АQSh Ukrainaga yalpi oʼt ochish reaktiv tizimlarini yuboradi

51
0

АQSh Ukrainaga yalpi oʼt ochish reaktiv tizimlarini yuboradi

Xabar: АQShning oʼrta masofali yalpi oʼt ochish reaktiv tizimlari ukrainaliklarga jang maydonidagi nishonlarni aniqroq urishda yordam beradi, ammo ular Ukrainadan tashqarida zarba bera olmaydi, dedi АQSh prezidenti Jo Bayden.
Vashington Ukrainaga cheklangan miqdorda oʼrta masofaga uchuvchi “ilgʼor raketa tizimlari”ni taqdim qilmoqchi, bu “Ukrainada jang maydonidagi asosiy nishonlarni aniqroq urish imkonini beradi”, dedi АQSh prezidenti Jo Bayden The New York Times uchun maqolasida. Maqola 1 iyun, chorshanbaga oʼtar kechasi eʼlon qilindi.
Shu bilan birga, Baydenning soʼzlariga koʼra, АQSh Ukrainani “oʼz chegaralaridan tashqarida zarba berish”ga undamaydi va bunga yoʼl qoʼymaydi.
Oq uyning yuqori martabali mulozimlaridan biri anonimlik sharti bilan АQSh Ukrainaga M142 HIMARS (tezkor artilleriya raketa tizimi) mobil raketa qurilmalarini joʼnatishini aytgan, ularda 80 kilometr masofagacha zarba berishi mumkin boʼlgan yuqori aniqlikdagi oʼq-dorilar ishlatiladi. Nazariy jihatdan, ular yuzlab kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi, ammo uzoq masofadan otish uchun oʼq-dorilar Ukrainaga yetkazilmaydi.
“Ushbu tizimlar ukrainaliklar tomonidan Rossiyaning Ukraina hududidagi hujumlarini qaytarish uchun qoʼllaniladi, ammo ular Rossiyaga qarshi (uning hududiga qarata) ishlatilmaydi”, deb taʼkidladi amaldor. Yalpi oʼt ochish reaktiv tizimlari Ukrainaga 700 million dollarlik yangi harbiy yordam transhining bir qismi boʼladi, u shuningdek, vertolyotlar, tankka qarshi Javelin tizimlari, taktik mashinalar, ehtiyot qismlar va boshqalarni oʼz ichiga oladi.
Izoh: Ukrainadagi hozirgi urush Rossiya-Ukraina urushi emas, balki Rossiya bilan Gʼarb oʼrtasidagi urushdir. Аmerika Rossiyani Ukraina qarshi bosqinchilik urushiga jalb qilish orqali oʼzining maqsadiga erishdi. Bu Rossiyani mahalliy tarangliklarga hamda siyosiy, iqtisodiy va ehtimol harbiy tebranishlarga duchor qiladi va bu urush uzoq yillar davom etishi mumkin. АQSh Ukrainadagi urushni imkon qadar uzoqroq choʼzish orqali Rossiyani zaiflashtirish va xalqaro mavqeyini zaiflashtirishni maqsad qilgan edi. Bu urush Putinni hokimiyatda qolishiga taʼsir qilishi ham ehtimoldan uzoq emas.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.