Hindularning Paygʼambarimizni tahqirlashlariga islomiy yurtlardagi hukmdorlarning qoʼrqoqligi va xorligi sababdir

0
180

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hindularning Paygʼambarimizni tahqirlashlariga islomiy yurtlardagi hukmdorlarning qoʼrqoqligi va xorligi sababdir

Hindistondagi hukmron partiya matbuot voizining Tvitterda Rosululloh ﷺning shaʼniga nisbatan haqoratli soʼzlarni yozganiga javoban, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Bu partiya rahbarlari tomonidan qilingan bu tahqirlov tasodifan aytib yuborilgan narsa emas. Balki bu hindular va ularning partiyalari tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi doimiy ravishda amalga oshirib kelingan gijgijlash siyosatining bir qismidir. Musulmonlar aqidasiga qarshi bunday haqoratli soʼzlar Islom va uning ahliga boʼlgan qator dushmanliklarning bir halqasi boʼlib, bugun u har qanday qizil chiziqlarni bosib oʼtdi. Аna, bir tomonda yahudiylar Falastin zaminini va muqaddas dargohlarni oyoq-osti qilishgan boʼlsa, ikkinchi tomonda butparast mushriklar rohinga musulmonlarini qatli om qilishyapti, yana boshqa tomonda Xitoy uygʼur musulmonlarni repressiya qilmoqda…».
Matbuot bayonotida musulmonlarga xitoban bunday deyildi:
«Islomga nisbatan davom etayotgan va kuchayib borayotgan bunday tahqirlov muhitining gunohi hammadan ham avval islomiy yurtlardagi hukmdorlar boʼyniga tushadi. Chunki shariatni bekor qilish va mustamlakachi kofir Gʼarbga malay boʼlishni oʼzlariga ravo koʼrish bilan Islom va ahkomlariga qarshi urush ochgan avvalo mana shu hukmdorlardir. Chunki yahudiylar barcha hukmdorlarimizning xoinliklari va qoʼrqoqliklarini oʼz tajribalarida sinab koʼrishgandan keyingini mana shunday dushmanlikka jurʼat qilishadigan boʼldi… Mana shu hukmdorlar oʼz qoʼrqoqliklari sababli Ummatni tahqirlanadigan, haybatini yoʼqotgan va dushmanlarga xor Ummatga aylantirishdi. Vaholanki, Islom Ummati kuch-qudratga boy boʼlib, dushmanini yetarlicha va ziyodasi bilan tiyib qoʼyishga qodir, biroq hukmdorlari tomonidan oyoq-qoʼllari kishanlanib turibdi, xolos. Shu sababdan Islom va muqaddas narsalarining tahqirlanishiga faqat gʼazabning oʼzi yetarli emas. Balki bu gʼazab Аlloh yoʼlidagi gʼazabga aylanmogʼi va birinchi navbatda anavi qoʼrqoq fitnachi hukmdorlarni tubdan agʼdarib, soʼng Xalifalikni barpo etmogʼi, shu orqali Ummatni insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat darajasiga qayta koʼtarmogʼi darkor.
Roya gazetasining 2022 yil 22 iyun chorshanba kungi 396-sonidan

Izohlar yo'q