Sadir Japarov: Kazinodan tushgan pulga halqimizning yashash sharoitini yaxshilab olaylik

153
0

Sadir Japarov: Kazinodan tushgan pulga halqimizning yashash sharoitini yaxshilab olaylik

Xabar: Prezident Sadir Japarov “Kabar” milliy axborot agentligiga bergan intervьyusida kazinolardan tushgan pulga aholining yashash sharoitini yaxshilab, davlat xodimlarining mehnat haqini “yuqori darajada koʼtaramiz” deb bildirdi.
Japarov kazinoga chet ellik millionerlar va milliarderlar kirishini taʼkidlab, davlat byudjetiga milliardlagan soliq tushadi deb hisoblaydi.
“Oʼsha mablagʼlar bilan qishloqlarimizning yoʼllarigacha taʼmir qilaylik, tashqi qarzimizdan qutilaylik. Davlat xodimlarining oylik maoshlarini bir oydan ikkinchi oyga oilasini boqishga bemalol yetadigan darajaga chiqarishimiz kerak. Shundagina korruptsiya toʼxtaydi”, – dedi u.
Japarov Qirgʼiziston fuqarolari uchun kazinoga kirish taqiqlanishini taʼkidlab, unga davlat kafolat beradi deb ishontirdi.
“Аgar qirgʼiz fuqarosini kazinosiga kirgizgan boʼlsa, u holda u kazino egasi litsenziyasidan ajraydi. Shu sababdan, kazino ekagi qirgʼizning 5-10 ming dollar puliga qiziqib, oʼzining millionlagan dollarga sotib olgan litsenziyasidan ajrab qolishni istamaydi. Shu bilan birga kazinoga oddiy odamlar kirmaydi. Ularga qizigʼi ham yoʼq”, – dedi Japarov.

Izoh: Qirgʼiziston xalqining aksar qismi musulmonlik eʼtiqodidan kelib chiqqan holda mamlakatda qimorxonalar ochilishiga qarshi chiqishlariga qaramay, Japarov boshchiligidagi qirgʼiz hukumati xuddiki, xalqqa oʼchakishgandek qimorxonalarni ochish masalasida qatʼiy turipti. Parlamentda hukumat tomonidan taqdim etilgan qimorxonalar toʼgʼrisidagi qonun deputatlar oʼrtasida tortishuvlar keltirib chiqarib, ayrim deputatlar qonun loyihasiga qarshi ovoz bergani, baʼzi siyosatchilar ham qimorxonalar ochilishiga qarshi pozitsiyani egallaganidan keyin MXDQ raisi Qamchibek Tashiev qarshi ovoz bergan deputat va siyosatchilarga ularning har bir ishlaridan xabardor ekanligini aytib tahdid qilishgacha yetib bordi. Prezident esa “qimorxona aroq savdosidan koʼra halolroq” deb aytishi orqali Islom va musulmonlar qadriyatini oyoq osti qildi.
Japarov va Tashiiev tandemi oyoq tirab qimorxonalar ochilishini qoʼllab-quvvatlayotgani va bu yoʼlda tahdid qilishgacha yetib borishi ularni hokimiyatga olib kelgan kuchlar bilan avvaldan kelishilgan bitim ekanligi borasida tahmin qilishga asos boʼladi. Qimorxonalarga Qirgʼiziston fuqarolari kiritilmaydi degan bandini amalda tatbiq qilib boʼlmasligi kundek ravshan. Chunki, Rossiya va boshqa davlat fuqaroligina olgan asli qirgʼizistonliklar soni oʼn minglab, hatto yuz minglabni tashkil etadi. Ular orqali amaldorlar va “qoralar” oʼzlarining harom pullarini yuvish imkoniga ega boʼlishadi.

Qimorxonalar turistlarni jalb qilish yoki byudjetni toʼldirish, aholi farovonligin oshirish, ish haqini oshirish uchun degan gaplar odamlarni chalgʼitish uchun oʼylab topilgan quruq gap xolos. Qolaversa harom narsada hech qachon baraka boʼlmaydi. Bu rasmiy hukumatning oʼz xalqi halqumini bulgʼashdan boshqa narsa emas.

Аlloh taolo aytadi:
يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
“Ey iymon keltirganlar! Аlbatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) choʼplar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda boʼling. Shoyadki, najot topsangiz. Аlbatta, shayton hamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon koʼrishlikni solishni hamda sizlarni Аllohning zikridan va namozdan toʼsishni xohlaydi. Endi toʼxtarsizlar?!” (Moida surasi, 90-91 oyatlar)

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.