Rossiyaning Ukraina chegaralari boʻylab oʻz kuchlarini safarbar qilishi

70
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Rossiyaning Ukraina chegaralari boʻylab oʻz kuchlarini safarbar qilishi

Ustoz Hasan Hamdon qalamiga mansub

Rossiya agar Amerika va uning ittifoqchilari Moskvaga xavfsizlik kafolatlarini berishni jiddiy koʻrib chiqmasalar, Gʻarb bilan keskin qarama-qarshilikka duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. U shuningdek, Yevropada raketa inqirozi yuz berishi mumkinligiga ishora qilib oʻtdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkovning Moskvadagi matbuot brifingida bergan ushbu bayonotlari Ukraina masalasida Rossiya bilan Gʻarb oʻrtasida munosabatlar keskinlashgan hamda Ukraina chegaralari yaqinida Rossiya armiyasi safarbar qilingan bir manzarada yangradi.
Seshanba kuni boʻlib oʻtgan muloqotda Rossiya prezidenti Vladimir Putin keskinlikni yumshatish maqsadida amerikalik hamkasbi Jo Baydendan NATOning sharq tomon kengayishini toʻxtatish bilan Rossiyaga xavfsizlik kafolati berilishini talab qildi.
Garchi Rossiya ayni talabiga javob kutishini maʼlum qilsa-da, ammo Ryabkov – bu kafolatni kutish soddalikdir, dedi. Buning muqobili oʻlaroq, Bayden ayni urushning oqibatlari 2014 yildagi Qrim urushi oqibatlaridan ancha yomon boʻlishini taʼkidladi. Yaʼni, Amerika Moskvaga nisbatan ogʻir sanktsiyalarni qoʻllashga tayyorligiga, Rossiyaga ilgari uchratmagan iqtisodiy sanktsiyalarni joriy qilinishi uni Jahon moliya tizimidan chiqib ketishiga olib kelishi mumkinligiga ishora qildi. Maʼlumki, Rossiya iqtisodiyoti anchadan beri, Qrim inqirozidan keyin AQSh va Yevropaning turli sanktsiyalariga uchrab kelmoqda. Inqiroz mohiyatini oʻrganmoq uchun – Allohning tavfiqi ila – quyidagilarni bayon qilamiz:
Ukraina inqirozi juda murakkab, u Rossiya-AQSh-Evropa oʻrtasidagi kurash bilan bogʻliq. Bu inqiroz Rossiya uchun asosiy va xavfli strategik hayotiy masaladir. Xavfli va muhim boʻlgani uchun ham u mana shunday harbiy safarbarlikni amalga oshiryapti va shu orqali oʻziga muvofiq keladigan diplomatik yechimga erishmoqchi boʻlyapti. Boshqacha ibora bilan aytganda, bunday harbiy safarbarlik amaliy urush uchun emas, aks holda, Putin kutib turmasdan urush qilgan boʻlardi. Balki, Putin shunday harbiy safarbarlikni bahona qilib, siyosiy maqsadlarni amalga oshirmoqchi boʻlyapti.
Rossiya amalga oshirmoqchi boʻlayotgan bu maqsadlarga kelsak, ular Ukrainani NATOga aʼzo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikdan iborat. Ukrainaning NATOga qoʻshilishi Rossiya uchun qizil chiziq hisoblanadi, chunki uni Rossiya oʻzining ham tabiiy taʼsiri doirasida, ham milliy xavfsizligining bir qismi, deb hisoblaydi. Nafaqat shunday hisoblaydi, hatto Ukrainani rus xalqining umumiy etnik, tarixiy va madaniy tugʻilgan joyi, deb biladi. Darhaqiqat, Putin Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlish istagini real tahdid hisoblanishini bir necha bor takrorlagan. U AQSh va Yevropaning bu masaladagi bosimlaridan soʻng endi yon berishga mutlaqo asos koʻrmayapti. Maʼlumki, NATOning kengayishi bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Masalan:
Birinchi kengayish: 1999 yil 12 mart kuni boʻldi. Oʻshanda Chexiya, Vengriya, Polьsha NATOga qoʻshilgan. Ayniqsa, Polьshaning qoʻshilishi katta ramziy maʼno kasb etadi. Chunki Polsha ilgari Varshava shartnomasining shtab-kvartirasi boʻlgan.
Ikkinchi kengayish: 2004 yil 29 mart kuni boʻldi. Unda Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slavakiya, Sloveniya qoʻshib olindi.
