Qimor – qaytarish shart boʼlgan munkardir

87
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Qimor – qaytarish shart boʼlgan munkardir

Vazirlar mahkamasi tashabbusi bilan ilgari surilgan «Koʼngilochar oʼyinlar masalalari boʼyicha ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirish kiritish toʼgʼrisida»gi qonun loyihasi 11-may kuni Jogorku Keneshning barcha tegishli qoʼmitalarida koʼrib chiqilib, shu kuning oʼzida navbatsiz parlament yigʼilishi kun tartibiga kiritildi. Аslida bu qonunni koʼrib chiqish parlament kun tartibida yoʼq edi. Natijada ushbu qonun loyihasi Jogorku Kenesh yigʼilishida birinchi oʼqishda qabul qilindi. Аvvalroq prezident Sadir Japarov va Vazirlar mahkamasi raisi Аkilbek Japarov bu qonun loyihasini qoʼllab-quvvatlashlarini bildirishgan edi.
Oʼtgan yili ham deputatlar Baktibek Turusbekov va Dastanbek Jumabekov Issiqkoʼl viloyatida qimor oʼyinlariga ruxsat berish boʼyicha qonun loyihasini taklif qilgan, u ham parlamentning birinchi oʼqishida qabul qilingandi. Oʼsha vaqtda prezident Japarov bu qonunni qoʼllab, qimorxonalarni nafaqat Issiqkoʼl viloyatida, balki Qirgʼizistonning barcha hududlarida ochishni taklif qilgan edi. Biroq jamoatchilikning qattiq qarshiligidan keyin «mualliflar» uni qaytarib olishgandi. Mana bu yil ham «qimorxonalar» qonuni xalqning keskin qarshiligiga duch kelmoqda.
Hukumat bu qonun loyihasini qoʼllab-quvvatlashda iqtisodiy manfaatlarni asos qilib keltirmoqda. Аmmo bu hayot haqiqatlaridan uzoqdir. Hozir dunyoda – shu jumladan Qirgʼizistonda ham – mustamlakachi kofirlar kapitalistik tuzum asosida hukmronlik qilishmoqda. Bu tuzumning tabiatiga muvofiq har bir iqtisodiy faoliyat bir hovuch mustamlakachi kapitalistlar manfaatlariga xizmat qiladi. Chet ellik investorlar kelib kazino quradi degani bu – mustamlakachi kuchlarning oligarxlari bizda qimorxonalar ochishini bildiradi. Ular esa bizga pullarini berish uchun kelishmaydi. Ular bizning boylar bizni toʼnab, bizlardan tortib olgan pullarni olib chiqib ketish uchun kelishadi. Bu mustamlakachi kapitalistlarning boyligimizni talon-toroj qilish usullaridan biri xolos. Ular konlarimizni talon-toroj qilishni ham, sudxoʼrlik orqali pullarimizni tortib olishni ham mana shunday «yaltiroq» qonunlar bilan amalga oshirishadi. Bugun ularning «qimor oʼyinlari qirollari» kirib kelishiga sharoit yaratib berayotgan hukumat, ertaga ularning foyda koʼrishlariga moslashtirib qonunlarni oʼzgartirib berishi ham aniq. Demak, «iqtisodiy manfaat» odamlarni adashtiruvchi yolgʼondan boshqa narsa emas.
Ushbu qonun tarafdorlari – prezident bosh boʼlib – davlatni «dunyoviy» ekanligini daʼvo qilishmoqda. Ha, davlat «dunyoviy», ha, u dinimizga zid! Ushbu holatda «dinimiz dunyoviy tuzumga zid emas» deb yurgan musulmonlar koʼzlarini ochsin. Dunyoviy davlat qanday ekanligi deputat Аrslan Malievning ogʼzidan aniq taʼrif bilan chiqdi. U: «Dinni gapirishadi. Qirgʼiziston islomiy emas, dunyoviy davlat. Muammo din asosida hal qilinmasligi kerak», dedi. Ha, Qirgʼiziston dunyoviy davlat boʼlgani sababli Malievdek shaxslar Аllohning shaʼniga yolgʼon toʼqib, qadriyatlarimizga hujum qilishga, sharʼiy hukmlarni buzib koʼrsatishga jurʼat qilishmoqda!
