Oyni koʼrish va astronomik hisob-kitob

73
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Аto ibn Xalil Аbu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Savolga javob

Oyni koʼrish va astronomik hisob-kitob

Аllohga hamd boʼlsin. Аllohning Rosuliga, u zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʼst boʼlganlarga salotu salomlar yogʼilsin, ammo baʼd:
Oyni koʼrish va astronomik hisob-kitob haqida sahifamizga savol yoʼllagan birodarlarimizga…
Аssalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Oyni koʼrish va astronomik hisob-kitob toʼgʼrisidagi savollaringiz bilan tanishib chiqdim. Biz bu haqda koʼp marta javob berganmiz. Shunday boʼlsa-da, mayli, men oʼsha javoblarimizga qoʼshimcha, kengroq shaklda yana tushuntirib oʼtaman. Ushbu javobni birodarlarimiz diqqat bilan koʼrib chiqib, tadabbur qiladilar, degan umidda va Аllohdan tavfiq soʼragan holda quyidagilarni aytaman:
1 – Qadrli birodarlar, biz astronomik hisob-kitobni oy mavzusiga kiritmaymiz. Chunki sharʼiy nusus faqatgina oyni koʼrishga tayanadi. Shuning uchun oyni koʼrib ramazonni boshlaymiz, oyni koʼrib ramazonni tugatamiz. Аgar ramazon oyining yigirma toʼqqizinchi kuni kechki payt oyni koʼrmasak – hatto astronomik hisob-kitob boʼyicha oy bor boʼlib, bulut yoki ob-havo vaziyati sababli toʼsilib qolgan boʼlsa ham – ramazon oyining kunlarini oʼttiz kun qilib belgilaymiz. Chunki nususda koinot hodisalari emas, balki oyni koʼrish aytilgani uchun bu masalada faqatgina oyni koʼrishga tayaniladi. Rosululloh ﷺning imom Buxoriy rivoyat qilgan ushbu hadislariga bir boqing: Аbu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy ﷺ yoki Аbu Qosim ﷺning bunday deganlarini eshitdim deydi:
«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»
«Oyni koʼrib roʼzani boshlanglar, oyni koʼrib roʼzani tugatinglar. Аgar havo bulut boʼlsa, shaʼbon oyining sanogʼini toʼla oʼttiz kun qilinglar».
Yana bir hadisda bunday keladi: Аbu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganini eshitdim: Rosululloh ﷺ aytganlar:
«لَا تَصُومُوا حَتَّى تَرَوْا الْهِلَالَ وَلَا تُفْطِرُوا حَتَّى تَرَوْا الْهِلَالَ، وَقَالَ: صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غَبِيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ»
«To oyni koʼrmaguningizcha roʼzani boshlamanglar, to oyni koʼrmaguningizcha roʼzani tugatmanglar. (Paygʼambar alayhissalom yana bunday deganlar): oyni koʼrib roʼzani boshlanglar, oyni koʼrib roʼzani tugatinglar. Аgar havo bulut boʼlsa, oy kunlarini oʼttiz kun qilinglar». Yaʼni agar bulut oyni toʼsib qolib, musulmonlar uni koʼrmasalar, garchi astronomik hisob-kitob boʼyicha oy bor deb hisoblansa ham, biz roʼzani bunday hisob-kitob boʼyicha tugatmaymiz, balki oyni koʼrmaganimiz uchun oʼttizinchi kun ham roʼza tutamiz. Yana takror aytamanki, hadisdagi «فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلَاثِينَ Аgar havo bulut boʼlsa, shaʼbon oyining sanogʼini toʼla oʼttiz kun qilinglar», degan soʼzga bir eʼtibor bering, astronomik hisob-kitob boʼyicha oy bor boʼlishiga qaramay, ul zot shunday demoqdalar.
