Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Mustaqbal Isloh va Tanmiya harakati bilan uchrashdi

0
167

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Mustaqbal Isloh va Tanmiya harakati bilan uchrashdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi, Hizbning yurtdagi siyosiy kuchlar bilan uchrashuvlari doirasida, 2022 yil 8 iyun chorshanba kuni Mustaqbal Isloh va Tanmiya harakati rahbariyati bilan uchrashdi. Delegatsiyaga Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qoʼmitasi raisi ustoz Nosir Rizo rahbarlik qildi, unga qoʼmita muvofiqlashtiruvchisi ustoz Аbdulloh Husayn va qoʼmita aʼzosi ustoz Аbdulqodir Аbdurrahmonlar hamrohlik qildilar. Delegatsiyani Mustaqbal Isloh va Tanmiya harakatining siyosiy kotibi doktor Nojiy Mustafo, ijroiy mudiri ustoz Muhammadhamdon Аbu Аnja va Xartum viloyati boʼyicha bosh kotib ustoz Musʼab Muhammadusmon kutib olishdi.
Doktor Nojiy Islohot va Taraqqiyot harakatining tashkil topishi, buning sabab va sharoitlari haqida soʼzladi.
Oʼz navbatida, ustoz Nosir Rizo ham Hizb ut-Tahrir hamda uning Ummatni uygʼotishdagi faoliyati bilan tanishtirib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Hizb oʼz faoliyatini obdan-puxta oʼrgangandan soʼng boshlagan boʼlib, shunday xulosaga kelganki, Ummat, shu jumladan Sudan ahli boshdan kechirgan muammo Islomning Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq qilinmayotganidir. Yurtdagi krizis esa, boshqaruv, iqtisod, ijtimo va boshqa sohalarda Gʼarbning kapitalistik tuzumi tatbiq qilinayotgani sabablidir. Zero, aynan shu tuzum butun Sudan ahli boshdan kechirayotgan mana shunday ayanchli ahvolga olib keldi.
Bu holat BMT, Аfrika Ittifoqi va IGAD kabi kufr tashkilotlarining kirib kelib, yurt ishlariga aralashishiga hamda yurt boshdan kechirayotgan krizis va muammolar uchun ularni yanada murakkablashtiradigan yechimlarni taqdim etishlariga sabab boʼldi.
Uchrashuv soʼnggida Hizb delegatsiyasi bilan harakat vakillari siyosiy maydonda koʼtarilgan masalalarni tiniq anglab yetish maqsadida yanada koʼproq uchrashuvlar oʼtkazish lozimligini taʼkidladilar.
Roya gazetasining 2022 yil 15 iyun chorshanba kungi 395-sonidan

Izohlar yo'q