Bu yilgi Hayit kunini belgilash

50
0

Bu yilgi Hayit kunini belgilash

Joriy yil 30-aprel Ramazon oyining 29- kuniga toʼgʼri kelmoqda. Demak, shu kuni oqshomda Shavvol oyining hiloli kuzatiladi. Аgar yangi oy sharʼiy koʼrilgani oʼz tasdigʼini topsa, unda 1-may Hayit kuni boʼladi. Аgar yangi oy koʼrinmasa yoki oyni sharʼiy koʼrilgani tasdiqlanmasa ertasi kuni, yaʼni 2-may Hayit kuni boʼladi.

Maʼlumki, oy taqvimiga koʼra, baʼzi oylar 29 da yangilansa, baʼzilari 30 da yangilanadi. Shu sababli, yakunlanib borayotgan Ramazon oyi ham 29 yoki 30dan yangilanishi mumkin.

Аgar bizning diyorlarda oyni koʼra olmasak, dunyoning boshqa burchaklaridan oy koʼrilgani haqidagi xabarlarni kutamiz. Аgar biror mamlakatdan, adolatli bir musulmonning oy koʼrgani sharʼiy tasdiqlansa biz uchun ham roʼza tugaydi. Аgar xabar kelmasa, u holda Ramazon oyini oʼttiz kunga toʼldiramiz.

Bunday oy kuzatishda “astronomik hisob-kitoblarga koʼra”, “erimizning geografik joylashuviga koʼra” degan yoki “Saudiya bunday belgilabdi”, “Turkiya unday belgilabdi” yohud “Muftiyot shunday fatvo chiqaribdi” degan bohonalar uzrga oʼtmaydi. Bunda faqatgina haqiqiy sharʼiy kuzatish bilan oy koʼrilgani oʼz tasdigʼini topishi shart qilinadi.

Barcha musulmonlar bu sharʼiy hukmga qatʼiy amal qilsa, bu butun dunyo musulmonlari birligining bir koʼrinishi boʼladi. Buni bilgan kufr yetakchilari – birligimizni buzish uchun – Hayitni turli kunlarda nishonlanishiga katta ahamiyat berishadi. Bunday fitnaning oldini olishning yagona yoʼli – bu masaladagi sharʼiy hukmni mahkam ushlashdan iborat.

Аllohim sizlarni roʼzaning barcha yaxshiliklariga erishtirsin.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.