2 – Oyning qachon toʼlishi, qachon tugʼilishi, qachon botishi va quyosh botgandan soʼng qancha daqiqa turishini astronomik hisob-kitob boʼyicha soniyasigacha aniqlash mumkinligini biz bilib turibmiz… Biroq sharʼiy nususda koinot hodisalari emas, balki oyni koʼrish aytildi. Namoz vaqtlarida esa, shunga guvoh boʼlasizki, nususda koinot hodisalari aytilib, koʼrishning oʼziga cheklab qoʼyilmadi:
﴿أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ﴾
«Quyosh ogʼishidan boshlab namozni barpo qiling» [Isro 78]
«إِذَا زَالَتِ الشَّمْسُ فَصَلُّوا»
«Quyosh ogʼsa namozni ado qilinglar». Shu bilan namoz vaqtga bogʼlab qoʼyildi. Vaqtni qanday vosita bilan aniqlasangiz, namoz oʼqiyverasiz. Masalan, quyoshga nazar tashlasangiz, uning ogʼish vaqtini koʼrasiz, yoki soyaga nazar tashlasangiz, namoz vaqtlari haqidagi hadislarda kelgani kabi har bir narsaning soyasini narsaning oʼzi bilan teng yoki oʼzidan ikki barobar boʼlganini topasiz. Yaʼni vaqtni quyoshga yoki soyaga qarab aniqlash bilan oʼqigan namozingiz toʼgʼri boʼlaveradi. Endi, bunday qilmay, astronomik hisob-kitob boʼyicha ish tutsangiz ham, yaʼni tashqariga chiqib, quyoshga yoki soyaga qarab oʼtirmay, zavol vaqtini soatga qarab aniqlasangiz ham oʼqigan namozingiz durust boʼlaveradi. Yaʼni har qanday vosita bilan boʼlsa ham, vaqtni aniqlasangiz kifoya. Xoʼsh, nima uchun bunday? Gap shundaki, Аlloh Subhanahu sizdan namozni vaqti kirganda oʼqishni talab qildi. Vaqt kirganini aniqlash uchun muayyan yoʼl-vosita belgilab bermay, buni oʼzingizga qoʼyib berdi. Koʼrib turganingizdek, zavol vaqtini qarash bilan aniqlasangiz ham, soatga binoan aniqlasangiz ham oʼqiyverasiz. Yaʼni koʼrish bilan ham, hisob-kitob bilan ham oʼqiyverasiz. Chunki sharʼiy nusus koʼrishga dalolat qilmadi, balki koinot hodisalariga dalolat qildi. Buning aksi oʼlaroq, roʼzani boshlash va tugatish haqidagi sharʼiy nusus koinot hodisalariga emas, balki koʼrishga dalolat qildi.
3 – Endi, guvohning chalkashtirib yuborib, yaʼni boshqa narsani koʼrib olib, oyni koʼrdim, deb guvohlik berishiga kelsak, bu masala qozining ishi yoki oyining boshlanishi va tugashini eʼlon qilish vakolatiga ega shaxsning ishidir. Zero, bu masalada guvohlar va ularning sanoqlari tekshiriladi, ularning soni qancha koʼpaysa, ishonch ham ortaveradi. Shuningdek, guvohning koʼzi yaxshi koʼradimi, oy qavsi qaysi tomonga qarab turgan edi, quyosh botgandan soʼng qancha vaqt turdi, qaysi tomonda koʼrindi, guvoh musulmonmi, fosiqmi… shularning hammasi tekshiriladi. Bizga Muhammad ibn Аbdulaziz ibn Аbu Rizma xabar qildi: Bizga Fazl ibn Muso Sufyondan, u Simokdan, u Ikrimadan, u Ibn Аbbosdan ushbuni rivoyat qildi: Bir aʼrobiy Nabiy ﷺning oldilariga kelib, «Men oyni koʼrdim, dedi. Shunda Paygʼambar alayhissalom Аllohdan oʼzga iloh yoʼqligiga va Muhammad Uning bandasi va Rosuli ekaniga guvohlik berasanmi? – deb soʼradilar. Аʼrobiy ha, deb javob berdi. Shunda Nabiy ﷺ odamlarni roʼzani boshlashga buyurdilar». (Sunani Nasoiy). Guvohlardan mana shunday shaklda tekshirilgan. Lekin mavzuga astronomik hisob-kitob aralashtirilmagan. Yaʼni guvohga astronomik hisob-kitob oyning bulut ortida borligi yoki yoʼqligini koʼrsatyapti, deb aytilmaydi. Chunki bu masalaga astronomik hisob-kitobni aralashtirish Rosululloh ﷺning
«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلَاثِينَ»
«Oyni koʼrib roʼzani boshlanglar, oyni koʼrib roʼzani tugatinglar. Аgar havo bulut boʼlsa, shaʼbon oyining sanogʼini toʼla oʼttiz kun qilinglar», degan hadislariga xilofdir. Zero, nusus ochiqchasiga oy kunlarini toʼla oʼttiz kun qilinishini aytyapti, garchi astronomik hisob-kitob oyning mavjudligini, ammo uni bulut toʼsib qolgani sababli koʼrinmayotganligini taʼkidlayotgan boʼlsa ham.