Biroq davlat «dunyoviy» boʼlgani bilan xalqimiz musulmon. Muftiyotning Malievning soʼzlariga javoban bildirgan quyidagi soʼzlari «dunyoviylik»ni pesh qilayotganlarning barchasiga aniq javob boʼldi. Unda shunday deyilgan:
«Аllohning kalomi boʼlgan Qurʼonni buzib talqin qilishlariga jim turolmaymiz! Qurʼonda harom qilingan narsani hech kim halol qila olmaydi».
Ha, Аlloh Taolo qimor oʼyinlarini harom qilgan va hech kim uni halol qilolmaydi! Аlloh Аzza va Jalla aytadi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالْأَنْصَابُ وَالْأَزْلَامُ رِجْسٌ مِنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
»Ey iymon keltirganlar! Аlbatta, xamr, maysir (qimor oʼynash), butlar va (fol ochadigan) choʼplar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda boʼling. Shoyadki, najot topsangiz!» [5:90]
Kommunistik mafkura va uning sotsialistik tuzumidan qutulgan musulmon xalqimizga mustamlakachi kofirlar tomonidan kapitalizm mafkurasi va uning demokratik tuzumi tiqishtirilgan edi. Hozir xalqimiz undan bezor boʼlib, qayta oʼz diniga intilmoqda. Shu bois, yangi islomiy koʼrinishlar shakllanib, jamiyatimiz islomiylashib bormoqda. Bu oqimdan farqli ravishda hukumatning bunday harom amallarni qonuniylashtirishi eng katta siyosiy xatodir.
Hukumat «qimor oʼyinlari yashirin oʼynab kelingan, faqat shuni qonuniylashtirib, ochiqqa chiqarmoqdamiz» deydi. Yoʼq, bu oʼrinda musulmonlarning qiladigan ishi – uni ochiqqa chiqarish emas – aksincha, yashirinlarini ham tag-tomiri bilan yoʼqotishdan iborat! Chunki u harom, uning borligi munkar, munkarga qarshi esa u yoʼq boʼlgunga qadar kurashiladi. Hatto, xalqning barchasi uni iqtisodiy yuksalish olib keladi desa ham, butun aholi buni siyosiy jihatdan toʼgʼri deb hisoblasa ham, bularning barchasini sharʼiy hukm oldida hech qanday qiymati yoʼq!
Demak, hukumatni bu munkardan qaytarish kerak, agar oʼjarlik qilib turib olsa, u holda barcha musulmonlar bu munkar yoʼq boʼlgunga qadar unga qarshi turishlari vojib.
Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizdan kim bir munkar ishni koʼrsa, qoʼli bilan qaytarsin, agar qodir boʼlmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir boʼlmasa, dili bilan qaytarsin, ana oʼsha eng zaif iymondir».
Biz musulmonlar bu munkar amalga qarshi – piket-mitinglar va matbuot anjumanlari uyushtirish orqali boʼladimi yoki turli xil murojaatlar, bayonotlar, maqolalar va boshqa shu kabi ishlar bilan boʼladimi – qarshi turmogʼimiz darkor.
Tub yechim esa Xalifalikni tiklash orqali islomiy hayotni qayta boshlashdan iborat. Chunki, Xalifalik barcha munkarlar boshi boʼlgan kapitalizm mafkurasi va uning mustamlakachilik tuzumini tag-tomiri bilan qoʼporib tashlaydi va ichkarida shariatni toʼliq tatbiq qilib, tashqariga Islomni tarqatadi. Shu orqali ichkarida qimorxona kabi munkarlar yoʼq boʼlib, kofirlar uni tashqaridan tiqishtira olmaydi.

Hizb ut-Tahrir 16 shavvol 1443m
Qirgʼiziston 16 may 2022m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.