Falastin maʼmuriyati aziz murabbiy Husayn Abu Hajni yana hibsga oldi

88
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin maʼmuriyati aziz murabbiy Husayn Abu Hajni yana hibsga oldi

Bugun Falastin maʼmuriyati aziz oʻqituvchi Husayn Abu Hajni yana qamoqqa oldi. Baytlahm shahri birinchi instantsiya sudi xavfsizlik xizmatining 2021 yil 17 noyabrda Abu Hajni oʻgʻirlab ketishiga asos boʻlgan avvalgi ayblov boʻyicha qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Oʻshandan keyin Husayn Abu Haj politsiya, profilaktik xavfsizlik va razvedka xizmatlari tomonidan uch hafta adolatsiz ravishda hibsda saqlanib, soʻng qoʻyib yuborilgan edi. Uning yagona “ayb”i oʻz oʻquvchilariga Rosululloh ﷺning bayroqlari va musulmonlar birligining mohiyati haqida taʼlim bergani boʻldi.
Aftidan, maʼmuriyat va uning xavfsizlik xizmati Battir, Huson va Baytlahm aholisining ulugʻ oʻqituvchilarining ozod etilganidan shodlanib, bayram qilganiga toqat qilolmagan koʻrinadi. Chunki ushbu shodlik va bayram manzarasi Falastin ahlining Islom bayrogʻiga mansubligining, Rosululloh ﷺning royalarini yaxshi koʻrishining, boʻlinish va mustamlaka bayroqlaridan va maʼmuriyat zoʻravonligidan nafratlanishining ifodasidir. Shuning uchun ham, maʼmuriyat bugun Abu Hajni sud qarori bilan qayta hibsga oldi. Zotan, sud rejim va uning xavfsizlik xizmati istagiga itoat qilib, Alloh Taolodan ham, Islom va uning bayrogʻiga adovat qilish oqibatidan ham qoʻrqmadi.
Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi oʻz saytida bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Biroq, Falastin maʼmuriyati, uning gumashtalari va xavfsizlik xizmati shuni bilib qoʻysinlar: Falastin ahli oʻz Islomlariga mansubdirlar, habiblari ﷺni sevadilar va bundan ularni butun yer yuzining kuchlari ham qaytarolmaydi. Falastindagi sharaf ahli maʼmuriyatga, uning qilmish va xiyonatlariga hamisha qarshi turadilar. Falastin ahli bu maʼmuriyat kabi bir kun ham boshqalar tomonidan yollanmaydi. Zero, maʼmuriyat Gʻarbni va yahudiylarni rozi qilish uchun Islom va uning ahliga dushmanlikni ravo koʻrmoqda”.

Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.