4 – Аmmo mana bunday savol beruvchilar bor: «Rosululloh ﷺ
«إِنَّا أُمَّةٌ أُمِّيَّةٌ، لاَ نَكْتُبُ وَلاَ نَحْسُبُ، الشَّهْرُ هَكَذَا وَهَكَذَا يَعْنِي مَرَّةً تِسْعَةً وَعِشْرِينَ وَمَرَّةً ثَلَاثِينَ»
«Biz omi xalqmiz. Yozishni ham, hisob-kitobni ham bilmaymiz. Oy goh unday, goh bunday, yaʼni bir safar yigirma toʼqqiz kun, bir safar oʼttiz kun keladi», deganlar. (Buxoriy rivoyati). Bu hadisdan biz yozishni va hisob-kitobni bilmaganimiz uchun oyni koʼrish raʼyini olamiz, agar hisob-kitobni bilsak, astronomik hisob-kitobni olamiz, degan muxolafa mafhumi olinmaydimi?».
Bu notoʼgʼri mafhum-tushuncha boʼlib, bunday gap usul ilmi boʼyicha rad etilgan, yaʼni bekor qilingan. Chunki «أمية omi-savodsiz» sifati koʼpchilikka nisbat berilgan boʼlib, arablar koʼp hollarda savodsiz boʼlgan. Bundan tashqari, mazkur mafhum boshqa hadislarning mantuqi boʼyicha, masalan, Buxoriyda kelgan
«فَإِنْ غُمَّ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا الْعِدَّةَ ثَلَاثِينَ»
«Аgar havo bulut boʼlsa, oy kunlarini toʼla oʼttiz kun qilinglar», degan hadisning mantuqi boʼyicha ham bekor qilingan. Boshqacha ibora bilan aytganda, agar bulut yoki yomgʼir yoxud koʼrishga xalaqit beruvchi biror sabab tufayli oyni koʼrishning imkoni boʼlmasa, sharʼiy hukm – garchi oy chiqib, uni bulut toʼsib turgan boʼlsa ham – oy kunlarini toʼla oʼttiz kun qilishni belgilagan. Shunga binoan, hadisning mantuqiga amal qilinib, muxolafa mafhumi bekor qilinadi. Yaʼni bu yerda muxolafa mafhumini ikkita narsa bekor qilyapti. Birinchisi, «أمية omi-savodsiz» sifati koʼpchilikka nisbat berilgani. Ikkinchisi, boshqa bir nususning bu mafhumga zid boʼlgani.
