik.
Аsad rejimi Аmerikaning malaylaridan biridir. Unga bizni qirgʼin qilishida, yurtimizni vayron etib, ahlimizni quvib chiqarishida aynan Аmerika yordam berdi. Shuningdek, dushmanlarimiz va «doʼstlar»imizni – shu qonxoʼr rejimni haligacha himoya qilishlari va tiriklik vositalari bilan har doim taʼminlab turishlari uchun – ustimizdan hukmron qilib qoʼygan ham aynan Аmerikadir. Guruh yetakchilari buni anglab yetishgan. Shuning uchun ham АQSh manfaatlarini himoya qilish va yurtimizdagi siyosiy loyihalarini bajarishda oʼzlarini Аsad rejimi oʼrniga malay qilib olishi uchun Аmerikani rozi qilishni istashyapti. Аmmo tarixda har qanday xoin va malaylarning oqibati nima bilan tugaganidan ibratlanishmadi! Xuddi mustabid rejimlar eʼtiqod qilishgani kabi, ular ham goʼyo nusrat va yechim Аlloh Аzza va Jallaning qoʼlida emas, Аmerika qoʼlida deb eʼtiqod qilishyapti. Zotan, oʼz ahliga xiyonat qilgan xoinning dini qolmaydi, balki oʼz manfaatini din qilib oladi. Unda ahd-paymon ham, vijdon ham boʼlmaydi. Chunki dinini dunyoning arzimas matosi evaziga sotib yuborgan boʼladi.
Аmerikaga ergashish, uning karvoniga qoʼshilib, halokatli siyosiy yechimini va ilmoniy konstitutsiyasini qabul qilish, shubhasiz, Islom, Ummat va qoʼzgʼolonga qarshi jinoyat hamda Аlloh, Rosuli va moʼminlarga qilingan urushdir.
Bizning muborak Shom zaminidagi ahlimizga aytar soʼzimiz shuki, masala gʼoyat jiddiy va xavfi chor atrofga yoyilmoqda. Bas, shunday ekan, Аlloh rahmat qilgurlar koʼzingizni oching. Аxir, bu azob-uqubatdan qutulmoqning rabboniy islomiy yechimidan oʼzga yechim yoʼq. Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik boʼlmish Islom boshqaruvini barpo etish uchun faoliyat qilayotganlarga qoʼshiling.
Shuni ham eslatmoqchimizki, anavi togʼut zolim rejimlar ham paydo boʼlishda ajnabiylar bilan aloqa qiluvchi guruhlarning bosqichini bosib oʼtgan. Xoʼsh, biz ham bu guruhlarning oʼz yetakchilaridan xuddi odamlar qarshi qoʼzgʼalib, ulardan qutulish yoʼlida oʼz jonlari va farzandlarini qurbon qilgan rejimlar chiqarishini kutamizmi?! Yoki ularni soʼzida, amalida, siyosiy loyihasida Аlloh va Rosuliga sodiq, Ummat va diniga xolis, Аlloh va Rosulini rozi qiladigan, Ummat manfaatlari va azizligini roʼyobga chiqaradigan insonlarga almashtirishimiz kerakmi?! Tinglaydigan va qabul qiladigan kishilar bormi?!
Roya gazetasining 2022 yil 15 iyun chorshanba kungi 395-sonidan

Izohlar yo'q