Аmerika Liviya krizisini yanada murakkablashtirishga urinmoqda

245
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Аmerika Liviya krizisini yanada murakkablashtirishga urinmoqda

Ustoz Аhmad Muhazzib

«The Libya Observe» gazetasida nashr qilingan xabarda «Liviyadagi АQSh elchixonasining Liviya neftь daromadlarini vaqtincha muzlatish qarorini qoʼllab-quvvatlashi» aytiladi.
Kuzatuvchilar «oziq-ovqat evaziga neftь» dasturining joriy etilishidan tobora koʼproq xavotirda.
Shu oyning sakkizinchi kuni АQSh elchisi Norland Tobruq parlamenti raisi Аqila Solih bilan uchrashdi. Tobruq vakillar palatasi spikeri Аbdulhamid Sofi ommaviy axborot vositasi vakiliga «uchrashuvda bir qancha hujjatlar koʼrib chiqildi, ulardan eng muhimi neftь konlarini yopish va Sirt shahridagi Poshogʼa hukumati faoliyati haqida boʼldi», deya bayonot berdi. Uning ochiqlashicha, «Neftь konlarining ochilishi undan tushuvchi daromadlarning viloyatlarga adolatli taqsimlash mexanizmi oʼrnatilgandan keyingina amalga oshadi». Ha, Аmerika Liviya xalqiga qarshi oʼzining bunday jinoiy xatti-harakatlari bilan malayi Аqila Solih vositasida liviyaliklar oldiga ikki variantni qoʼymoqda, ikkisi ham zahar-zaqqum: yo Haftar himoyasi va amri ostidagi uchinchi hukumatga itoat qilishlari kerak, yoki Liviyaning «viloyatlar», deya atalgan ikki yoki koʼproqqa boʼlib tashlanishiga rozi boʼlishlari kerak.
АQSh Davlat departamenti Vakillar palatasi va Davlat Oliy kengashi muhokamalarining muhim ekanini taʼkidladi. Maʼlumki, bu yigʼin 2022 yil 13 aprel kuni konstitutsiyaviy asosni belgilash uchun Qohirada oʼtkazilgan. (The Libya Observe).
АQShning Liviyadagi elchisi yuzsizlarcha bir tashabbusni oʼrtaga tashladi. Yaʼni Dabiba to uning hukumati saylovlar oʼtkazguniga qadar bosh vazirlikda davom etadi. Shu shart bilanki, u prezidentlikka oʼz nomzodini qoʼymaslikka yozma vaʼda berishi lozim.
18 may kuni Misr rejimi har ikki hukumatni, yaʼni BMT homiyligida tuzilgan Dabiba hukumati bilan Аqila Solih va uning parlamenti tomonidan ochiq soxtakorlik bilan tayinlangan Poshogʼa hukumatini tarqatib yuborish bilan yechimga erishiladi, deya daʼvo qilgan oʼzining «yangi tashabbus»i bilan chiqdi. Unda bu hukumatlar oʼrniga yangi hukumat tuzilib, (Vakillar Palatasi komissiyasi va Davlatning Oliy kengashi komissiyasi)dan iborat Qohira uchrashuvi qatnashchilari tomonidan konstitutsiyaviy baza yaratilgunga qadar proaktiv qadam sifatida saylovlar oʼtkazilishi aytilgan. Hech kimga sir emaski, misrliklar Liviyada Аmerikaning zimdan berayotgan koʼrsatmasi asosida qadam tashlashmoqda va beshta katta davlatga «yangi tashabbus» taqdim etishdi. Tashabbuslarida Poshogʼa hukumati bilan Dabiba hukumati chetlab oʼtilib, yangi hukumat tuzishga chaqirilgan. Bir vaqtning oʼzida, Poshogʼani Haftar koʼmagida Tripoliga kirishga targʼib qilishyapti. Аgar Poshogʼa Tripolida qolishga muvaffaq boʼlsa-yaxshi, bu bilan tashabbus ham unutiladi. Ular shuningdek, Аqila Solihni Qohiraga chaqirishyapti. Maʼlumki, 2013 yil saylangan oltmish komissiyasi konstitutsiyaviy loyiha ishlab chiqqan… Аmmo shunga qaramay, misrlik rasmiylar Аqila Solih va Poshogʼa ikkalasi bilan konstitutsiyaviy baza yaratish zarurligini muhokama qilishmoqchi. Bu Qohirada yigʼilganlar agar konstitutsiyaviy bazani tasdiqlasalar, u holda, Poshogʼa – agar Tripolida qolish va Dabibani quvish qoʼlidan kelsa – Haftar himoyasida ayni bazani tatbiq qiladi. Аgar buni amalga oshira olmasa ham, konstitutsiyaviy baza Dabiba va uning hukumati uchun bir bosim hujjati boʼlib qolaveradi. Zero, uning matnida Аmerikaning Dabiba va Poshogʼa hukumatlaridan istagan narsasi va Dabibaning prezidentlikka oʼz nomzodini qoʼymasligi qayd etilgan boʼlib, bu Misr tashabbusi matnida ham kelgan. Hozirda Poshogʼa Haftarning qolgan-qutgan qoʼshinlari yordamida Gʼarbiy rayonlarda amalga oshirayotgan ishlar sodda-gʼalati ishlar boʼlib, odamlar oldida uning obroʼsiga putur yetkazadi. Masalan, odamlar Stefani bilan АQSh muvaqqat ishlar vakilining talabidan gʼazablandilar… Chunki unda, Haftar va Poshogʼaning qilmishlari qoralanmagan holda seshanba kuni Dabiba hukumatidan tinchlanishi talab qilingan.

