Boylik va hokimiyat uchun Gʻarbiy Sudanda yana janglar boshlanib, begunoh qonlar oqizildi

114
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Boylik va hokimiyat uchun Gʻarbiy Sudanda yana janglar boshlanib, begunoh qonlar oqizildi

Ustoz Ibrohim Muhammad Mushrif
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi aʼzosi

Sudanning gʻarbiy hududlari, ayniqsa, Gʻarbiy Darfur Janina sharqidagi Jabali Mun rayoni oʻtgan kunlar davomida yana qonli hodisalarga guvoh boʻldi. BMT qoshidagi OSNA (gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish tashkiloti)ga koʻra, joriy yil 20 noyabr kuni arab badaviylari bilan Masiriya qabilasi dehqonlari oʻrtasida qabilaviy toʻqnashuv yuz berdi. Hodisadan besh kun oʻtib, BMT ayni toʻqnashuvda yuzlab odamning nobud boʻlgani va koʻplab qishloqlarga oʻt qoʻyilgani haqida xabar qildi. BMT maʼmuriyati shunday qoʻshimcha qildiki, joriy yilning 29 noyabridan 2 dekabriga qadar olib borilgan idoralararo gumanitar baholash jarayonida toʻplangan maʼlumotlarga koʻra, Sudan ichkarisidagi ayni mintaqaning Hijlija va Siliy qishloqlariga hamda Darfur viloyatlari qishloqlariga 6.665 nafar shaxs koʻchirilgan. 2.261 shaxs esa, Chad davlatiga koʻchirilgan. (Qudsul Arabiy, 2021 yil 12 dekabr).
Shuni taʼkidlash lozimki, Jabali Mun Sudanning yangi tarixida siyosiy sud jarayoni oʻtkazish bilan shuhrat qozongan rayon boʻldi. Chunki unda sobiq vitseprezident Jaʼfar Namiriy sud qilindi. Ilgari Jabali Munda bir razvedka mojarosi boʻlib oʻtgandi. Unda bir nemis tashkiloti rahbari butun mintaqani oʻz domiga tortgan qattiq ocharchilikdan zarar koʻrgan mahalliy aholiga insonparvarlik yordami koʻrsatish, degan narsani niqob qilib, togʻdan topilgan ulkan urandan yashirincha foydalanishga uringan edi. (Sky News Arabia, 2021 yil 10 dekabr).
Aytish joizki, Darfurdagi demografik tuzilma Britaniya mustamlakachiligi davridan beri qabilachilik asosida ishlab chiqilgan. Masalan, Darfur viloyatining janubiy qismi Masalitlarga, shimoli Arniqa guruhiga, Kulbis rayoni Qimir qabilasiga berilgan. Jabali Mun esa, Masiriyaga berilgan boʻlib, ular oʻzlarini togʻ Masiriyalari, deb ataydilar. Viloyat sharqida ham turli-tuman koʻp qabilalarga guvoh boʻlishimiz mumkin. Baʼzi arab qabilalari chorvalarini oʻtlatish uchun butun mintaqa boʻylab doim koʻchib yuradilar. Mustamlakachilar Sudan hududlarida monopoliyalar paydo qilib, har bir qabilani shulardan biriga xoslab, aholi demografiyasini shu asosda tuzishgan. Yurt tepasiga birin-ketin kelayotgan hukumatlar ham shu zayl boshqarishda davom etadi, hatto qabilachilikka koʻproq eʼtibor qaratib, boyliklarni va hokimiyatni boʻlishishni qabilachilik asosida amalga oshirishadi. Oqibatda mintaqada qabilalararo jang kelib chiqadi. Bu jangga maʼlum bir qabilaning oʻrmonlar va foydali qazilmalardan iborat omma mulkini monopoliya qilishi, qolganlar ularga yetisha olmasligi sabab boʻladi.
