Kofir Gʻarbning Shom qoʻzgʻolonida qoʻllayotgan reja va uslublari

0
211

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kofir Gʻarbning Shom qoʻzgʻolonida qoʻllayotgan reja va uslublari

Ustoz Ahmad Abdulvahhob
Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi matbuot boʻlimi raisi

Kofir Gʻarbning Shom qoʻzgʻolonini yoʻq qilish uchun qoʻllayotgan reja va uslublari mavzusi boshqa mavzularga nisbatan asosiy diqqat markazni egallamogʻi lozim. Bu mavzu har doim tez-tez eslab-eslatib turmoqni talab qiladi. Toki, oʻz voqeliklarini oʻzgartirishga harakat qilayotgan va ozodlik yoʻlida mustamlakachilarning barcha olovli yoʻllarini bosib oʻtayotgan Shom ahli buni aslo unutmasinlar hamda dushmanning rejalari, uslub va vositalarini aniq bilsinlar.
Amerikaning Shom qoʻzgʻoloniga oid rejasi asosiy gʻoyaga asoslangan va hamon shunday davom etmoqda. Bu gʻoya qoʻzgʻolonni butkul yoʻq qilish va qoʻzgʻolonchilarni qayta malay Shom togʻutining hukmronligi ostiga yoki Amerikani rozi qilib, uning manfaatlarini amalga oshira oladigan boshqa malayning hukmronligi ostiga kiritishga qaratilgan. Maqsad mana shu. Uni amalga oshirish yoʻliga kelsak, bu “Suriya krizisi yechimi”, deb atalayotgan siyosiy yechim yoʻlidir. Bir tomondan, Amerika ushbu maqsadlarini amalga oshirishga ulgurish uchun vaqtdan yutish, ikkinchi tomondan, qilayotgan ishlariga xalqaro qonuniylik tusini berish maqsadida “Jeneva konferentsiyasi”, “Ostona konferentsiyasi”, “Sochi konferentsiyasi” kabi anjumanlardan foydalandi. Shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eron uchun Suriyada alohida rollar taqsimlab, ulardan oʻz reja va uslublarini amalga oshirishda asosiy qurol va vosita sifatida foydalandi. U oʻz maqsadlarini amalga oshirishda ichkaridagi tashqi kuchlarga bogʻlangan jangari guruhlardan va ularning yetakchilaridan ham qurol oʻrnida foydalandi. Ularning ichiga kirib borish uchun ularni mablagʻ bilan, shuningdek, yengil va oʻrta qurollar bilan qoʻllab-quvvatladi. Bundan maqsadi, ularni aldab, oʻz nazorati ostiga olish, qaror va istaklarini tortib olish, shu orqali ularni oʻzining nopok maqsadlarini amalga oshiruvchi qurollariga aylantirish boʻldi. Bu narsa Amerikaning Suriyadagi malay qonxoʻr rejimiga qoʻldan boy bergan mintaqalarda avval sulh bitimini imzolash, soʻng birin-ketin ularni qaytarib olish imkonini berdi.
Bundan tashqari, “muxolafat”, deb atalgan siyosiy tizimni yaratib, uni muzokaralar stoliga oʻtqazdi va bu ishni oʻzining iflos siyosiy yechimiga qonuniylik tusini berish va bu muxolafatni qoʻzgʻolonni yoʻq qilishda yolgʻon guvohga aylantirish maqsadida amalga oshirdi.
Amerika, shuningdek, muzokaralar qoʻmitasi va konstitutsiyaviy qoʻmita kabi turli qoʻmitalarni tuzdi. Bu qoʻmitalar uning manfaatlari amalga oshishini kafolatlaydigan, Islomni musulmonlarning davlat va jamiyatdagi hayotidan uzoqlashtiradigan konstitutsiyani ishlab chiqish vositasi edi.
