Amonatni yetkazish kayfiyati va uning shartlari xaqida keng chizgilar:

80
0

(O‘zgartirish  “Islomiy davlat” uchun muqarrardir. kitobidan)

Amonat va iymon

Amonatni yetkazish kayfiyati va uning shartlari xaqida keng chizgilar:

Alloh ta’olo insonlarni uning uchun yaratgan g‘oyani amalga oshirish shunday amallarni bajarishni taqazo etadiki, bu amallar koinot qonunlari bo‘yicha ham, narsalarning, jamiyatlarning va aloqalarning xususiyatlari bo‘yicha ham hamda halol va haromni ta’yinlab beradigan shar’iy ahkomlar bo‘yicha ham aynan shu g‘oyaga olib kelishi lozim. Mana shuning bilan ushbu yo‘lning bosqichlari amaliy va shar’iy bo‘ladi hamda ushbu g‘oyani amalga oshirishga harakat qilayotganlar sodiq, jiddiy bo‘ladilar, ushbu g‘oyani amalga oshirishda o‘zlarini majburiy deb hisoblaydigan, mas’uliyatli kishilar bo‘ladilar. 

Albatta g‘oya  Islomning ijroiy, siyosiy vujudini mavjud qilish ya’ni Islom davlatini barpo qilishdir. Bu ishni  o‘zining sabablaridan boshqa sabablar bilan yoki umuman bu ishga sababchi bo‘lmagan narsalar bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ya’ni, nafaqat Islom davlati balki hech qanday davlat qurishga olib kelmaydigan ishlar bilan shug‘illanib, bu ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, mufakkir yoki jiddu-jahd qiluvchining zehnida bu ish maktab va madrasalar qurish, ilm dargohlari va shifoxonalar bunyod etish yoki boylardan mollarni yig‘ib, ularni kambag‘allarga taratish kabi ishlarni qilish bilan amalga oshadi degan o‘y umuman bo‘lmasligi kerak. Negaki, bunga o‘xshagan ishlar garchi yaxshi niyatda qilinsa ham, garchi bu ishlar mandub bo‘lgan xayriya ishlaridan bo‘lsa ham, biroq bu ishlar tog‘utlarni, ularning tuzumlarini yo‘qotishga olib kelmaydi. Bunday ishlar na islomiy va na g‘ayri islomiy biror davlatni qurishga olib kelmaydi. Balki, bu ishlar eng yaxshi ahvolda, nari borsa o‘z o‘zidan to‘xtab qoladigan ishlardir.  Bu o‘ziga hujum qilgan dushmanni kambag‘allardan yordam so‘rash bilan yoki masjid va shifoxonalar qurish bilan daf’ etmoqchi bo‘layotgan kishining misoliga o‘xshaydi. Bu  kofirlarning musulmonlarni jonlariga, nomuslariga va boyliklariga qilayotgan tajovuzlarini xayriya jamiyatlari bilan qaytarmoqchi bo‘layotgan kishining ahvoliga o‘xshaydi. Bu ish na amaliy va na shar’iydir. Qolversa, bunday ish kufr rejimlariga, uning qonun va shartlariga bo‘ysunadi va ularga qaram bo‘ladi.

Albatta namoz va ro‘za biri boshqasidan behojat qilmaganidek, zakot, haj va jihod ham biri boshqasining o‘rnini bosa olmaydi. Huddi shuningdek, xayriya jamiyatlari, moliya va ta’lim muassasalari Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritishni vujudga keltirishdan behojat qila olmaydi, uning o‘rnini bosa olmaydi. Agar bunday jamiyat va muassasalar Allohning shariatini qoim qilishga yo‘l qilib olinsa yoki shunday o‘yga borilsa, albatta bunda Ummatga kata xatar bordir. Bu Ummatni zalolatga olib keladi, bunday ishlar Ummatni uxlatadi. Tabiyki, buning ortidan noumidlik paydo bo‘ladi, dinni buzish yuzaga keladi. Yana bu ishda shunday xatar borki, u xarakatlarni zoye ketishiga, ortiqcha qulashga va kofirlarning va malaylarining Ummat ustidan yanada yaxshiroq imkon topishlariga olib keladi.  Bunday xatolarga yo‘l qo‘yilmasligining  qisqacha  amaliy tariqati shundan iboratki, Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm qiladiganlarning qo‘lidan saltanatni tortib olishni maqsad qilish lozim. Buning uchun shu narsani o‘z oldiga maqsad qilib oladigan jamoatni vujudga keltirish lozim bo‘ladi. Natijada bu jamoat Ummat orasida shu hadaf-maqsadni tushintirishga, shu hadafga nisbatan qanoat xosil qildirshga harakat qiladi. Turmush tarziga, hayot nizomiga, hukm va hokimlar nizomiga aloqador bo‘lgan fikrlarni o‘zgartirishga xarakat qiladi. Mana shu hadaf-maqsadning foydasiga yaxshi, iyjobiy ra’yi ommni vujudga keltirishga urinadi. Natijada, mavjud tuzumlarning qonun-qoidalari va hukmronlari bilan birga qo‘shib  uloqtib yuborishga Ummatni tayyorlaydi. Mavjud rejimlarni qulatishga va ularni tag-tomiri bilan o‘zgartirishga, Islomni, Islom davlatini quvvatlashga va Uni mudofa’a qilishga Ummatni tayyorlaydi.

