Yahudiylar yer yuzida buzgʼunchilik qiluvchi qavmdir

225
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiylar yer yuzida buzgʼunchilik qiluvchi qavmdir

Аl-Jazira telekanali jurnalisti Shirin Аbu Oqilaga suiqasd qilinishi ortidan Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi oʼz saytida «Yahudiy vujudining jinoyatlari jurnalist, oddiy fuqaro, yosh bola va qariyani ajratib oʼtirmayapti» nomli matbuot bayonoti nashr qilib, unda quyidagilarni taʼkidladi:
Yahudiy vujudi kuchlari oʼtgan chorshanba kuni ertalab Janin lagerida Аl-Jazira telekanali jurnalisti Shirin Аbu Oqilaga suiqasd qilish va uning hamkasbi Аli Samudiyni yaralash bilan oʼzlarining navbatdagi jinoyatlarini sodir etishdi. Ular yahudiy vujudi kuchlarining Janin qochqinlar lageriga bostirib kirishlari hodisasini yoritayotgan edi…
Bu jinoyat shuni tasdiqladiki, yahudiy vujudi sodir etayotgan jinoyatlarida qarshilik harakati jangchisi, jurnalist, shifokor, oddiy fuqaro va qariyani ajratib oʼtirmaydi. Bu vujud yerni, nomusni, muqaddas dargohni oyoq-osti qilgan va hurmat-odobdan bebahra bir dushmandir. Uning yovuzligidan insoniyat, togʼu tosh va dov-daraxt omon qolmadi. Uning Аqso masjidida ruku-sajda qilayotganlarga hujum qilishini, ayollar va bolalarni ham ayamasligini butun olam koʼrdi.
Аrab davlatlari ayni shu dushmanga quchoq ochib, u bilan munosabatlarni normallashtirmoqda. Falastin maʼmuriyati ayni shu dushman bilan ishlarni muvofiqlashtirib, uning xavfsizligini himoya qilmoqda. Аl-Jazira telekanali unga media minbarini ochib berib, boshqa fikrlarni hurmat qilish bahonasi bilan uning jinoyatlarini oqlash uchun eng katta jinoyatchilari va rasmiy vakillariga mezbonlik qilmoqda!».
Matbuot bayonoti quyidagi soʼzlar bilan yakunlandi:
«Bu jirkanch vujudning yovuzligi va uzoq choʼzilgan buzgʼunchiligi shuni tasdiqlaydiki, demak, uni muborak zamindan bira toʼla, toabad ildizi bilan qoʼporib tashlashdan boshqa chora yoʼq. Bu esa albatta amalga oshadi. Ular buni uzoq deb bilurlar, biz esa uning yaqinligini bilurmiz.
﴿إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيدًا  وَنَرَاهُ قَرِيبًا﴾
«Ular uni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!» [Maorij 6-7]
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi oʼz saytida yahudiylarning 2022 yil 13 may juma kuni Janin lageriga bostirib kirish jinoyatlari ortidan yana bir matbuot bayonoti nashr qildi. «Bosqinchi kuchlar Janin hamda Janin lagerini jang maydoniga aylantirib yuborishdi, yordam beruvchi hech kim yoʼq!!» sarlavhali ushbu bayonotda quyidagicha taʼkidlanadi:
«Bosqinchi kuchlar taʼqib ostidagi Mahmud Dabaiyning uyini ertalab bir necha soat davomida qurshovda ushlab turgandan soʼng tankka qarshi «Energa» granatomyodi bilan uyni portlatishdi… Janin qochqinlar lageridagi toʼqnashuv oqibatida 11 yigit oʼqdan yaralandi. Yahudiy vujudi kuchlari, juma kuni ertalab Janin shahri, uning lageri, Burqin shaharchasi, Janindagi Hadaf rayoniga bostirib kirib, uylardan birini qurshovga olishdi va bin necha yerga snayper joylashtirishdi.
Bu takabbur jinoyatchi yahudiy vujudi chorshanba kuni ertalab odamlar koʼz oʼngida, ommaviy axborot kameralari guvohligida jurnalist Shirin Аbu Oqilani oʼldirish bilan ham kifoyalanmadi… Bir oz toʼxtab, tinchlandi-da, yana bugun oʼsha yerga qaytib borib, oʼldirish, qamoqqa olish, vayron qilish rejasini davom ettirdi… Bu bilan u butun dunyoga oʼzining takabburligi va zoʼravonligi aslo toʼxtamasligini, chegara bilmasligini, uni na Falastin maʼmuriyati, na uning xalqchilligi, na arab hukmdorlari va na ularning pozitsiyasi qiziqtirishini taʼkidlab qoʼydi… Bu vujudni hatto Gʼarb dunyosi tabiati va istaklari ham, xalqaro hamjamiyat va uning muassasalari ham qiziqtirmaydi… Chunki uning manfaatlari, gʼoyalari va istaklari barcha hisob-kitoblar va mulohazalardan ustundir. Yahudiy vujudi shunday demoqda…
Bayonot quyidagicha yakunlandi:
«Modomiki xalqaro tashkilotlar, inson huquqlari kengashlari va BMT yoʼlaklari haqida gap borar ekan, yahudiy vujudi oʼz jinoyatlari oqibati va javobgarligidan omon qolishini bilib turishibdi. Modomiki unga qarshi Ummat va uning armiyasi harakatga kelmas ekan, unga hech bir narsa xavf solmaydi. Shuning uchun, baralla hayqirmoq hamda armiyalar va Ummatga nido qilib, ulardan bosqinchi yahudiy vujudini ildizi bilan qoʼporib tashlash orqali muborak Falastin zamini va uning ahliga nusrat berishdek oʼz burchlarini ado etishni talab qilmoq darkor. Toki, bu bilan ularning qator qonxoʼrliklariga, zoʼravonlik va takabburliklariga chek qoʼyilsin.
Roya gazetasining 2022 yil 18 may chorshanba kungi 391-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.