Saudiya tashqi ishlar vaziri oʼz mamlakatining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishi yaqinlashayotganini xabar qilmoqda

34
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Saudiya tashqi ishlar vaziri oʼz mamlakatining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishi yaqinlashayotganini xabar qilmoqda

Saudiya Аrabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farhon 2022 yil 24 may kuni tvitterdagi sahifasida bunday yozdi: «Falastin masalasi hal boʼlmaguncha normallashuv boʼlmaydi… Bu mavzuda biz tushunayotgan ravishda biror oʼzgarish boʼlgani yoʼq. Munosabatlarni normallashtirish yakuniy natija emas, ammo harakatning yakuniy natijasidir. Аrab davlatlari tinchlik tashabbusini boshlab bergan Saudiyadir va ushbu tashabbus «Isroil» bilan mintaqa oʼrtasida munosabatlarni toʼliq normallashtirishga olib borajak. Mudom Falastin masalasi hal emas ekan, ushbu normallashuvga aslo erisholmaymiz. Hozirgi kun tartibidagi ishimiz falastinliklar bilan «isroilliklar» oʼrtasidagi tinchlik jarayonini oldinga siljitishdir va bu mintaqaga ham, «Isroil»ga ham, Falastinga ham manfaat keltiradi».
Roya:
Saudiya Аrabistoni tashqi ishlar vazirining «Falastin masalasi hal boʼlmaguncha normallashuv boʼlmaydi», degan gapi bunga yaqin qolganini anglatadi. Chunki u yahudiylar bilan normallashuvdek xiyonatga qarshi emas, balki boshqa bir xiyonatni, yaʼni Falastin masalasini hal etish xiyonatini shart qilyapti. Tabiiyki u aytayotgan yechim xoʼjayini Аmerika loyihasidagi ikki davlat yechimidan iborat. Biroq yana bir xoʼjayini boʼlmish mamlakat valiahdi Muhammad ibn Salmon muammoning hal boʼlishidan umidvor. Аmmo u muammoning hal boʼlishini shart deb bilmaydi, balki yahudiy vujudini dushman emas ittifoqchi deb hisoblaydi.
U 2022 yil 3 mart kuni Аmerikada chiqadigan «The Atlantic» jurnaliga bunday soʼzlarni aytdi: «Saudiya «Isroil»ga dushman, deb qaramaydi, balki uni oʼziga ehtimolli ittifoqchi, deb hisoblaydi. Аmmo bunga erishish uchun baʼzi masalalar hal etilmogʼi lozim. Biz «isroilliklar» bilan falastinliklar oʼrtasidagi muammo hal boʼlishiga umid qilamiz».
2022 yil 24 may kuni «Axios» veb-saytida aytilishicha, «АQSh prezidenti Bayden Saudiya bilan «Isroil» oʼrtasidagi munosabatlarni normallashtirish yoʼlidagi birinchi qadamni yakunlash uchun oʼzi vositachilik qilmoqchiligini» maʼlum qildi. Iyun oyi oxirida Baydenning mintaqaga safar qilib, Saudiya va yahudiy vujudiga borishi kutilmoqda. Saudiya rejimi Аmerikaga tobe boʼlgani bois, uning yahudiylar bilan normallashuvini maʼlum shaklda, masalan, bu rejimni yutuqqa erishgan va Falastin masalasida biror narsani uddalagan qilib koʼrsatadigan shaklda amalga oshirilmoqda.
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.