Peskov: Putin Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari boʻyicha javobni maʼqulladi

158
0

Peskov: Putin Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari boʻyicha javobni maʼqulladi

Xabar: Putin Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari boʻyicha javob loyihasini maʼqulladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bugun ertalab Sergey Lavrov prezident bilan uchrashuvda Rossiyaning AQSh va NATOga javobi tayyorlangani haqida axborot berdi. Hujjat 10 varaqdan iborat.
“Prezident Lavrov taqdim etgan kontseptual loyihani maʼqulladi. Hozir diplomatlar matnni yakunlash ustida ishlamoqda, keyinchalik u adresatlarga yuboriladi”, – dedi Peskov.

Izoh: Rossiya agar Amerika va uning ittifoqchilari Moskvaga xavfsizlik kafolatlarini berishni jiddiy koʻrib chiqmasalar, Gʻarb bilan keskin qarama-qarshilikka duch kelishi mumkinligidan ogohlantirgan va Yevropada raketa inqirozi yuz berishi mumkinligiga ishora qilgan edi.
Ukraina inqirozi juda murakkab, u Rossiya-AQSh-Evropa oʻrtasidagi kurash bilan bogʻliq. Bu inqiroz Rossiya uchun asosiy va xavfli strategik hayotiy masaladir. Xavfli va muhim boʻlgani uchun ham u harbiy safarbarlikni amalga oshiryapti va shu orqali oʻziga muvofiq keladigan diplomatik yechimga erishmoqchi boʻlyapti. Boshqacha aytganda, bunday harbiy safarbarlik amaliy urush uchun emas, aks holda, Putin kutib turmasdan urush qilgan boʻlardi. Balki, Putin shunday harbiy safarbarlikni bahona qilib, siyosiy maqsadlarni amalga oshirmoqchi boʻlyapti.
Rossiya amalga oshirmoqchi boʻlayotgan maqsadlardan asosiysi, Ukrainani NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat. Ukrainaning NATOga qoʻshilishi Rossiya uchun qizil chiziq hisoblanadi, chunki uni Rossiya oʻzining ham tabiiy taʼsiri doirasida, ham milliy xavfsizligining bir qismi, deb hisoblaydi. Nafaqat shunday hisoblaydi, hatto Ukrainani rus xalqining umumiy etnik, tarixiy va madaniy tugʻilgan joyi, deb biladi. Darhaqiqat, Putin Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlish istagini real tahdid hisoblanishini bir necha bor takrorlagan. U AQSh va Yevropaning bu masaladagi bosimlaridan soʻng endi yon berishga mutlaqo asos koʻrmayapti.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.