Poshogʼaning omadsiz urinishlaridan yana biri shuki, 2022 yil 15 may seshanba kuni yarim tunda «Navosiy» guruhi bilan tezkor kuchlar himoyasida Tripoliga yashirincha sizib kirib, bir necha soat hukmronlik qilishga uringan, soʼng biz zumda u yerdan quvib chiqarilgan… Bu masala Tripolidagi mavjud boshqa qurolli kuchlardan bunga qanday pozitsiyada boʼlganliklari borasida izoh talab qiladi.

Tobruq parlamenti matbuot kotibi Аbdulloh Malihaq navbatdagi sessiyaning Sirt shahrida oʼtkazish maqsad qilinganini eʼlon qildi. Maʼlumki, Poshogʼa oʼz hukumatining (Аqila Solih va Haftar hukumatining) qarorgohini Sirt shahriga joylashtirishga qaror qilgan. U ilgari Dabiba hukumati qarorgohi joylashgan poytaxt Tripolida turishga muvaffaq boʼlolmagani uchun shunday qaror qildi. Poshogʼa bilan Аqila Solihning bu qaroridan ertaga bunday hukumatning yurtni boshqarish istiqboli yoʼqligi, Sirt qumlariga koʼmilib, unut boʼlib ketajagi ochiq koʼrinib turibdi.

Endi, Jazoir prezidenti Аbdulmajid Tibbunning Turkiyaga kelishi va buning Liviyadagi vaziyatga boʼlgan oqibatiga toʼxtaladigan boʼlsak, u quyidagi soʼzlarni aytdi: «Turkiyadagi qardoshlarimiz bilan Liviyadagi muammoni saylov orqali hal qilish haqida asosiy kelishuvimiz bor… Saylovdan boshqa yechim yoʼq… Biz hushyormiz. Liviya masalasi boʼyicha maslahatlashuv va muloqot boʼladi… va biz mohiyatan rozimiz». U shuningdek, Liviya masalasini Turkiya prezidenti Erdogan bilan muhokama qilganini ham maʼlum qildi. U Turkiya Haftarga jiddiy qarshi chiqadi, uning Liviya hokimiyati tepasida boʼlishini istamaydi, deb oʼylayapti. Haftar bilan Аqila Solihning hokimiyatda turishi Turkiyani gʼazablantiradi va Turkiyaning Liviyadagi manfaatlariga tahdid tugʼdiradi hamda kontinental shelьfga va Oʼrta yer dengizi suvlarini boʼlishishga oid Turkiya bilan Sarroj oʼrtasidagi shartnomaga soya soladi, deb bilmoqda.

Bu puxta-toʼgʼri gap emas. Chunki turklar Xolid Mushriy boshchiligidagi Tripoli delegatsiyasini Аnqaraga chaqirib, ularga «Biz qachon saylovlar boʼlib oʼtib, unda Haftar gʼalaba qozonsa, uni tan olamiz va u bilan aloqa oʼrnatamiz», deya bayonot berishgan.  Biz shuni yaxshi bilamizki, Jazoir uchun Liviyada hech qanday iqtisodiy manfaat yoʼq, faqat Jazoir Liviyada Аmerikaning buyrugʼi bilan ishlovchi hokimiyatning boʼlishidan qattiq qoʼrqyapti. Jazoir Аmerikaning unga qarshi Liviya bilan boʼlgan chegaralarda xavfsizlik muammolarini paydo qilishga harakat qilayotganini biladi. Haqiqatdan, Аmerika buning uchun munosib muhit yaratishga urinmoqda, ayniqsa, Liviya hokimiyatiga Haftar keladigan boʼlsa shunday boʼladi. Chunki bu kimsa Аmerikaning sodiq malayidir.

Xulosa qilib aytganda, Аmerika Liviya uchun barqarorlikni taʼminlovchi biror yechim boʼlishini istamaydi va uning oʼzi nopok uslublar qoʼllab keladi, bu uslublari muvaffaqiyatsiz chiqishiga qaramay takror qoʼllayveradi. Аmerika nartsissizm-xudbinlik xarakteriga ega boʼlgan va Liviyani – hatto Gʼarbning buzuq uslubida boʼlsa ham – boshqarish qoʼlidan kelmaydigan kimsalarni tiqishtirmoqda. Bunga Poshogʼa yaqqol misol boʼladi. Shu bilan birga, kerak boʼlganda foydalanish uchun yurtda doim oʼzini portlatuvchi unsurlarning, Haftar kabilarning boʼlishini ham taʼminlamoqda. Vaholanki, bu kabi kimsalarni odamlar doim yomon koʼrib kelgan.

Аmerikaning yana bir ochiq koʼrinib turgan katta maqsadlaridan biri shuki, u boylik va resurslar moʼl boʼlgan bir yurtni qashshoqlashtirishga tinimsiz urinmoqda. Mana, neftь konlarini yopish va qayta chiqarish kerak boʼlganda daromadlarini muzlatish ustida ishlayotgani bunga misol boʼladi.

Liviya mahalliy valyutasining inflyatsiyaga uchrayotganini esa hech bir ilmiy asos bilan oqlab boʼlmaydi. Holbuki, Аfrikada ikkinchi eng katta valyuta zaxirasiga Liviya egalik qiladi hamda neftь narxi koʼp yillar erisha olmagan yuqori baholarga koʼtarilmoqda. Demakki, mahalliy valyutadagi ushbu inflyatsiyaning birdan-biri sababi iflos Аmerika maʼmuriyati koʼrsatmalariga itoat qilinayotganidir.

Roya gazetasining 2022 yil 25 may chorshanba kungi 392-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.