AQSh elchisi Iordaniyada xuddi mamlakat xoʻjayini kabi izgʻib yuribdi!

165
0

Matbuot bayonoti
AQSh elchisi Iordaniyada xuddi mamlakat xoʻjayini kabi izgʻib yuribdi!

AQShning Iordaniyadagi elchisi Genri T. Vuster televideniyeda yangi yil bilan tabrik yoʻllab, mamlakat shimolidagi Irbiddan to janubidagi Aqabaga qadar koʻplab ziyorat va uchrashuvlar oʻtkazganini maʼlum qildi. Amerikacha mustamlakachilik maʼnosida aytganda, hukmronlik qilish, iqtisodiy, xavfsizlik va siyosiy nufuzni mustahkamlash bilan shugʻullanganini aytib, jumladan bunday dedi: “Men uchun oʻtgan yili Irbiddan Zarqogacha, u yerdan Aqabagacha mamlakatning barcha mintaqasida iordaniyaliklarni ziyorat qilish imkoni eng muhim voqelardan biri boʻlib qoldi”.
U AQSh-Iordaniya hamkorligini davom ettirish va moddiy, iqtisodiy, siyosiy, sogʻliqni saqlash, harbiy sohalarda yordam koʻrsatish haqida gapirdi. U shuningdek, Oq uyga Bayden davrida chaqirilgan eng birinchi shaxs Iordaniya qiroli boʻlgani eʼtiboridan, AQSh maʼmuriyatining Iordaniya bilan boʻlgan diplomatik munosabatlari muhim ekanini taʼkidladi. Shuningdek, AQSh ushbu hamkorlikni kelgusi yilda ham davom ettirishiga, hatto kelasi yuz yillikda ham Iordaniyaning yonida turishiga vaʼda beraman, dedi.
Bu kabi safarlar faqat AQSh elchisiga cheklanib qolmayapti. Balki yirik davlatlar elchilari Iordaniyada istaganlaricha kezib, vazirlar, deputatlar, fraktsiyalar, partiya va muassasalar kabi istagan tomonlar bilan uchrashishyapti. Bu haqda na hisob soʻrovchi bor, na taqiqlovchi. Rejimning tanlangan xavfsizlik xizmatidan birorta kimsa bu ajnabiy rasmiylarning aralashib, “mamlakat suverenligi”ni buzishlariga qarshi chiqayotgani yoʻq. Mana, oʻz navbatida, Britaniya elchisi Bridjit Brind oʻtgan yili Mafraq shahriga kelib, taraqqiyot vaziri bilan uchrashdi va milliy yordam fondini qoʻllab-quvvatladi… Investitsiyalar tashkilotiga kelib, adliya vaziri bilan uchrashdi. Uni korruptsiyaga qarshi kurash, raqamli iqtisodiyot va ichki ishlar vazirlari qabul qildi. Buqo viloyatiga bordi va davlat xavfsizlik xizmati direktori bilan uchrashib, ikki mamlakat oʻrtasida xavfsizlik hamkorligi yoʻllarini muhokama qildi. Yoshlar ishlari boʻyicha vazir bilan uchrashib, u bilan Madaba shahrida yoshlar markazi ochish va Amerika elchisi tadbirlaridan qolishmaydigan boshqa tadbirlar haqida suhbatlashdi.
Rejim paydo boʻlgandan beri xoʻjayini boʻlib kelayotgan Britaniya, shuningdek, oʻzini rejimning strategik hamkori, deya daʼvo qilayotgan va iqtisodiy yordamlari, qoʻshma mudofaa shartnomasi orqali butun mamlakatda qoʻli uzun boʻlib kelayotgan Amerika kabi mustamlakachi kofir davlatlar mamlakatni oyoq-osti qilishmoqda. Buni Iordaniya rejimi oʻzining xavfsizlik va harbiy xizmatlari bilan nafaqat koʻrib eshitib turibdi. Balki mustamlakachi Gʻarb bilan uning oʻz manfaatlarini amalga oshirishida va oʻz ittifoqchisi yahudiy vujudiga imkoniyatlar yaratishida hamkorlik qilyapti. Hatto rejim oʻz ishlari va yurtdagi boshqaruviga kofirlarning ochiqdan-ochiq burun suqishlariga yordam beryapti… Rejim bu yordamni kofirlarning istak va tamaʼlarini roʻyobga chiqaradigan uslubda koʻrsatyapti. Zero, ular rejimdan mamlakat boyliklari talashini, fuqarolarini qul qilishini va Falastin masalasi yechimiga ularni tiz choʻktirib, Islom va qadriyatlariga qarshi kurashda kofirlarga sheriklik qilishini istashadi.