Oʻtgan kunlar davomida yuz bergan shunday hodisalarda hukumat ularni bartaraf etish uchun aralashmadi. Aksincha, 2021 yil 2 dekabr kuni boshboshdoqlik qayta avj oldi va oʻtgan ikki oy mobaynida qonlar daryo boʻlib oqdi, mollar talon-taroj qilindi, nomuslar toptaldi, Paygʻambarimiz ﷺning ushbu hadislariga amal qilinmadi:
“لَنْ تُفْتَنَ أُمَّتِي حَتَّى يَظْهَرَ فِيهِمُ التَّمَايُزُ، وَالتَّمَايُلُ، وَالْمَقَامِعُ. قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا التَّمَايُزُ؟ قَالَ: التَّمَايُزُ: عَصَبِيَّةٌ يُحْدِثُهَا النَّاسُ بَعْدِي فِي الْإِسْلَامِ. قُلْتُ: فَمَا التَّمَايُلُ؟ قَالَ: تَمِيلُ الْقَبِيلَةُ عَلَى الْقَبِيلَةِ فَتَسْتَحِلُّ حُرْمَتَهَا. قُلْتُ: فَمَا الْمَقَامِعُ؟ قَالَ: سَيْرُ الْأَمْصَارِ بَعْضُهَا إِلَى بَعْضٍ تَخْتَلِفُ أَعْنَاقُهُمْ فِي الْحَرْبِ”
“Mening Ummatim toki ularda tamoyuz, tamoyul va maqomeʼ paydo boʻlmagunicha fitnaga uchramaydi… Men yo Rosululloh, tamoyuz nima? deb soʻradim. Paygʻambar alayhissalom – mendan keyin odamlar Islomda paydo qiladigan irqchilikdir, dedilar. Tamoyul nima? deb soʻradim. Paygʻambarimiz – bir qabila boshqa bir qabilaga moyil boʻlib, uning daxlsiz narsalarini oʻziga halol qilib olishidir, dedilar. Maqomeʼ nima? deb soʻradim. Shaharlar bir-birlariga qarshi yurib, urush chiqarishlaridir, dedilar”. (Hokimning “Mustadrak”i).
Biz ushbu qirgʻindan keyin viloyat hokimiyatlari va markaziy hokimiyat tomonidan qilingan chaqiriqlarni eshitdik. Ular qurollarni yigʻishtirib olish, xavfsizlikni taʼminlash va davlat haybatini koʻrsatish uchun xavfsizlik kuchlari, armiya, va qurolli harakatlardan bir qoʻshma xavfsizlik komissiyasi tuzishga daʼvat qilishdi. 10 dekabr juma kuni Masiriyaning baʼzi yetakchilari Gʻarbiy Darfurda yigʻilib, tinchlik konferentsiyasi oʻtkazilmaguncha hujum qilmaslikka vaʼda berishdi. Kelishuvga oʻn beshdan ziyod mahalliy maʼmuriyatlar imzo chekdi.
“Sudan-press.net”ning 2021 yil 11 dekabr kungi xabariga koʻra, Darfur viloyati hokimi Mani Arko Munoviy viloyatidagi Darfur janubidagi Qarshilik komissiyasi, inqilob organlari va Mustaqil yoshlar guruhining qabilachilik nizolari va zoʻravonliklarni toʻxtatishga hamda irqchilikka qarshi kurashishga qaratilgan tashabbusini qabul qilganini bildirdi. Ushbu tashabbusda qabilalar oʻrtasida vahima solish va qasos oʻrniga, nizolarni bartaraf etish uchun “adolatli yechim, dialog va bagʻrikenglik” shiori ostida dialogdan foydalanish kerakligi aytilgan. Yaʼni mintaqalardagi hokimlar shu va boshqa zalolatli yechimlarga chaqirishmoqda. Masalan, Gʻarbiy Darfur hokimi Hodiy Idris Darfur rayonlarida xavfsizlik buzilishini bartaraf etish uchun maxsus vazifa bilan shugʻullanuvchi kuchlar tuzishga chaqirib, “Biz bu kuchlarni yangi Sil lageriga jamlab, ularni shimoliy, gʻarbiy va janubiy rayonlar boʻylab tarqatamiz”, dedi. (Suna-sd.net, 2021 yil 11 dekabr).
