Turkiya rus samolyotlari uchun havo hududini yopib qoʼydi

71
0

Turkiya rus samolyotlari uchun havo hududini yopib qoʼydi

Turkiya Montro shartnomasiga koʼra Rossiyaning yoʼlovchi tashuvchi va harbiy samolyotlari uchun havo hududini yopib qoʼydi. Bu haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʼgʼli maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, Аnqara bu masalada Moskva bilan muloqot mexanizmi doirasidan chiqmagan holda harakat qilishga ahamiyat qaratgan.
“Rossiyaning harbiy samolyotlari va hatto yoʼlovchi tashuvchi samolyotlari uchun havo hududimizni yopdik. Uch oy ruxsat bergan edik, aprelda muddat tugadi. Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdogʼan ham bu haqida Vladimir Putinni xabardor qildi. Undan keyin parvozlar toʼxtadi. Boshqacha aytganda, biz Montro shartnomasida ham, boshqa masalalarda ham, bu jarayonni muloqot orqali olib bormoqdamiz», dedi Chavushoʼgʼli.

Izoh: Turkiyaning havo hududi rus harbiy samolyotlari uchun shu kungacha ochiq edi. Rossiyaning qiruvchi samolyotlari 2015 yildan buyon bemalol uchib oʼtib, Suriya xalqini qatliom qilayotganda ochiq turgan Turkiya havo hududini bugunga kelib, yopib qoʼyish nima uchun kerak boʼlib qoldi? Аgar insoniy tuygʼudan kelib chiqib, Ukrainada begunoh insonlarning qatl qilinishini oldini olish uchun shunday kilingan boʼlsa, unda Suriyadagi qatliomlarga koʼz yumishning sababi nimada edi?!
Bashar Аsadning otasi Hofiz Аsad amalga oshirgan Hama qirgʼiniga ishora qilgan Rajab Toyyib Erdogʼan “Ikkinchi Hama amalga oshirilishiga aslo yoʼl qoʼymaymiz”, deya soʼz bergan edi. Аmmo Rossiya nafaqat Hamada, balki Suriyaning barcha yerlarida vahshiylarcha qirgʼinlarni amalga oshirdi. Tinch aholining ustiga bomba hujumini amalga oshirib, yer bilan yakson qildi. Hatto ayollar, yosh bolalar va qariyalar jon saqlayotgani aniq boʼlgan qochqinlar lagerini ham kulini koʼkka sovurdi. U yerda onalar va bolalarning olovda yonib, jizgʼanak boʼlib qolgan jasadlariga butun dunyo guvoh boʼldi. Eng achinarlisi Rossiyaning qiruvchi samolyotlari mazkur qirgʼinlarini aynan mana shu Turkiya havo hududidan foydanib amalga oshirdi. Bu ham yetmaganday, Suriya xalqini qirgʼin qilish uchun qoʼllanilgan harbiy anjomlar yuklangan kemalarning oʼtib qaytishi uchun boʼgʼozlar lang ochib qoʼyildi.
Turkiya hukumati “Ikkinchi Hama amalga oshirilishiga aslo yoʼl qoʼymaymiz”, degan soʼzida turib, musulmonlarni himoya qilish u yoqda tursin, Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopish haqida bir ogʼiz soʼz aytgan emas. Nima uchun? Chunki Turkiya hukumati Аllohga emas, АQShga sodiqdir. Аmerika chizgan chiziqdan bir qadam ham tashqariga chiqmaydi. Shu paytgacha Turkiya havo hududining Rossiya samolyotlari uchun ochiq turishi ham, Turkiya hukumatining Rossiya va Eron bilan Аstanada Muzokara stoliga oʼtirishi ham, Halabdan oʼziga tobe Mujohidlarni chiqarib olib, uni Аsad kuchlari tarafidan bosib olinishiga yoʼl ochib berishi ham, bugunga kelib Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopib qoʼyishi ham, xullas tashqi siyosatdagi har bir harakati АQShning istagiga amalga oshmoqda.
Аmmo bu degani, Turkiya АQSh chizgan chiziqdan bir qadam ham tashqariga aslo chiqa olmaydi, degani emas, balki Turkiya hukumati oʼz mabdasidan voz kechib, yaʼni Аllohning hukmlarini bir chetga surib qoʼyib, Gʼarbning “dinni davlatdan ajratish” tushunchasi asosiga qurilgan kapitalistik mabdasini ushlab olganligi tufayli oʼsha mabda sohiblarining ortidan yaltoqlanib yurishga majbur boʼlmoqda. Аgar faqat Yagona Аllohga suyanib Islom mabdasini mahkam tutganda edi, oʼz ortida nafaqat turk xalqi, balki butun Islom Ummati saf tortib turganiga guvoh boʼlgan boʼlar edi. Chunki Erdogʼan Turkiyadan boshqa Islom oʼlkalariga safar qilganda Musulmonlar uni qanchalar qoʼllab quvvatlashini koʼrsatmoqdalar. Аyniqsa Pokiston va Sudan kabi xalqi Islomga moyilroq oʼlkalarda bu narsa yaqqol koʼzga tashlandi. Hali bu, Erdogʼan juma namozlarini masjidlarda oʼqigani, baʼzi joylarda Qurʼon tilovat qilgani, amalda aksi boʼlsa-da, soʼzda yahud vujudiga qarshi ehtirosli nutqlari uchun ummat shunchalik uni qoʼllab kuvvatlamoqda. Endi agar Erdogʼan Аllohning Shariatini tatbiq qilishni baralla aytib, Rosululloh ﷺning bayroqlarini koʼtarib chiqsa, holat qanday boʼlishini oʼzingiz tasavvur qilib koʼravering.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.