Shunday qilib, oʻzini qoʻzgʻolonning siyosiy yetakchilari, deya daʼvo qilganlar ham, Shom ahli kelajagini tuzib berganlar ham kofir Gʻarbning siyosiy reja va vositalarini ijro etuvchi qurollarga aylanishdi.
Amerika oʻzining ushbu siyosatini ikki asosda amalga oshirishga harakat qildi: Birinchi, malayi Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash va uning qulashini oldini olish. Ikkinchi, qoʻzgʻolonni yoʻq qilish va qoʻzgʻolonchilarni qayta togʻut zulmi ostiga qaytarish maqsadida qoʻzgʻolonni zaiflashtirish va jilovlab, nazoratga olish. Buning uchun avval Amerika oʻzini togʻutga qarshi, qoʻzgʻolonga esa tarafdor qilib koʻrsatdi. Shu orqali oʻz rejalarini amalga oshirish oson boʻlishi uchun Shom ahlini aldash va adashtirishga urindi.
Yuqorida Amerikaning reja va uslublariga aniqlik kiritilgandan soʻng, uning qoʻzgʻolonga qarshi siyosati va tuzogʻini qoʻyidagicha tushunish mumkin:
– Amerika qoʻzgʻolon masalasini xalqarolashtirdi. Shu maqsadda 2012 yil “Jeneva-1” konferentsiyasini oʻtkazdi, soʻng uning keyingi epizodlarini davom ettirdi.
– Shomga Eron va uning Livandagi Hizbini kiritdi. Buni ofitser va askarlarning Asad armiyasidan ajralib chiqib, qoʻzgʻolonga qoʻshilishlari oqibatida yuzaga kelgan boʻshliqni toʻldirish maqsadida qildi.
– 2015 yil Rossiyani kiritdi va undan Shom ahlini qirish, qochqinga aylantirish, uy-joylari va mol-mulklarini vayron qilish maqsadida repressiv qirgʻin mashina sifatida foydalandi.
– Oʻzining malayiga qarshi qoʻzgʻalgan har bir insonni poytaxtdan yiroqda Suriyaning chekka shimoli, shimoli-gʻarbiy va shimoli-sharqidagi katta ulkan bir qamoq lageriga tashlab izolyatsiya qildi.
– Rossiyaning haddan oshishiga yoʻl qoʻymaslik va ambitsiyalarini cheklash maqsadida Amerika Eron va Turkiyani sherik qildi. Natijada, 2016 yil avgust oyi oxirlarida Turkiya kuchlari Suriya tuprogʻiga kirdi.
– Jangchi guruhlar yetakchilarini avval Turkiya nazorati ostiga kiritib, soʻng xorijga bogʻlangan yetakchilarni ozod etilgan mintaqalarga hukmron qildi. Amerika bundan mana shu yetakchilar vositasida qoʻzgʻolonchilar yuragidagi jangovarlik ruhini muzlatib, soʻndirishni maqsad qildi. U oʻzining nopok siyosiy yechimiga zamin yaratish uchun shu orqali qoʻzgʻolonchilarga bosim qildi va irodalarini sindirishga urindi. Oqibatda, bu bogʻlangan yetakchilar “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar razvedkalarini qoʻyniga yanada chuqurroq kirishdi, yanada koʻproq yon beradigan va daʼvolaridan voz kechadigan boʻlishdi. Chunki ular xalq qoʻllab-quvvatlovini yoʻqotishdi va xalqdan kuch olish oʻrniga kuch-qudratni mana shu davlatlardan izlashdi.
Bular Amerikaning iflos siyosiy yechimini tatbiq qilish va Shom ahliga uni zoʻrlab tiqishtirish uchun hamda Shom zaminidagi oʻz hukmronligi va mustamlakasini saqlab qolish uchun qoʻzgʻolonni butkul yoʻq qilishga qaratilgan va hamon davom ettirayotgan saʼy-harakatlaridir.