Albatta buning yo‘li, tariqati xayoliy emas, amaliy bo‘lishi vojib bo‘lganidek, shuningdek bu tariqatning shar’iy bo‘lishi ham vojibdir. Negaki, hadaf-maqsad qandaydir hukmni emas, balki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritishni qoim qilishdir. Shuning uchun shariat ahkomlarini qoim qilish bayrog‘i ostida shariatning hurmatini toptash va Allohning amriga xilof chiqish joiz emas. Bunga o‘xshagan ishni qilish yolg‘onchilik, firibgarlik va to‘hmatchilikdir. Shuning uchun manfa’atlar almashuvi yoki ularni saqlab qolish, zarurat, zaiflik yoki yutuqlarni saqlab qolish bahonasi bilan Islom ahkomlarini o‘zgartirish, ahkomlarda adashtirish va ajnabiylarga malaylik qilish aslo durust emasdir. Bularning xammasi shar’an haromdir. Bularni musulmonlarga xizmat qilish, Islom davlatini qurish g‘oyasi bilan oqlash dinga to‘hmat qilish, Ummatni aldash va har qanday o‘lchovlarda xiyonatdir. Alloh aytadi:

وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

“Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas”. Hud surasi, 113-oyat.

وَلَا تَقُولُوا لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَٰذَا حَلَالٌ وَهَٰذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ

“Alloh sha’niga yolg‘on to‘qish uchun (ya’ni, Alloh buyurmagan hukmlarni Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolg‘onni gapirib: “Bu halol, bu harom”, deyavermanglar! Chunki Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar hech najot topmaslar”. Nahl surasi, 116-oyat.

Darhaqiqat, bizlar Nabiy  sallollohu alayhi va sallam  ning  tariqatidan bildikki, bu Zot islomiy jamiyatni barpo etilishiga, Allohning shari’ati qoim bo‘lishiga iymon keltiradigan va buning uchun harakat qiladigan jamoatni paydo qilib oldilar. Bu Zot kufr aqidalarini, buzuq fikrlarni, eski-tuski odatlarni yo‘q qilishga harakat qildilar. Hukmni qo‘lga kiritish uchun takror va takror nusrat talab qildilar. Alloh ta’olo buni u Zotga Madinai-Munavvarada muvaffaq aylashni iroda qildi va ilk Islom davlati qurildi. Mana shularning asnosida Nabiy  sallollohu alayhi va sallam  yo‘llarini to‘silganiga, da’vat mashaqqatlariga va har-hil ta’qib-iztiroblarga duchor bo‘lishlariga qaramay chekinish, kelishish, tilyog‘lamachilik qilishga umuman yaqinlashmadilar. Mana shu barcha ishlarning asnosida u Zot ochiq, ravshan, haqni gapiruvchi o‘laroq tik turdilar, oldiga maqsad qo‘ygan, jiddu-jahd qilgan hamda sabot va matonat bilan turgan payg‘ambar o‘laroq namuna ko‘rsatdilar:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ وَالَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o‘tganlarni taqvo egalari bo‘lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz”. Baqara surasi, 21-oyat.

إِنَّ رَبَّكُمُ اللَّهُ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ فِي سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوَىٰ عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِأَمْرِهِ ۗ أَلَا لَهُ الْخَلْقُ وَالْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ

“Albatta Parvardigoringiz  Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra o‘z arshiga o‘rnashdi. U kechani (qorong‘ulikni) kunduzga o‘rar (va kecha kunduzni) shoshilgan holda quvib yurar. U quyosh, oy va yulduzlarni O‘z amriga bo‘ysundirilgan holda (yaratdi). Ogoh bo‘lingizkim, yaratish va buyurish faqat Unikidir. Barcha olamlar Parvardigori  Alloh buyukdir”. A’rof surasi, 54-oyat.

