Olmaotada “jangarilar” yashirin koʻmilgan joy topildi

64
0

Olmaotada “jangarilar” yashirin koʻmilgan joy topildi

Xabar: Olmaota politsiyasining rasmiy vakili Saltanat Azirbek 4-8 yanvar kunlari shaharda sodir etilgan teraktda ishtirok etgan kishilarning qabrlar topilgani haqidagi faktlarni tasdiqladi.
Uning aytishicha, ayni paytda bu boradagi ishlar davom etmoqda.
“Ha, tasdiqlaymiz. Jasadlar koʻmilgan joylar topildi. Bu yoʻnalishda ishlar davom etmoqda, shu bois hozircha ularning soni boʻyicha aniq maʼlumotlarga ega emasmiz. Tergov-tezkor guruhlar ishi yakunlanganidan keyin batafsil maʼlumot eʼlon qilinadi”, – dedi Saltanat Azirbek.
Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, tergov jarayonida jangarilarning shaxsi va ularning mahalliy va xorijiy radikal diniy oqimlarga aloqadorligi aniqlanadi.
Tergovning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmaydi.
Oldinroq Olmaota komendanti Kanat Taimerdenov jangarilar oʻlgan terrorchilarning jasadlarini oʻzlari bilan olib ketganini maʼlum qilgandi.
“Hujumchilar oʻlganlarni tashlab ketishmagan, yaradorlarni oʻzlari bilan olib ketishgan. Shu kunlarda oʻlikxonaga 7 marta hujum uyushtirildi. 41 nafar kishining jasadi oʻgʻirlab ketildi”, – dedi Olmaota politsiya boshqarmasi boshligʻi.

Izoh: Qozogʻiston prezidenti Toqayev hokimiyatini saqlab qolish uchun oʻz xalqini terrorchilarga chiqarib, tinch namoyishchilarga qarshi qurol qoʻllashga ruxsat berdi. Uning “ogohlantirishsiz otishga” buyruq berib, Rossiya boshchiligidagi KXShT kuchlaridan yordam soʻraganidan soʻng namoyishchilarni kuch bilan tarqatish boshlandi. Garchi Rossiya KXShT kuchlari namoyishlarni bostirishda ishtirok etmasligi, balki faqat muhim obʼektlarni qoʻriqlashini maʼlum qilgan boʻlsada ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya “tinchlikparvar kuchlari” Olmaota koʻchalarida izgʻib, tinch aholini tartibsiz otayotgani aks etgan vidolar tarqaldi. Qozoq kuch organlari va “tinchlikparvar kuchlar”ning bunday tozalash operatsiyasidan keyin qurbonlar soni katta boʻlishi tabiiy. Shu Qurbonlar koʻp boʻlishini oldindan bilgan Qosim-Jomart Toqayev 10-yanvar kuni boʻlib oʻtgan KXShTning navbatdan tashqari onlayn sessiyasida “terrorchilar oʻz safdoshlari jasadlarini oʻgʻirlash uchun morglarga hujum qilishgani”ni aytgan edi. Bu orqali Toqayev oʻz rejimi sodir etgan jinoyat koʻlami, qurbonlar sonini imkon qadar kamaytirib koʻrsatishni qasd qilgan edi. Rasmiy hukumat tartibsizliklar vaqtida 227 kishi halok boʻlganini aytgan boʻlishiga qarmay, voqea guvohlari qurbonlar bu rasmiy raqamdan bir necha barobar koʻp ekanligini aytishmoqda.
Toqayev hokimiyatini saqlab qolish uchun xalqiga hiyonat qilib, ular ustiga bosqinchi rus kuchlarini tashlagani yetmaganidek, bosqinchi kuchlar oʻqidan qurbon boʻlgan odamlarning jasadiga ham hiyonat qilib, shu orqali oʻz jinoyatlarini yashirishga harakat qilmoqda. Endi rasmiy eʼlon qilingan sondan ortiqcha chiqqan qurbonlar mana shunday ommaviy ravishda koʻmib tashlanadi va keyinchalik kuch organlari “jangarilar yashirin koʻmilgan joyini aniqlab”, ularni ham terrorchiga chiqarishadi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.