Uchinchi kengayish: 2009 yil apreldan 2017 yil 5 iyungacha davom etdi. Unda Albaniya, Xarvatiya, Chernogoriya qoʻshildi. Bu orada Ukraina hodisalari, Qrim yarim orolining annektsiya qilinishi yoki qaytarib olinishi va Rossiya-Ukraina oʻrtasidagi munosabatlarning deyarli barbod boʻlish darajasida yomonlashishi kuzatildi.
Bugun Putin va davlat ichidagi davlat – Ukrainaning Rossiyaga yaqin joylashgani hamda Qora dengizning iliq suvlari bilan bogʻliqligi sababli – Ukrainaning NATOga qoʻshilishini ham, ushbu dengizning harbiylashtirilishini ham, Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi masalasi qayta koʻrib chiqilishini ham, bularning barchasi xavfli ekanini tushunyapti. Chunki bu Rossiyani jigʻildonidan boʻgʻayotgan hayot-mamot masalasi hisoblanadi.
AQSh maqsadlariga kelsak, buni quyidagilarda koʻrish mumkin:
1 – Rossiyaga biqinidan pichoq urish, unga regional maydonida tahdid qilib, jigʻildonidan olish, bu davlatlarni siyosiy va iqtisodiy jihatdan AQSh nufuzi ostiga oʻtkazish hamda Rossiyaga oʻzining regional maydonida shantaj qilish maqsad qilingan. Haqiqatdan ham bu Amerikaning Sovet Ittifoqi merosiga burnini suqayotganidan ochiq koʻrinib turibdi.
2 – Rossiyani Xitoy bilan ittifoqchi boʻlishdan qaytarish hamda uni Xitoyni jilovlash strategiyasida oʻziga hamkor qilish koʻzlangan. Amerika ruslar mentalitetining haqiqatini bilgani uchun oʻzining bu maqsadini amalga oshirish mumkinligini tushunib turibdi. Chunki ruslarni oʻylantirgan asosiy savol buni evaziga Amerikaning nimani taklif qilishidir. Shuning uchun ham, Putin Amerikadan u rozi boʻlmaydigan narsalarni soʻramadi, masalan, Amerikaning Qrim anneksiyasini tan olishini talab qilgani yoʻq, chunki bunga rozi boʻlmasligini biladi. Bu Qrim anneksiyasi masalasini Amerika biroz kechiktirilishiga yoki Rossiyaga baʼzi kafolatlarni berishga rozi boʻlishi mumkin, hatto bu Ukraina yoki Yevropaning nufuzi va manfaatlariga zid boʻlsa ham. Ayniqsa, Rossiya Finlyandiyaning oʻsha paytdagi ikki gigant oʻrtasidagi kelishuv bilan NATOga qoʻshilmaganligi masalasini misol tariqasida tashlaydi.
3 – Rossiya-Evropa yaqinlashuviga hamda gaz tashish boʻyicha “Shimoliy oqim 2” loyihasining amalga oshishiga toʻsqinlik qilish. Buni Amerika yevropalik ittifoqchilar uchun ulkan geosiyosiy xavf, degan bahona bilan amalga oshirmoqchi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Gʻarb davlatlari na insoniy qadriyatga boqadi va na inson hayotini qadrlaydi. Shu bois, krizisga uchragan davlatlarning manfaatlarini hisobga olmasdan, faqatgina oʻz manfaatlarini amalga oshirish uchun urushlarni alangalatadi. Demakki, Ukraina ham oʻzining gʻarbiy qismining ajrab chiqishi bilan boʻlinib ketishi mumkin, xuddi Gruziyada boʻlgani kabi. Yoki u yerda shunday bir federativ boshqaruv oʻrnatilishi mumkinki, Rossiya unda oʻziga qarshi har qanday qarorni bekor qila oluvchi siyosiy ulushga ega boʻladi. Hatto Ukraina fuqaroviy urushga botishi ham mumkin. Chunki bu ikki yirik davlat oʻrtasidagi maqsadlarda na yurt va na uning aholisi hisobga olinadi. Chunki bu masalada hozircha keskinlik pasayibroq turgan boʻlsa-da yoki nisbatan tinchlikka erishiladigan boʻlsa-da, biroq maʼlum vaqt oʻtgach, boʻhronning qayta alangalanishi turgan gap. Hozir u yerdagi voqea-hodisalar krizisni Amerikaning maqsadlarini roʻyobga chiqaradigan bosqichga koʻchirish va undan samarali foydalanish sari ketmoqda. Zero, Amerika maqsadlarining Ukraina birligiga hech qanday aloqasi yoʻq. Bunday holatda to xalqlar oʻzlari ustida oʻyin olib borilayotganini anglab yetmagunlaricha, u yerdagi malaylar qalbi hasratga toʻlishda va doim laʼnatdan boshlari chiqmaslikda davom etaveradi.
Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.