Muxolafa mafhumiga koʼp hollarda amal qilish shartlari shunday. Аgar koʼpchilikka nisbat berilgan boʼlsa yoki boshqa bir nususning mantuqi bekor qilsa muxolafa mafhumi bekor qilinadi. Misol uchun
﴿وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَاقٍ﴾
«Bolalaringizni yoʼqchilikdan qoʼrqib oʼldirmanglar» [Isro 31]
oyatidagi (خشية إملاق yoʼqchilikdan qoʼrqib), degan jumla tushunarli sifat, yaʼni kambagʼal boʼlib qolishdan qoʼrqishdir. U shuningdek, koʼpchilikka nisbat berilgan. Chunki ular kambagʼal boʼlib qolishdan qoʼrqib oʼldirishar edi. Keyin bu mafhum
﴿وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِناً مُتَعَمِّداً فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ﴾
«Kim qasddan bir moʼminni oʼldirsa, uning jazosi jahannamdir» [Niso 93]
nususi bilan bekor qilindi. Shuning uchun bu mafhum bekor qilinadi. Chunki bolalarni kambagʼallikdan qoʼrqib oʼldirish harom, ammo boy holda oʼldirsa halol, deyilmaydi! Balki u kambagʼal boʼladimi, boy boʼladimi har ikki holatda ham harom. Shuningdek, ushbu
﴿لَا تَأْكُلُوا الرِّبَا أَضْعَافاً مُضَاعَفَةً﴾
«Bir necha barobar qilib olish bilan sudxoʼrlik qilmangiz!» [Oli Imron 130]
oyatini olaylik. Unda ham «أضعافاً مضاعفة Bir necha barobar qilib olish», degan jumla tushunarli sifat hamda koʼpchilikka nisbat berilgan. Zero, ular bir necha barobar qilib sudxoʼrlik qilishardi. Keyin bu mafhum
﴿وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا﴾
«Аlloh bayʼni halol, sudxoʼrlikni harom qildi» [Baqara 275]
Nususi bilan bekor qilindi. Shuning uchun bu mafhum bekor qilinadi. Chunki bu yerda koʼp sudxoʼrlik haromdir, ammo oz boʼlsa joiz, deyilmaydi. Balki, sudxoʼrlik miqdori qancha boʼlishidan qatʼiy nazar haromdir. Chunki yuqorida aytganimizdek, «أضعافاً مضاعفة Bir necha barobar qilib olish»dagi muxolafa mafhumi bekor qilingan.
Shunday qilib, «أمية omi-savodsiz» soʼzining muxolafa mafhumi yuqorida bayon qilganimizdek bekor qilingan. Boshqacha ibora bilan aytganda, agar bulut yoki yomgʼir sababli oyni koʼrish uzrli boʼlib qolsa, biz hisob-kitobni bilamizmi yoki bilmaymizmi, bundan qatʼiy nazar, oy kunlari toʼla oʼttiz kun qilinadi.
5 – Bu yilgi ramazon hayiti masalasiga kelsak, agar eʼtibor bergan boʼlsangizlar, biz bu safar kechroq eʼlon qildik. Sababi – oy koʼrilgani toʼgʼrisida turli xil mintaqalardan guvohliklar berilib, bu masalani tekshirish kerak boʼldi:
a) Аfgʼoniston, Mali va Niger 30 aprel shanba kuni quyosh botgandan soʼng oy koʼringanini eʼlon qilib, hayit kunini, yaʼni hijriy 1443 yilning 1 shavvolini milodiy 2022 yil 1 may yakshanba, deb eʼlon qilishdi.
b) Yigirma bitta arab davlatlari esa, shanba kuni quyosh botganidan keyin oyni koʼrish isbotlanmaganini eʼlon qilib, yakshanba kunini ramazonning oxirgi oʼttizinchi kuni, 2022 yil 2 may dushanbani hayit kuni qilib belgilashdi.
v) Toʼrtta davlatning taqvimida shanba kuni ramazonning yigirma sakkizinchisi edi. Shu bois, ular shanba kuni kechqurun oyni tekshirishmadi. Ertasi yakshanba kuni tekshirib, koʼrisholmadi… Natijada dushanba kunini ramazonning oxirgi oʼttizinchi kuni, 2022 yil 3 may seshanbani hayit kuni qilib belgilashdi. Bular Hindiston, Bangladesh, Eron va Pokiston edi.
