Yangi saylangan parlament ish boshladi

0
245

Yangi saylangan parlament ish boshladi

Xabar: Qirgʻiziston Jogorku Keneshining VII -chaqirilishi deputatlari 29 dekabrda ont berdi va oʻz faoliyatini boshladi.
Parlamentga bir mandatli 36 okrugdan 34 deputat, partiyaviy roʻyxat asosida 54 deputat saylandi.
Partiyaviy roʻyxat asosida “Ata-Jurt Qirgʻiziston”, “Ishenim”, “Intimak”, Imon Nuri”, “Alьyans” va “Butun Qirgʻiziston” partiyasi vakillari parlamentga keldi. Yangi qabul qilingan qonunga asosan, qirgʻiz parlamentida avvalgiday 120 deputat emas, 90 deputat faoliyat yuritadi.

Izoh: 2021-yil 28 noyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovi ovoz bergan saylovchilar soni boʻyicha eng past natija bilan Qirgʻiziston elektoral tarixiga kirdi. Uchastkalarga saylovchilarning atigi 32.25 foizi kelgan xolos. Bishkekning Birinchi may jana Sverdlov tumanlarida saylovga qatnashgan koʻpchilik “barchasiga qarshi” ovoz bergan sababli mazkur tumanlarda 2022-yilning 27-fevralida qayta saylov oʻtkaziladigan boʻldi.
Tabiiyki, odamlar demokratiyadan ham, mavjud hokimiyatdan ham, bir-biridan farq qilmaydigan, faqat amaldor va puldorlar manfaatiga xizmat qiluvchi, oddiy fuqarolar hayotini ijobiy tomonga oʻzgartirishda hech qanday rol oʻynamaydigan saylovlardan charchadi. Saylovchilarning atigi 32.25 foizi qatnashishi ham xalq mavjud tuzum va hokimiyatga ishonchi qay darajada ekanligini koʻrsatdi. Ammo shunga qaramay, saylov oʻtgan deb hisoblandi.
Ustimizga oʻrnatib qoʻyilgan tuzumdan manfaatdor boʻlganlar demokratiyada koʻpchilikning ovozi hal qiluvchi kuchga ega ekanligini daʼvo qilishadi. Ammo Qirgʻizistonda oʻtgan oyning oxirida boʻlib oʻtgan parlament saylovi bu quruq iddaodan boshqa narsa emasligini isbotladi. Agar ular iddao qilganidek “koʻpchilik” raʼyi eʼtiborga olinganida saylovchilarning uchdan ikki qismi qatnashmagan saylov natijalari bekor qilinishi kerak edi. Ammo hukumat shunday hol boʻlishini oldini olish uchun saylovda qancha saylovchilar ishtirok etishidan qatʼiy nazar “saylov boʻlib oʻtgan” deb hisoblanishini belgilab qoʻygan edi.
Qirgʻizistonni rivojlanish yoʻli bitta bu – musulmonlar Islom aqidasidan kelib chiqqan tuzumni oʻz hayotlariga tatbiq qilishdan iborat. Islomda hukm faqat Allohniki, unda qonun chiqaruvchi parlament boʻlmaydi. Balki, hukmlar Qurʼon, Sunnat, Ijmo va Qiyosdan ijtihod yoʻli bilan ishlab chiqiladi. Hukm istinbod qilinayotganida bu – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy… muammolar deb emas, balki inson muammolari va insonga tatbiq qilinadi degan eʼtiborda ijtihod qilinadi. Islom mabdasini toʻliq va mukammal tatbiq qilish esa islomiy Xalifalik Davlatida amalga oshadi va u demokratiyani ham, uni bizlarga majburlab tiqishtirayotgan mustamlakachilarni ham tag-tomiri bilan qoʻporib tashlaydi. Shunday ekan, biz Allohning yoʻlida Xalifalikni qayta tiklash uchun harakat qilishimiz zarur.

Abdurahmon Odilov

Izohlar yo'q