Amonat va iymon

51
0

(O’zgartirish – “Islomiy davlat” uchun muqarrardir. kitobidan)

Amonat va iymon

Amonat va uni yetkazishning vojibligi:
Alloh subhanahu va ta’olo insonni faqat O’ziga ibodat qilishi uchungina yaratdi.
وما خلقت الجن و الانس الا ليعبدون
“Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim”. Zoriyot surasi, 65-oyat.
Shore'(ya’ni Alloh)ning insonlarni yaratishdan ko’zlagan maqsadi ayni mana shudir. Shuning uchun mukallaf bo’lmish insonning hayotdagi maqsadi, g’oyasi ham aynan mana shundan ibodat bo’lishi lozim. Allohga ibodat qilish mukallafning ibodatlardagi amallarigagina cheklanmaydi. Ya’ni, u uning o’zi bilan Robbisi orasida bo’ladigan xos aloqalardagi amallargagina cheklanmaydi. Allohga ibodat qilish degani ayrim amallar qolib, ba’zi amallar bilangina chegaralanib olishni anglatmaydi. Balki, Allohga ibodat qilish, degani U buyurgan yoki qaytargan amallarning barchasida Unga bo’ysunish lozimligini anglatadi. Demak, ibodat insonlarning – shaxsiy yoki jamoiy bo’lsin – barcha amallariga va ularning barcha aloqalariga tegishli bo’ladi. Shuning uchun har bir aqli raso, balog’atga yetgan inson Allohning hukmidan boshqa hukmga rozi bo’lmasligi lozim. Shunda u faqat Alloh nozil qilgan narsa bilangina hukm yuritadi. O’zining ustida ham faqat Alloh nozil qilgan narsa bilangina hukm yuritilishiga rozi bo’ladi. U faqat Alloh subhanahu nozil qilgan narsagagina hukm so’rab, muroja’at qiladi. Insonning mana shu ishni amalga oshirishga harakat qilishi vojib bo’ladi. Zero, inson asli shu maqsadda yaratilgandir. Insonning hayotdagi g’oyasi ham mana shundan iboratdir. U qiyomat kunida ham aynan mana shu narsa xaqida so’raladi. Bu katta-kichik, xoh siyosat va hukm masalasi kabi umumiy masala bo’lsin, xoh xususiy va juz’iy masala bo’lsin, barcha masalalarda shu mavqifni ushlashi lozim. Darhaqiqat, Alloh subhanahu va ta’olo iymonni mana shu vojibga va unga iymon keltirishga bog’liq qilib qo’ydi. Alloh aytadi:
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا
“Yo’q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o’z o’rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida xech qanday tanglik topmay, to’la taslim bo’lmagunlaricha, bo’ysunmagunlaricha zinhor mo”min bo’la olmaydilar”. Niso surasi, 65-oyat.
Alloh ta’olo O’zi nozil qilgandan boshqa narsalarga hukm so’rab borishni istayotganlarning iymonini haqiqatga zid keladigan gumon, vahm deb sanadi. Alloh aytadi:
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَن يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَالًا بَعِيدًا
“(Ey Muhammad), o’zlarini sizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm so’rab borishni istayotganlarini ko’rmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yo’ldan ozdirishni istaydi”. Niso surasi, 60-oyat.
Darhaqiqat bu taklif Alloh subhanahu va ta’olo insonga ko’ndalang qilgan amonat edi. Inson o’zining ojizligini bilmagan holda yolg’iz o’zi bu amonatni ko’tarishni, uni yetkazishni qabul qilib oldi. Ayni paytda boshqa maxluqotlar bu amonatni ko’tarishdan bosh tortishgan edi. Alloh aytadi:
إِنَّا عَرَضْنَا الْأَمَانَةَ عَلَى السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالْجِبَالِ فَأَبَيْنَ أَن يَحْمِلْنَهَا وَأَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا الْإِنسَانُ ۖ إِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا
“Albatta Biz bu amonatni osmonlarga, yerga va tog’u toshlarga ko’ndalang qilgan edik, ular uni ko’tarishdan bosh tortdilar va undan qo’rqdilar. Inson esa, uni o’z zimmasiga oldi. Darhaqiqat u o’ziga zulm qiluvchi va nodon edi”. Ahzob surasi, 72-oyat.
