Erdogʻan: Manfaat juda muhim

83
0

Erdogʻan: Manfaat juda muhim

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Sharqiy Oʻrta yer dengizidagi quvur loyihasi mavzusida (Isroil) bilan murosaga kelishga harakat qilayotganini maʼlum qildi. (Isroil) prezidenti Isaak Gertsogning Turkiyaga kelishiga umid bildirgan Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, (Isroil) bosh vaziri Naftali Benet bu masalalarga ijobiy yondashmoqda.
“Bu ish Turkiyasiz amalga oshmaydi. Chunki bu yerdan Yevropaga gaz ketadigan boʻlsa, bu faqat Turkiya orqali boʻladi. Berat (Albayrak) energetika va tabiiy resurslar vaziri boʻlgan paytda uning (isroil)lik hamkasbi shu taklif bilan kelgan edi. Harakat ham boʻlayotgan edi. Balki oʻshanda biz bu ishni (Isroil) bilan qilishimiz mumkin edi. Xoʻsh, endi qilishga umid yoʻqmi? Oʻtirib shartlarni muhokama qilamiz. Chunki bu ishning manfaati juda muhim. Biz (Isroil) prezidenti (Isaak) Gertsog bilan aloqadamiz. Isroil Bosh vaziri (Naftali) Bennet turli darajadagi xabarlarni yubormoqda. Xabaringiz bor, men yaqinda Prezident majmuasida Turk yahudiy jamiyati va Islom davlatlari ravvinlar ittifoqi aʼzolarini qabul qildim, ular bilan uchrashuvlar oʻtkazdik. Agar biz siyosat yuritmoqchi boʻlsak, siyosat kurash bilan boʻlmaydi. Biz siyosatni tinchlik yoʻlidan olib borishiga majburmiz”, dedi Erdogʻan.

Izoh: Yahud vujudini eng koʻp tanqid qilgan prezident Erdogʻandir. Koʻp holatlarda Turkiya hukumati yahud vujudi bilan Turkiya oʻrtasida doimo kesqinlik kuchayib borayotgandek koʻrsatadi. Bu daʼvolar qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini bilish uchun statislik maʼlumotlarga eʼtibor qaratishning oʻzi kifoya. “TÜİK” (Turkiya statistik inistituti) 2020 yilda eʼlon qilgan hisobotga koʻra Turkiya va Isroil oʻtrasida tijoriy aloqalar hajmi 6,2 milliard dollarga yetgan. Vaholangki Erdogʻan boshchiligidagi “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi iqtidorga kelmasdan avval bu koʻrsatgich 1 milliard dollar atrofida boʻlgan. Erdogʻan hukumatni qoʻlga kiritgandan soʻng Juma namozlarining biridan chiqayotib, “Men bu mansabda ekanman, (Isroil) bilan hech qanday aloqa oʻrnatilishi mumkin emas”, degan edi. Ammo bugunga kelib, manfaat asosida aloqalarni kuchaytirish haqida gapirmoqda.
Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, yahud vujudi muqaddas tuproqqa oʻrnashtirilgandan soʻng birinchi boʻlib tan olgan musulmon oʻlka Turkiyadir. Hozirgi paytda ham yahud vujudi bilan yuksak darajada aloqalarga ega. Masalan, Erdogʻanning oʻzi yuqorida tilga olgan turk yahudiy jamiyati va Islom davlatlari Ravvinlar ittifoqi aʼzolariga bergan ziyofatida “Turkiya-Isroil aloqalari mintaqamiz barqarorligi va xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega”, “Falastin borasidagi fikrlarimiz turlicha boʻlishiga qaramay, Isroil bilan savdo va turizm sohalarida munosabatlarimiz oʻziga xos tarzda rivojlanmoqda. Isroilning tinchlik saʼy-harakatlari doirasidagi samimiy va konstruktiv munosabati shubhasizki, aloqalarimizning yaxshilanish jarayoniga hissa qoʻshadi”, deya taʼkidlab oʻtdi.
Boshqa Islom oʻlkalardagi iqtidorlar ham yahud vujudi bilan mukammal, yuksak darajada aloqalarga ega. Bunga yuzlagan dalillar keltirish mumkin. Ammo aksar hollarda oʻzaro uchrashuvlar maxfiy tarzda olib boriladi. Bunga sabab Islom ummati yahud vujudining aslo qabul qilmaganligidir. Soʻngi paytlarda “Aloqalarni qayta tiklash” bahonasida yahud vujudini ochiq qoʻllab-quvvatlash boshlandi.
Haqiqat shuki, yahud vujudi musulmonlarga tahdid soladigan hech qanday kuch qudratga ega emas, u Islom ummatining boshidagi 50 dan ortiq davlatlar rahbarlarining qoʻllab-quvvatlovi bilan Musulmonlarning yerlariga egalik qilib, oʻzlarini quvgʻin qilmoqda, hatto qatl etmoqda. Yaʼni yahud vujudi Islom oʻlkalari rahbarlarining xiyonatidan jurʼat olmoqda. Bu razil kimsalarga esini tanitib qoʻyadigan Islom davlati tiklanmas ekan, bu holat shunday davom etaveradi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.