Qumtor boʼyicha ikki oydan keyin maʼlumot beriladi
Xabar: “Qumtor” oltin konidagi keyingi bir yillik faoliyatga oid maʼlumotlar ikki oydan keyin jamoatchilikka taqdim qilinadi. Bu haqda 10-may kuni prezident Sadir Japarov maʼlum qildi.
Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Hisob palatasiga “Qumtor”ning bir yillik moliyaviy va boshqa faoliyatini tekshirish topshirilgani haqida yozib, “Tekshiruvdan soʼng (tahminan ikki oydan keyin) jamoatchilikka maʼlumot berilishini” qoʼshimcha qilgan.
Maʼlumki, qirgʼiz hukumati 2021-yil may oyida Kanadaning “Tsenterra” kompaniyasi boshqarib kelgan “Qumtor”ni oʼz tasarrufiga olgan edi.
Sadir Japarov 4-aprel kuni xalqqa murojaat qilib, “Tsenterra” bilan sud daʼvosidan voz kechish va nizoni hal qilish boʼyicha kelishuv imzolangani, Qirgʼiziston undagi 26 foizlik aktsiyalarini oʼtkazib, har ikki tomon daʼvolardan voz kechishini va bundan buyon Qirgʼiziston “Qumtor Gold Kompani”ning 100 foiz aktsiyalariga egalik qilishini maʼlum qildi.
Vazirlar mahkamasi raisi Аkilbek Japarov 21-mart kuni “Tashqi boshqaruv joriy etilganida “Qumtor” hisobida bor-yoʼgʼi 48 ming dollar boʼlgan boʼlsa, yil oxiriga kelib sof foydasi 220 million dollarni tashkil qildi”, degan edi.
Izoh: Qumtor oltin konini milliylashtirish tashabbusi prezidentlikka kelgunga qadar ham, prezident boʼlib saylangandan keyin ham Sadir Japarov koʼtarib kelgan eng asosiy mavzulardan biri boʼlib keldi. Oʼtgan yillar davomida Qumtor oltin konidan faqat Kanada kompaniyasi foyda koʼrib keldi. Oʼtgan yilning 17-may kuni Jogorku Kenesh Qumtor boʼyicha masalani koʼrib chiqish uchun navbatdan tashqari yigʼilish oʼtkazgan va yigʼilishda di parlamentning navbatdan tashqari yigʼilishida “Kumtor Gold” kompaniyasi faoliyatini tekshirgan davlat komissiyasi tomonidan tayyorlangan filьm namoyish etilgan edi. Ushbu filьmda Qumtor oltin konidan Qirgʼiziston 1,5 milliard dollar, “Tsenterra” 11,5 milliard dollar foyda olgani aytilgandi. Аgar Qirgʼiziston hukumati oltin konini qoʼshqoʼllab xorijiy kompaniyaga topshirib qoʼyma, choʼqich va belkurak bilan qaziganda ham bundan koʼra koʼproq daromad qilgan boʼlar edi.
“Tsenterra” Qumtor uchun qilgan chiqimini allaqachon 10 barobar va undan koʼproq qilib chiqarib oldi. U hozir qirgʼiz hukumatini “sizlarga qarshi hech qanday daʼvoimiz yoʼq, sudsiz oʼzaro kelishib olamiz” deb aldab konni tashlab chiqib ketsa ham hech narsa yutqazmaydi. Qirgʼiziston xalqi uchun esa oʼrnini toʼldirib, qayta tiklab boʼlmas asoratlar qoldirib ketadi. Hozir Japarov ish sudgacha bormay, oʼzaro kelishuv bilan kon oʼzimizga qoldi deyapti. Аmmo oʼtgan yillar mobaynida deyarli yoʼq qilingan Davidov va Lisiy muzliklarini qayta tiklab boʼlmaydi. Konni ishlatishda toʼplangan chiqindilarning esa tabiatga yetkazadigan ziyonining oʼrnini toʼldirib boʼlmaydi.
Oʼtgan yilning 10- may kuni Bishkek shahar Oktyabr tuman sudi “Qumtor” oltin konining Davidov va Lisiy muzliklaridagi chiqindi tashlanadigan joylarni noqonuniy deb topgan edi. Sud “Kumtor Gold” shirkati zimmasiga 261 milliard 719 million 674 ming soʼm (3 milliard dollardan oshiq) davlatga toʼlash majburiyarini yukladi. Bundan tashqari, Kanada kompaniyasi 1 milliard 300 million soʼm miqdorida badal toʼlashi haqida hukm chiqardi.
Demak, qirgʼiz hukumati Kanada kompaniyasi bilan oʼzaro kelishib, daʼvolardan voz kechish orqali Oktyabr tuman sudi kompaniya zimmasiga yuklagan jarimalardan ham voz kechmoqda. Japarov bu kelishuvni goʼyoki gʼalaba sifatida taqdim qilayotgan boʼlsada, aslida bu mahlubiyat va xalq koʼzini boʼyashdan boshqa narsa emas. Xalq shu kunga qadar “Qumtor” foydasini koʼrgani yoʼq. Toki, ustimizda kapitalistik tuzum hukm yuritar ekan bundan keyin ham koʼrmasligi aniq.
Аbdurahmon Odilov