Ilmoniy tuzum bor ekan, u yer, bu yerda mazmunsiz-soxta bayonotlar berib qoʻyish bilan na xavfsizlikni tiklash mumkin va na gʻalayonni tinchitish. Yoʻq, bu yerda faqat ushbu yurt ahlining aqidasidan balqib chiquvchi tuzum kerak. Bu tuzum ahkomlari buyuk Islomga asoslangan davlatda, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq qilinadi. Zotan, Islom musulmonlarning bir-biriga qarshi jang qilishidan qattiq qaytargan, balki insonlarning yagona aqida doshqozonida toblagan. Shu bois, uning ahkomlari barcha insoniyatga tatigulik boʻlib, ularga qabilachilik asosida ham, mintaqachilik asosida ham qaramaydi. Chunki Islom ahkomlari inson muammolarini insonning muammosi, degan eʼtiborga yechadi, boshqacha eʼtiborda emas. Bugun Darfur aholisi kompaniyalar va baʼzi shaxslar bilan talashib-tortishayotgan omma mulki Islomda har bir insonning mulki qilib qoʻyilgan. Masalan, yaylovlar ham chora hayvonlariga belgilangan, boshqa biror guruhga emas. Boshqaruvga kelsak, u Islomga asoslangan, muzokaralar stolida kelishiladigan qabilaviy oʻrin ajratish mafkurasiga asoslanmagan. Balki, bu haqda Umar Foruq roziyallohu anhu bunday degan: “Insonlar ustidan muammolarni yecha oladigan, u tufayli odamlar aybi ochilmaydigan, koʻza uchun gʻazablanmaydigan va Alloh uchun malomatchining malomatidan qoʻrqmaydigan aqli keskir kishidan boshqasi hukm yuritolmaydi”.
Insonlar xavfsizligi, mol-mulklari va nomuslariga adovat qilayotganlarga kelsak, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatining ichki xavfsizlik xizmati ularga shurta-politsiya yuborib, taqib ostiga oladi va qatl qilish, dorga osish yoki oyoq-qoʻllarini teskarisiga kesish yoki boshqa yerga surgun qilish kabi Qurʼoni Karimda kelganidek jazolaydi:
﴿إنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الأَرْضِ فَسَاداً أَنْ يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُمْ مِنْ خِلاَفٍ أَوْ يُنفَوْا مِنْ الأَرْضِ﴾
“Albatta, Alloh va Rosuliga qarshi urushadigan va yerda buzgʻunchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – oʻldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qoʻllari teskarisiga (yaʼni oʻng qoʻl va chap oyoq yoki chap qoʻl bilan oʻng oyoq) kesilishi, yoxud oʻz yerlaridan surgun qilinishlaridir” [Moida 33]
Xalifalikning ichki ishlar xizmati xavfsizlikni taʼminlashda shurta-politsiyadan foydalanishga cheklanadi. Isyonchilar, qurolli qabila guruhlari va maxsus xavfsizlik kompaniyalaridan tashkil topgan qoʻshma xavfsizlik kuchlari, degan narsa Xalifalikda mutlaqo boʻlmaydi. Balki ushbu davlat oʻzining shurtasidan boshqasidan foydalanmaydi, faqat qachon xavfsizlik oʻrnatishga shurtaning qurbi yetmagan holatdagina xalifadan – ehtiyojga qarab – boshqa jangovar kuchlari yoki armiyadan bir kuch orqali yordam berish talab qilinadi. Bas, shunday ekan, Sudan hukmdorlari va Darfur ahli qachon es-hushlarini yigʻib, Robbul olaminning ahkomlariga qaytarkinlar. Chunki najot, xavfsizlik va bu dunyodagi tinchlik bilan oxiratdagi yutuq faqat Robbul olaminning ahkomlaridadir?!
Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.