Savdogarlar soliqning yangi tartibiga qarshi chiqishdi

72
0

Savdogarlar soliqning yangi tartibiga qarshi chiqishdi

“Dordoy” bozori savdogarlari nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishga qarshi chiqishdi. Ular qaror bekor qilinmasa Vazirlar mahkamasi isteʼfosini talab qilishlarini aytishmoqda. Bir kun avval “Taatan” savdo markazi tadbirkorlari ham shunday aktsiya oʻtkazishgan edi. Soliq xizmati esa yangi soliq kodeksiga muvofiq nazorat-kassa mashinalarni oʻrnatish orqali yashirin iqtisod hajmini kamaytirishga harakat qilinayotganini maʼlum qildi.

Qonunga muvofiq, 2021-yil 1-iyuldan boshlab Bishkek va Oʻsh shaharlaridagi tadbirkorlar yangi standartlarga javob beradigan nazorat-kassa mashinalarini oʻrnatishlari shart. Maydoni 20 kvadrat metrgacha boʻlgan savdo doʻkonlari 2022-yilning 1-apreliga qadar nazorat-kassa mashinalarida ishlashi kerak. 2023-yilga qadar Qirgʻizistondagi mavjud savdo doʻkonlari nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlani kerak. Bunga rozi boʻlmaganlar 23 ming somgacha jarimaga tortiladi. Yillik tovar aylanmasi 30 million somdan oshmasa tanlash huquqi beriladi. Yaʼni aylanmasi bu miqdorga yetmaganlar “Umumiy soliq rejimi”ni tanlab soliq toʻlashi mumkin. Agar xohlamasa, “Yagona soliq rejimi”ni tanlab bitta soliq toʻlashi mumkin. Biroq, bundan oshsa qonunda koʻrsatilganidek soliq toʻlashi kerak. Boshqacha aytganda, kichik savdo shahobchalaridan boshqa savdo doʻkonlari QQS toʻlashi kerak boʻladi. Bu miqdor hozir patentga sarflanadigan puldan ancha koʻp. Shu bilan birga, barcha soliqlar toʻlanganida tovarlar qimmatlashadi. Sababi uning daromadiga 12% qoʻshimcha qiymat soligʻi qoʻshiladi. Ilgari savdogarlar faqat patent toʻlab, QQS toʻlamas edi.

Qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS) respublikaga olib kirilib, boshqa hududga yetkazib berilgan tovarlardan undiriladi. Masalan, siz bir magazin ochib, uy-roʻzgʻor buyumlarini sotishni boshladingiz. Yillik tovar aylanmangiz 30 million somdan oshsa, qonun boʻyicha QQS toʻlashingiz shart. Natijada siz soliq xizmatida QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtasiz va har oyining 15-kunida hisobot berishingiz shart boʻladi. Hisobot topshirilmasa keyingi oyda 23 ming som jarima toʻlaysiz. Agar bir yil ichida toʻlamasangiz jinoiy javobgarlikka tortilish xavfi mavjud. Bundan ham qizigʻi, tadbirkor barcha tovarlar narxining 12%ni toʻlaydi. Masalan, sotilgan tovar miqdori 30 million som boʻlsa, 1 million 200 ming som soliq toʻlaydi. Davlat bu soliqni faqat odamlarga sizning tovarlaringizni olish imkonini bergani uchungina oladi. Natijada siz tovar tannarxiga 1,2 million som soliqni qoʻshasiz. Aslida esa bu mahsulot soligʻini xalq toʻlaydi. QQS bir nechta tovarlardan tashqari deyarli barcha turdagi tovarlardan undiriladi. QQSdan ozod qilingan tovarlarga asosan harbiy qurollar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ilmiy kitob-jurnallar kiradi. Umuman olganda QQSdan yilga 67,4 million som yigʻiladi. Bu mamlakat soliqlarining 48%ni tashkil qiladi.

Yangi kodeskga koʻra, yuqoridagi QQSdan tashqari soliqning yana oltita turi mavjud. Bular; daromad soligʻi, foyda soligʻi, aksiz soligʻi, yer osti boyliklaridan foydalanganlik soligʻi, sotish soligʻi. Yer soligʻi mol-mulk soligʻi bilan barlashtirildi. Avvalgi kodesdan farqli ravishda soliqlarni jamlab toʻlash mumkin, yaʼni hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtirildi.