أَفَرَأَيْتُمُ اللَّاتَ وَالْعُزَّىٰ (19) وَمَنَاةَ الثَّالِثَةَ الْأُخْرَىٰ (20) أَلَكُمُ الذَّكَرُ وَلَهُ الْأُنثَىٰ (21) تِلْكَ إِذًا قِسْمَةٌ ضِيزَىٰ (22) إِنْ هِيَ إِلَّا أَسْمَاءٌ سَمَّيْتُمُوهَا أَنتُمْ وَآبَاؤُكُم مَّا أَنزَلَ اللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَانٍ

“(Ey mushriklar, o‘zingizcha sig‘inayotgan sanamlaringiz)  “Lot” va “Uzzo” va yana uchinchilari bo‘lmish tuban “Manot” haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi?! (Sizlar o‘sha but-sanamlarni “Allohning qizlari”, deysizlar, demak) erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?! U holda bu adolatsiz taqsim-ku?! U (nom)lar faqat sizlar o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz qo‘yib olgan nomlardir. Alloh ular(ga ibodat qilish) haqida biron hujjat tushirgan emas”. Najm surasi, 19-23 oyatlar.

مَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِهِ إِلَّا أَسْمَاءً سَمَّيْتُمُوهَا أَنتُمْ وَآبَاؤُكُم مَّا أَنزَلَ اللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَانٍ ۚ إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Sizlar esa, U zotni qo‘yib, o‘zlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar-butlargagina ibodat qilasizlar. Axir Alloh ularga (ibodat qilish haqida) biron hujjat tushirmagan-ku? Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat O‘zigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng to‘g‘ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko‘plari buni bilmaydilar”. Yusuf surasi, 40-oyat

إِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمْ لَهَا وَارِدُونَ

“(Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar”. Anbiyo surasi, 98-oyat.

قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ (1) لَا أَعْبُدُ مَا تَعْبُدُونَ (2) وَلَا أَنتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ (3) وَلَا أَنَا عَابِدٌ مَّا عَبَدتُّمْ (4) وَلَا أَنتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ (5) لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِيَ دِينِ

“(Ey Muhammad), ayting: “Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinim o‘zim uchundir!”. Kofirun surasi.

يا عم والله لو وضعوا الشمس في يميني، والقمر في يساري، على أن أترك هذا الأمر، ما تركته حتى يظهره الله، أو أهلك دونه.

“Allohga qasamki, ey amaki, agar ular o‘ng tomonimga quyoshni, chap tomonimga oyni qo‘yib, mana shu ishingni tashla desalar ham, aslo tashlamasman. Hatto Alloh bu ishni g‘olib qiladi yoki men bu yo‘lda halok bo‘laman”.

Darhaqiqat Nabiy  sallollohu alayhi va sallam  dan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning holati ham xuddi shunday edi.

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ ۖ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ

“Ana o‘sha (yuqorida mazkur bo‘lgan  zotlar) Alloh hidoyat qilgan kishilardir. Bas, o‘shalarning yo‘llarigagina ergashing!”. An’om surasi, 90-oyat.

قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِي إِبْرَاهِيمَ وَالَّذِينَ مَعَهُ إِذْ قَالُوا لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَآءُ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةُ وَالْبَغْضَاءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَحْدَهُ

“Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo‘lgan kishilarda (ularning kofirlarga qilgan munosabatlarida) go‘zal namuna bordir. Eslangiz, ular o‘z qavmlariga: “Darhaqiqat bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan butlaringizdan bezormiz, bizlar sizlar (ishonib, “ibodat” qilayotgan but-sanamlar)ni inkor etdik, toki sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirgunlaringizcha sizlar bilan bizning o‘rtamizda mangu adovat va yomon ko‘rish zohirdir”, dedilar”. Mumtahana surasi, 4- oyat.

Ha, albatta o‘zgartirishni va “Hokimiyat yolg‘iz Allohnikidir” degan fikratni tatbiq etishni iroda qiluvchilar shuni yaxshi bilishlari lozimki, albatta bu ish Islom davlatisiz  Xalifalik davlatisiz aslo amalga oshmaydi. Bu ishning tariqati shar’iy, ayni paytda amaliy bo‘lishi zarur. Bu xaqdagi fikrlash ham amaliy, shar’iy qadamlar bilan bo‘ladi. Mana shunda tariqat haqiqiy tariqat bo‘ladi va mana shu tariqat bilan amonat yetkaziladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.