Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini butun Falastin, xususan, Xalil shahri ahliga murojaat yoʻlladi

67
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini butun Falastin, xususan, Xalil shahri ahliga murojaat yoʻlladi

Juma kuni Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini butun Falastin, xususan, Xalil shahri ahliga murojaat yoʻlladi. Unda quyidagi soʻzlar kelgan:
“Xalilda sodir boʻlgan bir-birini oʻldirish hamda mol-mulklar va daxlsiz narsalarga hujum qilish hodisasi butun muborak zaminimizni qattiq xavotirga soldi…
Xalil shahri misoli poroxli bochkadir, portlasa butun Falastinni oʻz domiga tortishi mumkin…
Ey Xalil ahli!
Sizning vazifangiz ijtimoiy sugʻurta, degan narsaga va CEDAW konventsiyasiga qarshi turishdir. Shuningdek, Tamim vaqfini oʻzlashtirishdan himoya qilish va missionerlik, nasroniylashtirish maktablari qurilishiga yoʻl qoʻymaslikdir.
Bugun Xalil oilalari orasida kelib chiqqan alangani yahudiylar keltirib chiqarishdi, maqsadlari yurtni yoqib, uy-joylarni buzish va aholisini koʻchirishdir. Falastin maʼmuriyatiga kelsak, hodisalarda uning ham qoʻli bor. Bu ochiq koʻrinib turibdi, Xalildagi tartibsizliklarni kuzatayotgan kishiga bu aslo sir emas”.
Murojaatda butun Falastin, xususan, Xalil shahri ahliga bunday deyildi:
“Hizb ut-Tahrir siz bilandir va orangizda sizning masalangiz bilan mashgʻul. Bu hodisada ham orangizda isloh qiluvchi kishilar bilan barobar hozir boʻldi, sizni tashlab qoʻymadi. Biz sizga qarshi kimlar til biriktirayotganini ochib berdik. Ishonchli nasihatgoʻy sifatida yana shundan ogohlantiramizki, anavi maʼmuriyat dushmaningiz bilan birga ishlayapti. Ular sizni koʻchirish rejasini amalga oshirish uchun yurtingizni nizo olovida ushlab turishga, qoningizni oqizib, yeringizni toptab, nomusingizni poymol qilib, farzandlaringizni oʻldirishga til biriktirishgan. Shunday boʻlgach, farzandlaringizni toʻxtating va birgalikda Allohning arqonini mahkam ushlang, boʻlinmang, shaharni yoqishlari uchun yonilgʻi boʻlib qolmang. Biz Jaʼbariy oilasi bilan Aviviy oilasiga va qon haqqi egalariga murojaat qilib, ularni oʻzaro oʻrtalarini isloh qilishdek xayrli saʼy-harakatga va yurtning oyogʻidan chalish uchun qulay fursat poylayotganlarga imkon bermaslikka daʼvat qilamiz. Dushmaningizni dargʻazab qiladigan narsa sizning birlashishingiz va fitnachilarga qarshi turishingizdir. Siz Alloh Taoloning
﴿فَاتَّقُوا اللَّهَ ‌وَأَصْلِحُوا ذَاتَ بَيْنِكُمْ وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ﴾
“(Ey moʻminlar) Allohdan qoʻrqingiz va oʻz oralaringizni tuzatingiz! Agar moʻmin boʻlsangiz, Alloh va Rosuliga itoat qilingiz!” [Anfol 1]
degan kalomini oʻzingizga nurli hidoyat qilib oling.

Roya gazetasining 2022 yil 16 fevral chorshanba kungi 378-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.