Ushbu ojizlik Alloh ta’olo yaratgan dastlabki inson – Odam alayhis salomdayoq ko’rinib qoldi. O’shanda Alloh ta’olo u bilan ayoliga jannatni maskan qilib bergan edi. Ularga jannatdagi ne’matlardan xohlaganlaricha yeb ichishlariga izn berdi. Faqat birgina daraxtning mevasini yeyishdan qaytardi. Biroq, ular shaytonning vasvasasiga uchib, undan yeb qo’ydilar. Natijada jannatdan quvildilar. Insonning doimiy xususiyati shunaqa… ma’siyat, zalolat, amonatga befarqlik. Magar, Alloh ta’olo insonga tavfiq, hidoyat berar ekan, unga hidoyat va rahmat risolatlarini yuborar ekan, inson mana shu risolatlar bilan hidoyatlanadi, ishlarini tartibga soladi. Natijada yolg’iz Allohga ibodat qiladi. Alloh ta’olo inson uchun amonatni haqiqiy yetkazadigan anbiyo va elchilarni yuboradi. Ushbu anbiyo va elchilar ma’ruf(yaxshi ishlar)ga buyuradilar, munkar(noloyiq, yomon ishlar)dan qaytaradilar va bu yo’lda Alloh xohlagan ozor va aziyatlarni ko’taradilar. Insonlarni sirotul mustaqimga yetaklaydilar. Ularni toyilish va zalolatdan yolg’iz Allohga iymon keltirish va Unga itoat qilish sari yetaklaydilar.
Darhaqiqat bu ish Qur’oni Karim bayon qilgan, Odam – alayhis salom – ning yerga tushirilishidan tortib to oxirgi payg’ambar Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – Islomning abadiy, o’chmas risolati bilan yuborilgan vaqt mobaynidagi qisasul anbiyo-payg’ambarlar qissasida yaqqol ko’zga ko’rinib turadi. Zero, mana shu vaqt mobaynidagi mana shuncha qissalardan ma’lum bo’ladiki, doimiy taqdiriy masala bo’lib kelgan, Alloh ta’olo yaratgan narsalarini ham asli shuning uchun yaratgan xalq-yo’qdan bor qilish masalasi لا اله الا الله “la ilaha illo(A)llox” degan mutloq haqiqat masalasidir. Yolg’iz Allohga ibodat qilish, Undan boshqa birortasiga ibodat qilmaslik masalasidir. Payg’ambarimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – payg’ambar etib yuborilgandan keyin, bugungi kunda La ilaha illalloh haqiqatini haqiqiy anglab yetish uchun va u muhaqqaq voqe’ga aylanishi uchun albatta bu haqiqatni محمد رسول الله “Muhammad un Rosulullox” degan haqiqat bilan qorishtirish lozim bo’ladi. Bugungi kunda محمد رسول الله degan xaqiqatni anglab yetish bilangina لااله الا الله ning haqiqatini teran anglash mumkin bo’ladi.
Alloh ta’olo Odam – alayhis salom – va uning ayoli xaqida mana bunday deydi:
قَالَ اهْبِطَا مِنْهَا جَمِيعًا ۖ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّي هُدًى فَمَنِ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَىٰ (123)
وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَىٰ (124)
قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِي أَعْمَىٰ وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًا (125)
قَالَ كَذَٰلِكَ أَتَتْكَ آيَاتُنَا فَنَسِيتَهَا ۖ وَكَذَٰلِكَ الْيَوْمَ تُنسَىٰ
“(Alloh) aytdi: undan (ya’ni jannatdan) xar ikkingiz tushingiz. Ayrim (zurriyotlaringiz) ayrimlariga dushmandir. Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo’ldan ozmas va baxtsiz bo’lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o’girsa, bas, alabatta uing uchun tang-baxtsiz hayot bo’lur va Biz uni qiyomat kunida ko’r holda tiriltirurmiz”. U : “Parvardigorim, nega meni ko’r qilib tiriltirding, axir ko’rar edim-ku”, degan edi, Alloh aytdi: “Shunday. Senga Bizning oyat-mo”jizalarimiz kelganida ularni unitding. Bugun sen ham ana shunday “unitilursan”. Toha surasi, 123-126 oyatlar.
Alloh ta’olo sayyidimiz Nuh alahis salom haqida shunday deydi:
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِ فَقَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ
“(Qasamki), Biz Nuhni o’z qavmiga payg’ambar qildik. Bas, u: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o’zga iloh yo’qdir. Axir qo’rqmaysizlarmi”, dedi”. Mo”minun surasi, 23-oyat.
Alloh aytadi:
وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ
“Od qavmiga o’z birodarlari Hudni (payg’ambar qildik). U aytdi: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o’zga biron iloh yo’qdir. Uning azobidan qo’rqmaysizlarmi?!”. A’rof surasi, 65-oyat.
وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ قَدْ جَاءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ
“Samud qavmiga o’z birodarlari Solihni (payg’ambar qildik). U aytdi: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o’zga biron iloh yo’qdir. Sizlarga Pavardigoringiz tomonidan hujjat – mana bu Alloh (yuborgan) tuya sizlar uchun oyat- mo”jiza bo’lib keldi”. A’rof surasi, 73-oyat.
وَإِبْرَاهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ اعْبُدُوا اللَّهَ وَاتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
“Ibrohimni (eslang) – u o’z qavmiga degan edi: “Allohga ibodat qilinglar va Undan qo’rqinglar! Agar biluvchi bo’lsangizlar mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir”. Ankabut surasi, 16-oyat.
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِ إِنَّنِي بَرَاءٌ مِّمَّا تَعْبُدُونَ (26) إِلَّا الَّذِي فَطَرَنِي فَإِنَّهُ سَيَهْدِينِ (27) وَجَعَلَهَا كَلِمَةً بَاقِيَةً فِي عَقِبِهِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
“Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: “Albatta men sizlar iboadat qilayotgan butlardan pokdirman. Magar meni yaratgan Zotgagina (ibodat qilurman). Bas, albatta U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak”. U (Ibrohim) o’shani (ya’ni o’zining yolg’iz Allohga ibodat qilishi haqidagi so’zni o’zidan keyin keladigan zurriyod-avlodlari ham unga) qaytishlari uchun o’z ortida qoluvchi so’z qildi”. Zuhruf surasi, 26-28 oyatlar.
أَمْ كُنتُمْ شُهَدَاءَ إِذْ حَضَرَ يَعْقُوبَ الْمَوْتُ إِذْ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعْبُدُونَ مِن بَعْدِي قَالُوا نَعْبُدُ إِلَٰهَكَ وَإِلَٰهَ آبَائِكَ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ إِلَٰهًا وَاحِدًا وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ
“(Ey yahudiylar) yoki Ya’qubga o’lim kelgach, u o’g’illariga : “Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?”, deganida: “Sening tangring va otalaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqlarning tangrisi bo’lmish yagona Allohga ibodat qilamiz va bizlar faqat Uning o’zigagina bo’ysunuvchilarmiz”, deb javob qilganlariga guvoh bo’lganmisizlar?”. Baqara surasi, 133-oyat.
إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
“Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat O’zigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng to’g’ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko’plari buni bilmaydilar”. Yusuf surasi, 40-oyat.
وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ
“Madyan qavmiga o’z birodarlari Shuaybni (payg’ambar qildik). U aytdi: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o’zga biron iloh yo’qdir”. A’rof surasi, 85-oyat.
Mana shuday qilib anbiyo va elchilar insonlarni hidoyatga chorlashda va ularni yolg’iz Allohgagina ibodat qilishga qaytarishda tinimsiz davom etdilar. Alloh aytadi:
وَإِن مِّنۡ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٞ
“(Sizning ummatingizdan avvalgi) har bir ummat ichida albatta bir ogohlantiruvchi- payg’ambar o’tgandir”. Fotir surasi, 24-oyat.
Ularning barchalarining da’vati: “Ey qavmim, Allohgagina ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan boshqa iloh yo’qdir”, edi. Alloh aytadi:
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِي إِلَيْهِ أَنَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا أَنَا فَاعْبُدُونِ
“(Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir payg’ambarga ham: “Hech qanday iloh yo’q, magar Mengina bordirman, bas, Mengagina ibodat qilinglar”, deb vahiy yuborgandirmiz”. Anbiyo surasi, 25-oyat.
Har bir payg’ambar o’z qavmiga xos bo’lib kelar va der edi:
إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ (143) فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ (144) وَمَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِيَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ الْعَالَمِينَ
“Albatta men sizlar uchun ishonchli payg’ambardirman. Bas, Allohdan qo’rqinglar va menga itoat etinglar! Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so’ramayman mening ajru-mukofotim faqat barcha olamlarning parvardigori zimmasidadir”. Shuaro surasi, 143-145 oyatlar.
So’ngra ularning har biri Alloh ta’olo xotamun nabiy Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ni yuborgunicha: “Bas, Allohdan qo’rqinglar va menga itoat qilinglar”, degan so’zni takror va takror aytardilar. So’ngra payg’ambarimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – butun insoniyatga yuborilgan elchi bo’ldilar. Alloh aytadi:
وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا كَافَّةً لِّلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا
“(Ey Muhammad), Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga: (mo”minlarga jannat haqida) xushhabar eltguvchi, (kofirlarga esa do’zax azobidan) ogohlantiruvchi bo’lgan holingizda, payg’ambar qilib yubordik”. Saba’ surasi, 28-oyat.
قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا
“Ayting (ey Muhammad): “Ey odamlar, albatta men sizlarning barchangizga Alloh (yuborgan) elchiman”. A’rof surasi, 158-oyat.
وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ
“(Ey Muhamad), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat (ya’ni Allohning rahmati-jannatiga yetaklovchi) qilib yubordik”. Anbiyo surasi, 107-oyat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.