Islom najot yoʼlimizdir

348
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Islom najot yoʼlimizdir

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati 2022 yil 22 may yakshanba kuni «Islomga asoslangan tub yechim najot yoʼlimizdir» nomli namoyish oʼtkazdi. Namoyish Islom va uning ahkomlariga ochiq qarshi boʼlgan va musulmonlarning mustamlakachi gʼarblik dushmanlari bilan til biriktirilgan holda tuzilgan siyosiy ilmoniy loyihalarga qarshi oʼtkazildi.
Namoyish shahar maydoni oldidagi «Savro» koʼchasida tartibli ravishda oʼtkazilgan esa-da, biroq shunga qaramay, xavfsizlik kuchlari maydonni oʼrab olib, poytaxt trassasini kazarmaga aylantirib yuborishdi… Katta sondagi politsiya kuchlari kelib, mashinalari bilan koʼchaning ikki tomonini toʼsib, shahar maydoniga tutashuvchi barcha yoʼllarni yopib qoʼydi. Shunga qaramay, Hizb aʼzolari koʼchaning oxirgi qismida toʼplanib, namoyishni oʼtkazishga muvaffaq boʼlishdi. Biroq, yahudiylar xavfsizligini taʼminlovchi bu rejim hamma tomonni qamal qilib, odamlarning namoyishga kelib qoʼshilishlariga yoʼl qoʼymadi. Buning ustiga, Hizbning bir necha aʼzolarini hibsga oldi va keyinroq qoʼyib yubordi.
Taʼkidlash joizki, namoyishda quyidagi mazmunda uchta maʼruza qilindi:
Birinchi maʼruza: Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʼlimi raisi ustoz Xubayb Karboka xavfsizlik kuchlari bilan sodir boʼlgan toʼqnashuv ortidan otashin maʼruza qilib, Tunis hukmdorlari xiyonatlari, korruptsiya va korruptsion rejimni himoya qilayotgan hukumatlar haqida gapirdi. Xalqaro Valyuta Fondining koʼrsatmalariga boʼysunib, yurtdagi vaziyatni izdan chiqarilishining va ahlini xor-zor qilishning javobgarligini butun rasmiy doiralar zimmasiga yukladi. Barcha tomonlarni krizislardan qutqaruvchi yagona yechim sifatida Islomga mahkam amal qilishga chaqirdi. Xolis va rostgoʼy insonlar haqida soʼz yuritib, «agar bu insonlar Islomni tatbiq qiladigan boʼlsa, ularni boshlarimizga qoʼyamiz», dedi. «Bizga Аlloh izni ila yaqinda Xalifalik vaʼda etilgan va bu ham vaʼda, ham bashoratdir», deya Tunis ahliga xushxabar yoʼlladi.
Ikkinchi maʼruza: Ustoza Fotima Аrus oʼz maʼruzasida davlat Islomni tatbiq etgan va musulmonlar uning soyasida yashagan asrlar haqida soʼz yuritib, unda diniy ozchilik yoki qashshoqlik, ishsizlik, terrorizm va badbaxt hayot kabi bugun bizni oʼz olovida jizgʼinak qilayotgan muammolar boʼlgan emas, dedi. Maʼruzasi soʼngida Tunis ahlini bunday rejimni ildizi bilan yulib tashlashga va musulmonlarni la ilaha illalloh royasi ostiga birlashtirijak Islom hokimiyatini barpo etishga daʼvat qildi.
Uchinchi maʼruza: Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati siyosiy boʼlimi raisi ustoz Аbdurauf Omiriy oʼz maʼruzasida haq bilan botilni yaqqol ajratib berib, biz bugun boshdan kechirayotgan holat partiyalar oʼrtasidagi siyosiy kurash emas, balki siyosatchilarning mustamlakachilarga xizmat qilish ustida kim oʼzarga bellashishlaridir, dedi.
U yana quyidagilarni taʼkidladi: «Bu ahvolga tushishimizga sabab oʼz ishimiz oʼz qoʼlimizda emas, chunki oʼnlab yillar davomida ishimizga ajnabiylar burun suqishdi va rasmiy doira mustamlakachi dushmanlarimiz buyruqlariga muvofiq zoʼravonlik bilan hukm yuritishdi… Bugungi kundagi siyosatchilarning har biri Gʼarb rejalariga tobe va barchasining shunday siyosatchilar boʼlishi istalgan… Biz Hizb ut-Tahrir faqat Tunisda qandaydir islomiy davlat barpo qilmoqchi emasmiz. Yoʼq, balki maqsadimiz butun Islom Ummati uchun davlat barpo qilmoqdir».
Ushbu namoyishda «Shubhasiz, shubhasiz, yechim Islomdadir», «La ilaha illalloh, al-Xilafa vaʼdulloh», «Uyat, uyat, qoʼzgʼolondan keyin mustamlaka», «Sharmandalik, sharmandalik, qoʼzgʼolonni dollarga sotishdi», «Yon berish va taslim boʼlishga yoʼl yoʼq, Tunis homiysi Islom», «Etakchimiz toabad, sayyidimiz Muhammad», kabi shiorlar koʼtarib chiqildi.
Roya gazetasining 2022 yil 1 iyun chorshanba kungi 393-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.