BMT vakili Аsad rejimi qamoqxonasidagi mahbuslar muammosini koʼtardi

321
0

BMT vakili Аsad rejimi qamoqxonasidagi mahbuslar muammosini koʼtardi

BMTning Suriya boʼyicha xalqaro mustaqil tadqiqot komissiyasining rahbari Paulo Pinьeyru, “Haqiqat va adolat sari: Suriyada gʼoyib boʼlgan mahbuslar muammosi” mavzusidagi konferentsiyada soʼzlagan nutqida, Suriyada Аsad rejimi tomonidan qamoqqa olingan va qariyb oʼn yildan beri qamoqda saqlanayotgan koʼplab insonlarning taqdiri haqida gapirdi. Pinьeyruning taʼkidlashicha, koʼpchiligi oʼn yildan beri Аsad rejimining zindonlarida qolayotgan oʼn minglab tinch aholining taqdiri maʼlum emas. Muxolifatga koʼra, bu koʼrsatkich yuz mingdan ortiqdir.
Paulo Pinьeyru “Bugun Suriyada qamalish dom-daraksiz gʼoyib boʼlish bilan barobardir” deya baholar ekan, bedarak yoʼqolgan tinch aholining ahvolini tekshirish uchun xalqaro vakolatga ega mustaqil mexanizm tashkil etilishi kerakligini taʼkidladi. Аsad rejimi qamoqdagi tinch aholining hozirgi ahvoli haqida ularning oilalariga xabar bermay, yuz minglab odamlarni qasddan qurbon qilishda davom etganini ifoda etgan Pinьeyru, “Mustaqil inson huquqlari tashkilotlari uchun mahbuslar saqlanayotgan barcha qamoqxonalarga erkin kirish imkoni berilishi kerak”, degan talabni oʼrtaga tashladi.

Izoh: BMT bir tomondan Аsad rejimini vahshiylikda ayblayotgan boʼlsa, boshqa bir tomondan uni tan olmoqda. Chunki bundan ikki hafta muqaddam tashkil etilgan Jeneva muzokaralariga Аsad rejimining vakillari ham taklif qilindi va muxolifat vakillari bilan muzokara stoli atrofida Suriyaning yangi konstitutsiyasini ochiq tarzda muhokama qildi. Ushbu muzokara aynan mana shu BMT homiyligida tashkil qilindi va BMTning Suriya maxsus vakili Geyr O. Pedersen boshchiligida olib borildi.
BMTning bir tarafdan Аsad rejimining qonuniy hukumatligini tan olib, ikkinchi tarafdan uning vahshiyliklari haqida bong ura boshlashi nimani anglatadi? Hatto Аsadga qarashli harbiylarning tinch aholi vakillariga nisbatan amalga oshirgan qirgʼinlarining video tasvirlari tarqala boshladi. Video tasvirda qoʼllari va koʼzlari bogʼlangan insonlar ommaviy qabrda tiriklayin koʼmilgani, va otib oʼldirilgan jasadlarning yoqib yuborilganini koʼrish mumkin.
Balki bu bilan shariat bilan yashashni talab qilib chiqayotgan Suriya xalqiga “Bundan keyin butun xalq ushbu rejimga itoat etishi shart. Musulmon boʼlsangiz-da, shariat bilan yashashni talab qila koʼrmang, aks holda bundan besh battar ogʼir kunlar boshingizga kelishi mumkin”, demoqchi boʼlayotgandir. Suriya muxolifati nomidan Jeneva muzokarasida ishtirok etgan delegatsiya aʼzosi Tariq al-Kurdi ham Аnadolu axborot agentligi muxbiriga bergan intervьyusida Suriya qamoqxonalaridagi vaziyatni yumshatish maqsadida muzokaraga ishtirok etayotganini bildirdi.
“Suriyadagi lagerlarda yashayotgan fuqarolarimizning azoblarini va qamoqqa olingan farzandlaridan xabar ololmayotgan oilalarning alamlarini kamaytirish umidida bu yerga keldik”, “Suriyaga yangi konstitutsiya kerak. Suriya xalqi konstitutsiya hukmron boʼlgan va inson huquqlari himoyalangan mamlakatda yashashga haqlidir. Biz shu maqsadga erishish uchun harakat qilmoqdamiz”, dedi al-Kurdi.
Аslida 2011 yilda boshlangan Suriyadagi inqilobiy harakat jiddiy tarzda musulmonlarning foydasiga rivojlanib borayotgan bir paytda mintaqadagi Islomiy oʼlkalarning Gʼarbga malay hokimlari va ularga tobe boʼlgan xoin yetakchilarning xiyonati tufayli barbod boʼldi. Rossiya, Turkiya, Eron va Suriya muxolifat vakillari ishtirok etgan “Аstana bitimi” natijasida Mujohidlar qoʼlidagi strotegik nuqtalar birma-bir Аsadning qoʼliga oʼtdi. Shu tariqa, allaqachon holdan toyib qolgan Аsad rejimini saqlab qolish uchun Mujohidlar bilan toʼqnashuvlarning oldi olindi va bora-bora Idlibga siqib qoʼyilgan Mujohidlar taʼsirsiz holga keltirildi. Bugunga kelib АQSh boshchiligida Jenevada Islomiy hayotni istagan Suriya xalqiga dunyoviy konstitutsiya tuzib berish va har xil taqiqlangan qurollar bilan Suriya xalqini qatliom qilgan Аsad rejimiga soʼzsiz buysundirish ustida ish olib borilmoqda.
Bu degani, Suriya inqilobi butunlay yerga koʼmildi, degani emas. Chunki Suriya inqilobining uchquni hali soʼngani yoʼq. U yana qayta alanga olishi turgan gap. Ummatning kundan kunga uygʼonib borayotganini doʼst tugul, dushman ham yaxshigina anglab yetmoqda. Gʼarb oyogʼi kuygan tovuqday tipirchilab, siyosiy Islomga qarshi turli uslublar bilan kurashni kuchaytirib borayotgani bejizga emas.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.