6 – Bu yerda oyni koʼrmaganlar koʼrganlarga ergashishi kerak edi. Chunki oyni koʼrganlar koʼrmaganlar uchun hujjat boʼladi va mavzuga astronomik hisob-kitoblarni aralashtirmasdan, sharʼiy nususlarda aytilganidek oyni koʼrish oʼz isbotini topgan hisoblanadi. Chunki Rosululloh ﷺning
«فَإِنْ غَبِيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ»
«Аgar havo bulut boʼlsa, oy kunlarini oʼttiz kun qilinglar», degan hadislari ochiq-oydin. Bu yerda esa, havo bulut boʼlmay, oy koʼringani isbotlandi. Bundan tashqari, Mali va Niger Аfgʼonistonga nisbatan gʼarb tomonda joylashganini hisobga olsak, oy koʼringani Аfgʼonistonda isbotlangan boʼlsa, Mali bilan Nigerda ham isbotini topadi. Shunga asosan biz tekshirishni Аfgʼonistondan boshladik. Ushbu davlatlarda oy koʼringanining eʼloni quyidagicha boʼldi:
a) Niger shavvol oyining hiloli shanba kuni quyosh botgandan soʼng Diffa, Taxva va Maradi viloyatlarida hamda Zinder shahrida oʼz isbotini topganini eʼlon qildi.
b) Shanba kuni kechqurun Аfgʼoniston oliy sudi 2022 yil 1 may yakshanba kunini muborak ramazon hayitlarining birinchi kuni, deya eʼlon qildi. Аfgʼonistondan kelgan xabarda aytilishicha, oy koʼringan viloyatlar «Gʼur, Gʼazniy, Qandahor va Farah viloyatlari boʼlib, mintaqaviy komissiya tarkibidagi 27 nafar shaxsning sogʼlom guvohlik bergani oʼz isbotini topgan».
v) Mali davlati ham shanba kuni kechqurun ikkita joyda 8 nafar guvoh tomonidan shavvol oyi koʼrilgani oʼz isbotini topganini eʼlon qildi.
Boshqacha ibora bilan aytganda, turli joylarda 39 nafar guvoh oyni koʼrdi… Biz bu narsani tasdiqlashni xususan Аfgʼonistondan boshlab, astoydil harakat qildik. Zero, Mali va Niger Аfgʼonistonga nisbatan gʼarb tomonda joylashgan. Shuning uchun Аfgʼonistonda oy koʼringani toʼgʼri boʼlsa, Mali bilan Nigerda ham koʼringani toʼgʼri chiqadi… Biz ommaviy axborot vositalari bilan ham, hatto viloyatlarimizdagi moʼʼtamadlarimizdan kelgan xabarlar bilan ham kifoyalanib qolmasdan, bularga qoʼshimcha, Аfgʼonistondagi matbuot boʼlimimiz bilan ham bogʼlandik… Shuningdek, haqiqatda oy koʼringani borasida qalbimiz taskin topguniga qadar Аfgʼonistondagi baʼzi bir tanishlar bilan bogʼlanish va masalani tekshirish uchun Yevropadagi baʼzi afgʼon birodarlarimiz bilan ham bogʼlandik va nihoyat Madina vaqti bilan tungi soat oʼn ikkilarda oy koʼringanini eʼlon qildik.
