Japarov: Terroristlarga va xavflarga qarshi birga turamiz

0
220

Japarov: Terroristlarga va xavflarga qarshi birga turamiz

Xabar: Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervьyusida ikki qardosh xalqning doʻstligi – Qirgʻiziston bilan Qozogʻiston yangi chaqiriqlarga va xavflarga qarshi turib, turli tarmoqda hamkorlik qilib, kelajakda birga qadam tashlaydi degan umidda ekanini aytdi.
Sadir Japarov qozoq hukumatini Qozogʻistonga “rejalashtirilgan terroristik agressiya” qilindi degan ritorikasiga maʼqul boʻldi. “Biz bu kurashda yordam berishimiz kerakligidan shubha qilmadik. Qozogʻiston hukumati hukumatni kuch bilan bosib olish uchun odamlarning oʻlimiga va ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda aybdorlarni topib, javobgarlikka tortadi deb ishonaman. Tekshirish vaqtida begunoh fuqarolar jabrlanmasligi kerak”, – dedi Japarov.
“Bizni davlatlar Yaqin sharqdagi va Afgʻonistondagi maʼlum voqealar sabab yangi xavflarga birgalikda qarshi turmoqda”, – deb ishontirdi Japarov.

Izoh: Qozogʻistonda uzoq yillar davomida yigʻilgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolar natijasida qiynalgan xalq joriy yilning boshida suyultirilgan gaz narxini ikki barobar oshirilishi bahonasi bilan “portladi”. Garchi xalq namoyishlari tabiiy yoʻl bilan vujudga kelgan boʻlsada, qozoq prezidenti bu namoyishlardan oʻz manfaati yoʻlida foydalanib qolishga muvaffaq boʻldi. Tokayev tinch namoyishchilarni terrorchilarga chiqarib, “Olmaotaga yaxshi tayyorgarlikdan oʻtgan va uyushgan 20 ming “terrorchi” hujum qilganini maʼlum qildi va kuch organlariga “ogohlantirishsiz otish”ga buyruq berdi. Oʻz xalqiga qarshi Rossiya boshchiligidagi KXShT kuchlaridan yordam soʻrab, namoyishlarni kuch bilan bostirdi. Namoyishlar bostirilganidan soʻng Tokayev hukumati namoyishlarda “islomiy terrorchilar” izini izlashni boshladi. Kuch organlari saqol qoʻygan oddiy namozxonlari uyiga bostirib kirib, qurol, oʻq-dorilarni tashlab, nohaqdan qamoqqa olishni boshlab yubordi. Rasmiy hukumat bu ishda “Tabligʻ” jamoasini aybdor qilishni kampaniyasini olib bormoqda. Bundan tashqari, Toqayev vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib Nazarbayevni siyosat maydonidan chiqarib yuborish va butun hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlashga harakat qilmoqda. Namoyishlar ortidan Nazarboyevning oila aʼzolari yirik davlat kompaniyalari, davlat organlari va hukumat bilan aloqador tashkilotlardagi postlarini yoʻqotishi, Nazarbayev kadrlarini qamoqqa olinishi va ishdan boʻshatilayotgani qozoq elitasi oʻrtasida kurash qizib borayotganiga dalolat qiladi.
Aqli raso odamga Toqayevning “terrorchilar” borasida bergan bayonoti haqiqatga umuman toʻgʻri kelmasligi kundek ayon boʻlishiga qaramay, Qozogʻistonga qoʻshni respublikalar, shu jumladan, Qirgʻiziston ham vaqtdan foydalanib Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashini yanada kuchaytirishlari uchun qoʻl kelmoqda. Qirgʻizistonda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan “Ekstremistik faoliyatga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonun ham tez kunlarda tasdiqlanishi va buning ortidan Islom diniga qarshi olib borilayotgan kurash yangi bosqichga chiqishi kutilmoqda. Rasmiy hukumatlar yangi tahdid va chaqiriqlar deganda faqat Islom dini va musulmonlarni nazarda tutishadi. Rasmiy hukumatlar Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashlari orqali oʻz kursilarini mustahkamlab olishga harakat qilishadi.

Abdurahmon Odilov

Izohlar yo'q