Japarov va Si Tszinpin temir yoʻl loyihasini muhokama qiladi

357
0

Japarov va Si Tszinpin temir yoʻl loyihasini muhokama qiladi

Xabar: Prezident maʼmuriyati tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Jeenbek Kulubayev Sadir Japarovning Xitoyga tashrifi haqida maʼlumot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Japarov Pekinda qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Xitoy rahbari Si Tszinpin boshchiligidagi yetakchilar bilan uchrashib, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning dalrzab masalalarini muhokama qiladi.
“Muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biri Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston xalqaro temir yoʻli qurilishini istiqbollari boʻladi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasida Qirgʻiziston tomoni “Erkeshtom” va “Torugat” nazorat-oʻtkazish punktlarining oʻtkazish imkoniyatlarini kengaytirish, ikki davlat oʻrtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash masalalarini koʻtaradi. Bundan tashqari, Qirgʻiziston delegatsiyasi energetika, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi va taʼlim sohalarida qator loyihalarni davom ettirish, investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyor”, – dedi Kulubayev.

Izoh: Amaldagi hukumat Rossiya nufuzidan qutulishda Xitoyni najot sifatida koʻrmoqda. Shu sababli ham hukumat asta-sekin, ehtiyotkorlik bilan Rossiyadan uzoqlashish va Xitoy bilan yaqinlashish yoʻlida harakat olib bormoqda. Japarovning Xitoyga amalga oshiradigan safari ham muhim ahamiyatga ega. Sababi, Rossiya oʻz taʼsir ostidagi davlatlarga nisbatan ham “ayiqcha” siyosat olib borib, ularga turli yoʻllar bilan bosim oʻtkazayotgan boʻlsada, iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlamayapti. Chunki, Rossiyaning hozirgi iqtisodiy holati bunga imkon bermaydi. Shu sababli ham qirgʻiz hukumati muhim loyihalarni Xitoy bilan amalga oshirmoqchi. Ushbu loyihalar qatorida Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻlini qurilishini boshlash, Norindagi logistika markazini barpo etish, togʻ-kon sohasida xitoy sarmoyadorlarini jalb qilish borasida kelishuvlar imzolanishi mumkin.
Toʻgʻri, temir yoʻl Oʻrta Osiyo mamlakatlari uchun manfaatli. Temir yoʻl dunyoda dengiz orqali amalga oshiriladigan yuk tashishdan keyingi oʻrinni egallab turgan strategik ahamiyatga ega va tannarxi arzon yoʻnalish hisoblanadi. Ammo bu loyiha mintaqa davlatlari va xalqiga manfaatli boʻlishi uchun shu davlatlarning oʻzi tomonidan barpo etilishi va biror mustamlakachi davlat temir yoʻl ustidan moliyaviy yoki boshqa jihatdan taʼsir oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik shart. Chunki, mustamlakachi davlatlar musulmon oʻlkalari, jumladan, bizning yurtlar manfaatlariga mustamlakachilik koʻzi bilan qaraydi. Ular baʼzida biror sohada oʻz mustamlakasini eplay olmay qolgan taqdirda ham olamiy taʼsir kuchiga ega boʻlgan boshqa mustamlakachi davlat loyihalariga biz mustamlaka davlatni topshirishlari mumkin. Yangi temir yoʻl loyihasi ham mintaqani qisman rus taʼsiridan xalos etib, mushrik xanlar changaliga tashlash yoʻlidagi qadamlardan biridir.

Abadurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.