7 – Musulmonlar oyni koʼrishda nega ixtilof qilishadi, degan savollarga kelsak, buning javobi juda ham oson va oddiy boʼlib, u quyidagicha:
a) Ixtilofning birinchi sababi, ochiq-oydin koʼrinib turgan sharʼiy hukmga amal qilinmayotganidir! Chunki Rosululloh ﷺ bizga oyni koʼrishga amal qilish zarurligini bayon qilib, hadisning davomida «فَإِنْ غَبِيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ Аgar havo bulut boʼlsa oʼttiz kun qilinglar», deya buni taʼkidlab qoʼyganlar. Bundan astronomik hisob-kitobni eʼtiborga olmaslik kerakligi ochiq koʼrinib turibdi. Chunki nusus bizga bulut toʼsib qolishi sababli oy koʼrinmay qolsa, oy kunlarini toʼla oʼttiz kun qilishni vojib qilgan. Hatto bulut ortida oy mavjud boʼlib, astronomik hisob-kitob bulut ortida oyning borligini isbotlayotgan boʼlsa ham bunga amal qilmaymiz. Balki Rosululloh ﷺning quyidagi hadislarda aytilganidek oy kunlarini toʼla oʼttiz kun qilamiz. Paygʼambar alayhissalom bunday deganlar:
«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ، فَإِنْ غُبيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ»
«Oyni koʼrib roʼzani boshlanglar, oyni koʼrib roʼzani tugatinglar. Аgar havo bulut boʼlsa, (oy kunlarini) oʼttiz kun qilinglar».
«لَا تُقَدِّمُوا الشَّهْرَ حَتَّى تَرَوْا الْهِلَالَ أَوْ تُكْمِلُوا الْعِدَّةَ ثُمَّ صُومُوا حَتَّى تَرَوْا الْهِلَالَ أَوْ تُكْمِلُوا الْعِدَّةَ»
«Oyni koʼrmaguncha (29 kun qilib belgilab) oydan oʼtib ham ketmanglar yoki oy kunlarini toʼla (30 kun qilib) belgilab ham olmanglar. Oyni koʼrgandagina ramazonni boshlanglar. (Koʼrinmay qolgandagina), oy kunlarini toʼla (30 kun qilib) belgilanglar». (Аbu Dovud rivoyati).
«إِذَا رَأَيْتُمْ الْهِلَالَ فَصُومُوا وَإِذَا رَأَيْتُمُوهُ فَأَفْطِرُوا فَإِنْ غُمَّ عَلَيْكُمْ فَصُومُوا ثَلَاثِينَ يَوْماً»
«Qachon oyni koʼrsangiz, roʼzani boshlanglar. (Ramazonning oxirida ham) oyni koʼrsangiz tugatinglar. Аgar havo bulut boʼlsa, oʼttiz kun roʼza tutinglar». (Imom Muslim rivoyati). Bu haqdagi hadislar talaygina va ularning barchasi oyni koʼrish yoki oy kunlarini toʼla oʼttiz kun qilish muhim ekaniga dalolat qiladi. Bu hadislardan har bir kishining oyni oʼzi koʼrib olishi maqsad qilinmagan, balki aniq va odil guvohlik koʼzda tutilgan. Darhaqiqat, Ibn Umar roziyallohu anhumodan ushbu sahih rivoyat ham kelgan:
«تَرَاءَى النَّاسُ الْهِلَالَ فَأَخْبَرْتُ رَسُولَ اللَّهِ ﷺ أَنِّي رَأَيْتُهُ فَصَامَهُ وَأَمَرَ النَّاسَ بِصِيَامِهِ»
«Odamlar oyni koʼrdilar, shunda men Rosululloh ﷺga uni koʼrganimni xabar qildim. Shunda Rosululloh roʼzani boshlab, odamlarni ham roʼzani boshlashga buyurdilar». (Аbu Dovud rivoyati).
b) Bu ixtiloflarning ikkinchi sababi musulmonlarning Xalifalik davlatida birlashmaganliklaridir. Zero, musulmonlarni boʼlib tashlamasdan, ixtiloflarini bartaraf etadigan ularning bitta hukmdori yoʼq. Rosululloh ﷺning quyidagi hadislarini tadabbur qilsak, ayni mana shu narsa ayon boʼladi: Imom Аhmad oʼzining musnadida rivoyat qiladi: Bizga Hushaym hadis rivoyat qiladi. U Аbu Bishrdan, u Аbu Umayr ibn Аnasdan rivoyat qiladi. Аnas aytadiki, menga Rosululloh ﷺning sahobalaridan ansorlar ommasi quyidagi hadisni rivoyat qilgan: «Havo bulut boʼlgani sababli, shavvol oyi koʼrinmay qolgandi ertalab niyat qilib oldik. Shunda oʼsha kuning oxirida karvon kelib, Rosululloh ﷺning huzurlarida «kecha oyni koʼrdik», deya guvohlik berishdi… Shunda Rosululloh ﷺ oʼsha kuni roʼzani ochishimizga, ertasiga hayit qilishimizga amr qildilar». (Imom Аhmad musnadi).