Kapitalistik davlatlarda byudjet asosan soliqlar hisobiga toʻldiriladi. AQShda 90%dan oshsa, Yevropaning aksar davlatlarida -+ 100%ga yetadi. Qirgʻizistonda esa soliqlar byudjetning 75%ni tashkil etadi. Qolgani grantlar, xorijiy davlatlar va tashkilotlardan olingan qarz, kreditlar, dividentlar va davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar tashkil etadi. Bunga qadar Vazirlar mahkamasi raisi Akilbek Japarov prezidentning topshirigʻi – byudjetni 2022-yili 400 milliard, 2023-yili 500 millard somga yetkazish ekanligini aytgan edi. U byudjetning toʻldirishni asosiy manbai sifatida yashirin iqtisoddagi mablagʻni chiqarish, bojxona va soliqlardan koʻproq pul yigʻishini qayd etgandi.

Rasmiy maʼlotlarga koʻra, Qirgʻizistonda yashirin iqtisod darajasi 130 milliard somni tashkil qiladi. Bu umumiy soliqlarning deyarli 90%ni tashkil qiladi. Norasmiy raqamlar bundan ham koʻproq ekanligiga shubha yoʻq. Xalqaro hisob-kitoblarga koʻra, bizda biznesning 40% yashirin, norasmiy maʼlumotlar boʻyicha esa 60-70% kompaniyalar ochiq ishlamaydi. Aslida bunday tadbirkorlar oʻz maqsadlariga erishish uchun hokmiyat vakillari bilan sherik boʻlishadi. Natijada korruptsionerlar maxsus sxemalar asosida ish olib borishadi.

Yirik davlatlarda esa yashirin iqtisod oʻrnini monopolistlar egallaydi. Ular hukumat bilan kelishgan holda yirik soliq toʻlovchi sifatida kichik kompaniyalarni bankrot qiladilar yoki kichik korxonalarni bankrot boʻlishga majbur qiladilar. Monopolistlar esa hokimiyat odamlarining saylov xarajatlari va taʼtillarini qoplab turishadi. Qoʻl ostidagilar hisobidan davlatga soliq toʻlaydilar.

Hozirgi hukumat shu yoʻnalishda harakat qilmoqda. Qirgʻizistonda har bir qimirlagan ish soliqsiz qolmasligi yoki kam soliq toʻlamasligi kerak. Shuning uchun ham avvalgi patent tizimi bekor qilinmoqda. Blogerlar, internet doʻkonlar, taksi xaydovchilari va boshqa shu kabilarga solinadigan soliq bunga misol boʻla oladi. Bularning barchasini amalga oshirish uchun soliq xizmatiga huquqni muxofaza qilish organlarining huquqi berilmoqda. Boshqacha aytganda, moliyaviy politsiya boʻladi. Shuningdek, soliq xizmati toʻplagan soliqning 3%ni oladi. Bu esa soliqchilarning oyligi koʻpayishi ular yigʻgan soliqqa bogʻliq boʻlishini bildiradi. Bu bilan soliqchilar qanday qilib boʻlsa ham koʻproq soliq yigʻishga harakat qilishadi. Natijada odamlarning hayoti yanada ogʻirlashadi. Narxlarning koʻtarilishi esa bunga qoʻshimcha boʻladi.

Shunday qilib kapitalizmdagi byudjet xalq hisobiga toʻldiriladi. Hokimiyat vakillari esa imkon qadar xazinadan oʻgʻirlashni va oʻz biznesiga koʻproq mablagʻ undirishga harakat qiladi. Shuningdek, byudjetga yetkazmay chap choʻntaklarini toʻldirishadi.

Islom dini boylikning bir xovuch kapitalistlar va monopolistlar qoʻlida toʻpalanib qolishiga ham, oddiy xalqning soliq toʻlovchi boʻlib qolishga ham ruxsat bermaydi. Aksincha boylardan olib muhtojlarga taqsimlash orqali jamiyatda farovon hayot va muvozanatni taʼminlab beradi!

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.