Shunday qilib, Suriya qoʻzgʻoloni masalasida faol va nazorat qiluvchi davlat shubhasiz Amerika ekani ayon boʻladi. Yana shu narsa ham ayon boʻladiki, Amerikaning iflos siyosiy yechimi rejimning mazmun-mohiyatini saqlab qolib, shaklini oʻzgartirishdan boshqa narsa emasdir. Bu yechim Amerika foydasiga xizmat qiladi va uning malayidan ozod boʻlish yoʻlida eng qimmatli narsalarini fido etgan Shom ahliga ziyon keltiradi hamda ularning barcha qurbonliklarini zoye ketkazadi, Islomni musulmonlarning davlat va jamiyatdagi hayotidan chetlatadi.
Shom ahli shuni anglamoqlari lozimki, bu guruh yetakchilari tizimi mustaqil qarori tortib olingan hozirgi roli bilan kofir Gʻarbning yengil quroliga aylanib qoldi. Kofir Gʻarb Shom qoʻzgʻolonini togʻut bagʻriga qaytarib, butunlay yoʻq qilish va qoʻzgʻolonni bitirib, oʻz missiyasini roʻyobga chiqarish uchun mana shu tizim yordamida qoʻzgʻolonni jilovlab, nazorat ostida ushlab turibdi. Bu tizimning bugungi kundagi voqeligi Shom ahli oldidagi eng birinchi toʻsiq boʻlib, ularning harakatlarini cheklamoqda va qoʻzgʻalishini oldini olmoqda. Mudom, qoʻzgʻalish niyatlari bor ekan, demak, ular xorijga bogʻlangan ayni yetakchilar tizimi doirasidan tashqarida qoʻzgʻalmoqlari va ularning zoʻravon rollarini oʻzgartirmoqlari darkor. Chunki bu tizim oʻzining bugungi voqeligi bilan hargiz nusrat keltirmaydi. Shu bois, Shom ahli oʻz qoʻzgʻolonlari taqdirini uning qoʻliga topshirmasligi kerak. Chunki u mustaqil qarori tortib olingan va “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlarga garov boʻlib qolgan.
Shom ahli shuni ham anglamoqlari kerakki, bir tomonda kofir Gʻarb yaratgan siyosiy tizim ham bor. Bu – Shom ahlining vakillari va ularning siyosiy yetakchiliklari, deya daʼvo qilinayotgan tizimdir. Aslida esa, bu siyosiy tizim Gʻarb qoʻlidagi yana bir qurol boʻlib, u ayni qurol yordamida muzokara va kelishuvlar orqali qoʻzgʻolonni yoʻq qilib bitirmoqchi. Bas, shunday ekan, Shom ahli bunday siyosiy tizim doirasidan tashqarida oʻzlariga boshqa ongli xolis siyosiy yetakchilikni qabul qilmoqlari hamda oʻz orzu-umidlariga uning nazariyasi boʻyicha qarab, dardlariga uni malham qilmoqlari darkor. Ular qoʻzgʻolonlari taqdirini mazkur siyosiy tizimga topshirmasinlar. Chunki u Islom va musulmonlarga qarshi kurashayotgan davlatlar siyosatiga bogʻlangan tizimdir.
Shuningdek, Shom ahli kofir Gʻarb tuzgan konstitutsiyaviy qoʻmita uning qoʻlidagi qurollardan biri ekanini ham anglab yetishlari kerak. Gʻarb ularning kelajaklarini oʻzining Islomni hayotdan ajratish nuqtai nazari boʻyicha chizmoqchi. Shunga binoan, Shom ahli ayni qoʻmita doirasidan tashqarida va oʻzlarining islomiy aqidalaridan balqib chiqqan ochiq siyosiy loyihani qabul qilmoqlari lozim.
Kofir Gʻarbning Shom qoʻzgʻolonini butkul yoʻq qilib bitirish uchun qoʻllagan va qoʻllayotgan uslub va vositalari hamda Shom ahli uchun qoʻzgʻolonlarini omonlik qirgʻogʻiga salomat yetkazishlari uchun qilmoqlari shart boʻlgan amallar mana shulardir.

Roya gazetasining 2022 yil 26 yanvar chorshanba kungi 375-sonidan

Izohlar yo'q