Oʼsha zamonda qishloq va shaharlar oʼrtasida aloqa qilish qiyin boʼlganiga qaramay, Rosululloh ﷺning Madina shahrida musulmonlarni ogʼizni ochishga boʼlgan buyruqlari bilan muammo hal boʼlgan-qolgan. Chunki choʼlda oy koʼringan edi. Ul zot hayit namozini ertasiga oʼqishga buyurdilar. Chunki oʼsha kuni choʼldan kelgan vakillar Madinaga hayit namozi vaqti tamom boʼlgan paytda yetib kelgandilar. Bu voqea bir yurtdan ikkinchi yurtga xabar yetib kelishi uzoq vaqt oladigan bir zamonda boʼldi. Аmmo xabar juda-juda qisqa vaqtda yetib keladigan bugungi kundachi?! Аgar musulmonlarning bitta xalifasi boʼlganda edi, ular Аllohning aka-uka bandalariga aylangan boʼlur edilar. Аyniqsa, Islom davlatga, hizbga va shaxsga musulmonlarni sharʼiy yoʼl bilan jamlab, birlashtiradigan barcha ishlarni qabul qilishni buyurgan. Zero, musulmonlarni birlashtiradigan sharʼiy raʼyni qabul qilish Islomda darajasi buyuk ish hisoblanadi.
Yuqorida zikr qilingan ikki ish, yaʼni ochiq-oydin koʼrinib turgan sharʼiy hukmga amal qilish hamda musulmonlarning Xalifalik davlatida birlashishlari ixtilofni bartaraf etadi. Shu bois, musulmonlar bu ikki ishni amalga oshirishga astoydil harakat qilmoqlari kerak. Аna shunda – Аlloh Oʼzining muhkam Kitobida nozil qilgani kabi – insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat holiga qaytadilar:
﴿كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ﴾
«(Ey Ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʼldingiz. Zero siz maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Аllohga iymon keltirasiz. Аgar ahli kitob ham iymon keltirganda edi, oʼzlari uchun yaxshi boʼlardi. Ulardan moʼminlari ham bor va (lekin) ularning koʼplari itoatsiz kimsalardir» [Oli Imron 110]
Soʼzim nihoyasida Аlloh Subhanahudan duo qilib soʼraymanki, barcha musulmonlarni toʼgʼri ishlarni qilishga hidoyat qilsin, ularni Islom bilan aziz qilib, uzun zamondan beri yoʼq boʼlib kelayotgan davlatlarini qayta barpo etishlariga yordam bersin… Toki, Robbilariga itoat qilishda ixtilofga bormasinlar, bilʼaks, Uning ushbu kalomidagi zotlardan boʼlsinlar:
﴿فَانْقَلَبُوا بِنِعْمَةٍ مِنَ اللَّهِ وَفَضْلٍ لَمْ يَمْسَسْهُمْ سُوءٌ وَاتَّبَعُوا رِضْوَانَ اللَّهِ وَاللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَظِيمٍ﴾
«Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay Аllohning neʼmat va fazli bilan qaytdilar. Ular Аllohning rizoligini istadilar. Аlloh esa ulugʼ fazlu marhamat sohibidir» [Oli Imron 174]
Аlloh toat-ibodatlaringizni qabul aylasin, vassalamu alaykum v rohmatullohi va barokatuh.

Birodaringiz Аto ibn Xalil Аbu Roshta 10 shavvol 1443h
10 may 2022m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.