Aslida, elchining vazifasi xabar yetkazishdir. Oʻz mamlakati maktublarini olib keladi va qaytib ketadi. Agar yashashga ruxsat berilsa, uning vazifasi oʻz davlatining oʻsha davlatga maktublarini olib kelib berib turishdan nariga oʻtmaydi. Oʻzi uchun uchrashish-aloqa qilish belgilab berilgan muayyan tomon bilangina aloqa qiladi, undan boshqa tomonlar bilan aloqa qilishi nojoiz. Zero, oʻzini hurmat qiluvchi har qanday davlat elchilarga davlat fuqarolari yoki rahbarlari bilan uchrashishiga yoʻl qoʻymaydi, faqat oʻzining ishiga taalluqli muayyan shaxslar bilangina uchrashishiga ruxsat beradi. Agar shunday qilmasa, bu elchixonalar xuddi bugungi ahvolga yetib keladi hamda josuslik va qoʻporuvchilik qilish, daxlsizlikni buzib, xoinlar sotib olish ishlari amalga oshiriladigan inlarga aylanadi. Insha Alloh, kelayotgan Islom davlati amalda urush holatida boʻlgan mustamlakachi davlatlar uchun elchixonalar boʻlishiga hargiz yoʻl qoʻymaydi.
Britaniya parlamentining quyi palatasi arxiviga koʻra, 1792 yil Rossiyaning Qrimni bosib olishi ortidan Usmoniy Xalifalik davlati bilan Rossiya davlati oʻrtasida krizis yuzaga kelganda Britaniyaning Istanbuldagi elchisi ser Robert Eynsli oʻz mamlakatining ushbu krizis masalasida Xalifalik davlatiga yordam koʻrsatmoqchi ekanini aytadi. Shunda Xalifalik davlatining sadri aʼzami oʻsha Eynsliga bunday javob yozadi: “Sultonimizning sizning devoningiz bilan hech qanday rasmiy aloqalari yoʻq, birortasi bilan koʻrishishni istamaydilar ham, bunga ragʻbatlari ham yoʻq. Agar bu yerda rezident sifatida yoki mamlakatingiz elchisi oʻlaroq qolishni istasangiz, u holda, boshqa nasroniy davlatlardagi hamkasblaringiz qatori madaniyat va xushaxloqlik doirasida itoat qilib yashaysiz. Ammo biz sizlarning yordamingizni istamaymiz, na quruqlikdagi va dengizdagi. Maslahatingizga ham, vositachiligingizga ham muhtoj emasmiz.
Taklifingiz uchun rahmat aytishni istamayman. Chunki sultonlik devoni bu taklifni yuzsizlik va bachkanalik, deb biladi. Dengiz kuchlaringiz bilan yordam berish taklifingiz uchun ham tashakkur bildirmoqchi emasman. Chunki bizning Bobi Oliyning fikriga birinchi boʻlib kelgan narsa shuki, demak, sizning suvlarimizga nufuz kiritishingizga ruxsat berishimiz kerak ekan.
Sizning Rossiya bilan nima qilmoqchi ekaningizni ham bilmaymiz va bunga eʼtibor qaratmoqchi ham emasmiz. Bizning Rossiya bilan boʻlgan ishimizni oʻzimizga munosib ravishda va davlatimizning oʻzgarmas asos va siyosati asosida oʻzimiz hal qilib olamiz”. Iqtibos tugadi. Ushbu nurafshon chizgilar Islom davlatining elchilar bilan – ayniqsa, oʻz missiyalari borasida haddan oshgan paytda – qanday muomala qilganini yoritib bermoqda.
Josus elchilar shuni bilib qoʻysinki, ularning mamlakatimiz bilan oʻynashishiga va yurt ishlariga burun suqishiga ruxsat berayotganlar anavi rejimlardir. Biroq, juda yaqin vaqtda ular har bir islomiy yurtda musulmonlar qarshiligiga yuz tutishadi. Islom davlati barpo boʻlgach, Ummat ularning yurtlarimizga qadam bosishiga yoʻl qoʻymaydi va ularni yurtlarimizdan quvib soladi. Ularga shunday murojaat yoʻllaydiki, ular uchun shayton vasvasasiga tushishdan va tiz-choʻkib itoat qilishdan boshqa yoʻl qolmaydi.

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.