Taʼziya

386
0

Taʼziya

Qirgʼizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi oʼzining faol aʼzosi, koʼplab insonlarni hidoyat topishiga sababchi boʼlgan, daʼvat yoʼlida oʼzining taqvosi va oʼzi yaxshi koʼrgan narsani boshqalarga ilinishiga haris boʼlgan birodarimiz Yusupov Moʼʼmin aka muborak Ramazon oyida vafot etganini chuqur qaygʼu bilan maʼlum qiladi.
Birodarimiz Yusupov Moʼʼmin aka 1960-yili Oʼsh viloyatining Qorasuv shahrida tavallud topgan edi. 7 nafar farzandning – 4 oʼgʼil, 3 qiz – imonli, taqvoli, Аllohning dini yoʼlida xizmat qiluvchi farzandlardan qilib tarbiya qildi. Birodarimiz Hizbning fikrlari bilan tanishgan dastlabki kundan boshlab, uning faol aʼzosiga aylandi. 1998-yili Hizb safiga qoʼshilganidan soʼng uning daʼvatini koʼtarib chiqishda zolimning zulmi, malomatchining malomatiga zarracha parvo qilmay faoliyat olib bordi. Oʼz vaqtida Hizbdagi masʼuliyatli vazifalarni omonat bilan ado etgan birodarimiz boshqalarga taqvo, sabr va itoatda ibrat namunasi boʼldi.
Kecha, 15-aprel kuni jamoat bilan hufton namozini ado etib – birodarimiz barcha namozlarini jamoat bilan, masjidda oʼqishga qattiq bogʼlangan edi – taroveh namozining ham bir qismini oʼqiganidan soʼng oʼzini yomon his qila boshlagan. Masjiddagilarga mazasi boʼlmayotganini aytib, uyiga ketgan va tungi soat 1.00 atrofida Аllohga omonatini topshirdi.
Biz Mehribon va Rahimli Аllohdan Moʼʼmin akamizni solih amallarini oʼziga hamroh qilishini, gunohlarini magʼfirat aylab, Oʼzining keng jannatlarida rizqlantirishini soʼraymiz.
Birodarimizning ortida qolgan farzandlari, qarindosh-urugʼlari va yaqinlariga sabru jamil tilaymiz, oʼzimizning chuqur taʼziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Аlloh sizlarga goʼzal sabr bersin va sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

Аlbatta, har bir musulmonning, xususan, daʼvat omonatini koʼtarishda yelkadosh boʼlgan birodarimizning vafoti bizlarni chuqur qaygʼuga solib, qalblarimizni mahzun qiladi, ammo biz Аllohning rozi qiluvchi soʼzdan boshqasini aytmaymiz:

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“Ularga biror musibat kelganda aytadilar: Аlbatta biz Аllohning bandalarimiz va albatta Oʼziga qaytajakmiz”. [Baqara 156]

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.