Qirgʻiziston harbiylari Qozogʻistonni 14 yanvarda tark etadi

83
0

Qirgʻiziston harbiylari Qozogʻistonni 14 yanvarda tark etadi

Xabar: KXShTning Qozogʻistondagi tinchlikparvar missiyasida ishtirok etayotgan qirgʻizistonlik harbiy xizmatchilar 14 yanvarda vataniga qaytadi, deb xabar berdi Qirgʻiziston mudofaa vazirligi matbuot xizmati RIA Novostiga.
“Qirgʻiziston qurolli kuchlarining tinchlikparvar harbiy kontingenti Almatidan 14 yanvarda, kunning ikkinchi yarmida vataniga qaytadi”, – deb bayonot berdi matbuot xizmati vakili.
KXShTning Qozogʻistondagi tinchlikparvar missiyasida Qirgʻizistondan 150 nafar harbiy xizmatchi va 19 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Ular Almatida strategik muhim obʼektlarni qoʻriqlashgani aytilmoqda.

Izoh: Qirgʻiziston parlamenti aksar odamlar qarshi boʻlishiga qarmay, Rossiya boshchiligidagi KXShT tarkibida Qozogʻistonga harbiy qoʻshin yuborishni maʼqulladi va shu kuning oʻzida prezident Sadir Japrov tomonidan imzolandi. Rasmiy hukumat oʻzining bu qarorini “Tashkilotga aʼzo boʻlgandan keyin uning ustaviga soʻzsiz itoat etishimiz kerak” degan bahona bilan oqlashga urindi.
Aslida Qirgʻizistonni Qozogʻistonga qoʻshin yuborishi shunchaki rasmiyatchilikdan boshqa narsa emas edi. Qirgʻiziston 150 harbiy, Armaniston 70 nafar, Tojikiston 200 nafar harbiy joʻnatishi Rossiyaning Qozogʻistonga harbiy qoʻshin kiritishini oqlash uchungina amalga oshirildi. Rossiya Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yordam soʻrab murojaat qilganidan soʻng besh-olti soat ichida mamlakatga qoʻshin kiritishi orqali Gʻarbdagi raqiblariga oʻzini naqadar tezkor oʻyinchi ekanligini koʻrsatib qoʻymoqchi boʻldi. Boshqa tomondan bunday tezkor harakat orqali Rossiya mintaqa davlatlari uchun oʻzini yana bir bor “tinchlik garanti” sifatida koʻrsatish imkoniga ega boʻldi.

Abdaruhmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.