Shvetsiyada musulmonlarning farzandlari pedofillarga berildi

143
0

Shvetsiyada musulmonlarning farzandlari pedofillarga berildi

Yevropada istiqomat qiluvchi musulmon oilalarning farzandlari turli bahonalar bilan tortib olinib, pedofil oilalarga berilmoqda. Shvetsiyada bu zulmga duchor boʻlgan musulmon oilalar poytaxt Stokgolmda norozilik namoyishi oʻtkazishdi. Turkiyada chiqadigan “Yeni Şafak” gazetasining xabariga koʻra, namoyishga chiqqan musulmon oilalar, farzandlarining baʼzilari pedofil oilalarga berilganligi va jinsiy tajovuzga uchraganligi, shuningdek qaramogʻiga olgan oila tomonidan farzandlarining yalangʻoch suratlari ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinganligi uchun oʻz noroziliklarini bildirishgan. Gazetasining yozishicha, chorasiz qolgan musulmon oilalar “farzandlarimizni oʻzimizga bermasangiz, hech boʻlmasa tuzukroq oilalarga beringlar” degan talabni qoʻyishga majbur boʻlishgan.

Izoh: Yevropada musulmon oilalar qoʻlidan farzandlarini tortib olinishi uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan holatdir. Masalan, Shvetsiya hukumatiga qarashli ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi 2017 yilda suriyalik bir oilaning 4 nafar farzandini, oilada zoʻravonlikka duchor boʻlganligi bahonasida tortib olgan edi. Yillar davomida farzandlarini faqat uzoqdan kuzatishga majbur boʻlgan Diab Talal va rafiqasi Amal Shayxo 2020-yilda yana bir farzandli boʻlishdi. Biroq Shvetsiya hukumati beshinchi farzandini ham tugʻilgandan besh daqiqa oʻtib ulardan tortib oldi. Germaniyaning Dormagen shahrida yashovchi oila esa, uyda yiqilib tushgan 1,5 yoshli farzandini kasalxonaga olib borganida, “bolaga yaxshi qaramaganlik” bahonasida bola ota-onasidan tortib olindi va unga qoʻshib shu oilaning 4 yoshli farzandi ham tortib olindi. Bunday misollardan son-sanoqsiz keltirish mumkin. Chunki shahvat va nafs botqogʻida botgan Yevropada oila barbod boʻlgani sababli musulmonlarning farzandlari ular uchun tayyor oʻlja boʻlib qoldi.
Ammo Shvetsiyada yuz bergan soʻngi jarayon, yaʼni musulmon oilalarning farzandlari zoʻrlik bilan tortib olinib, pedofil va gomoseksual buzuq oilalarga berilishi va hatto oʻsha iflos oila tomonidan jinsiy tajovuzga uchragan bolalarning yalangʻoch suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilishi Yevropaning asl basharasini koʻzlar oʻngida yanada yorqinlashtirdi. Ha, bu ish inson huquqlari, ayniqsa ayollar va bolalar hukuqlari deya ogʻiz yirtayotgan Yevropaning qoq markazida yuz bermoqda.
Bunday jirkanch voqealar nafaqat Shvetsiyada, balki bundan ham battar islomofobik hodisalar butun Yevropa davlatlarini qamrab olgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Tadqiqot markazlari ketma-ket eʼlon qilgan hisobotlar bolalarga nisbatan zoʻravonlik, vahshiylik va jinsiy zoʻravonlik kabi shafqatsiz munosabatlarni fosh qilib kelmoqda. Yevropaning oʻzi eʼlon qilgan xuddi shunday rasmiy hisobotlarning birida aytilishicha, 2018-2020 yillar oraligʻida davlat qaramogʻida boʻlgan 18292 nafar muhojir bola bedarak yoʻqolgan. Haqiqqiy raqam esa bundan bir necha marta ortiq. Chunki Yevropaga kirgan bolalarning hammasi ham roʻyxatga olinmaydi. Masalan, bolalar huquqi himoyachisi Komil Altayning taʼkidlashicha, 2018-yilda Germaniyaga kirgan 52 ming bolaning deyarli yarmi muhojir sifatida roʻyxatga olinmagan. Yevropada bedarak yoʻqolgan bolalar haqida eng yaxshi gumon “Bu bolalar yovuz odamlarning qoʻliga tushib qolib, ogʻir mehnatlarda ishlatilmoqda”, degan gumondir. Aksincha ular jinsiy gʻarazlarda ekspulatatsiya qilinayotgani yoki baʼzi ichki aʼzolarini olinib, tanasi yoʻq qilingan boʻlishi ehtimoli katta.
Hizb ut-Tahrir Skandinaviya “zamonaviy Yevropa madaniyati”ning ushbu 21-asr versiyasiga qarshi musulmon bolalarni himoya qilish maqsadida konferentsiya uyushtirishni maʼlum qildi. Biroq, konferentsiyaning siyosiy oqibatidan tashvishga tushgan Shvetsiya hukumati politsiya kuchlari bilan ushbu konferentsiyani oʻtkazishga yoʻl qoʻymadi va bu bilan oʻzlarining “soʻz erkinligi daʼvosi” puch daʼvo ekanligini yana bir bor isbotladi.
Gʻarbning ikkiyuzlamachiligi va noinsoniy qiliqlari taʼriflash bilan tugamaydi. Dunyoda qanday yovuzlik boʻlmasin, uning ortida Gʻarb tsivilizatsiyasi turgani aniq. Islom Ummati bir tanu bir jon boʻlib, Islom davlatini barpo qilmas ekan, dunyoning hech bir yerida, hatto Islomiy oʻlkalarda ham xavfsiz hayot kechira olmaydi. Xalifalik davlati nafaqat musulmonlarni, balki butun dunyoni bunday yovuzligidan xalos etadi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.