Amerikaning Afgʻonistondan chiqib ketishi ortidan Pokiston hukmdorlarining Navid Battni ozod etish vaqti kelmadimi?!

134
0

Matbuot bayonoti
Amerikaning Afgʻonistondan chiqib ketishi ortidan Pokiston hukmdorlarining Navid Battni ozod etish vaqti kelmadimi?!

Ommaviy axborot vositalarida “yaxshi niyat” belgisi sifatida Tolibon mahbuslarining ozod etilishi mumkinligi muhokama qilinayotgan ekan, Pokiston hukmdorlariga Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi rasmiy notigʻi Navid Battni ozod etish vaqti kelmadimi?! 2012 yil 11 maydan beri oilasini koʻrolmayotgan, oilasi ham u haqda hech qanday maʼlumot ololmayotgan bir insonni ozod etsalar boʻlmaydimi?! Pokiston tergov-surishtiruv qoʻmitasi 2018 yil 4 yanvarda majburiy yashirincha hibsda ushlab turish bilan bogʻliq tergov boshlab, Navid Battni sudga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan ekan, nahotki hali ham uni ijro etish vaqti kelmagan boʻlsa?! Navid Battni ochiq sud qilmay yoki uni oilasi bilan uchrashtirmay saqlab turish yer yuzi va samo qonunlarini masxara qilish emasmi?!
“Terrorga qarshi kurash” yakunlanib, AQSh harbiylari Atlantika okeaniga xavfsiz tarzda chiqib ketganiga qaramay, Pokiston hukmdorlari Navid Battni hamon hibsda ushlab turibdi. Darhaqiqat, Pokiston hukmdorlari paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikning qaytishini oʻz xoʻjayinlari Bayden uchun Afgʻonistondan sharmandalarcha chiqib ketishdan ham koʻra alamli deb bilishadi. Ular Baydenga xizmat qilganlari uchun ham Navid Battni mana shunday tarzda ushlab turib, bir vaqtning oʻzida Hindiston josusi Kulbhushan Jadhavga hamda Hindiston harbiy havo kuchlari uchuvchisi Abxinandan Vartamanga har tomonlama rahm-shafqat koʻrsatishmoqda. Shubhasiz, Pokiston hukmdorlari moʻminlarga nisbatan shafqatsiz, kofirlarga nisbatan rahm-shafqatlidirlar. Holbuki, Alloh Taolo bunday marhamat qiladi:
﴿مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاءُ بَيْنَهُمْ﴾
“Muhammad Allohning Rosulidir. U bilan birga boʻlgan (moʻmin)lar kofirlarga qahrli, oʻz oralarida (moʻminlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar” [Fath 29]
Ey Pokistondagi musulmonlar!
Har qanday yigʻin-forumlarda Navid Battning ozod etilishini talab qiling. Rosululloh  marhamat qilganlar:
“مَنْ نَفَّسَ عَنْ مُؤْمِنٍ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ الدُّنْيَا، نَفَّسَ اللَّهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ”
“Kim bitta moʻminning dunyo mashaqqatlardan bir mashaqqatini aritsa, Alloh uning qiyomat kunidagi mashaqqatlardan bir mashaqqatini aritadi”. (Imom Muslim rivoyati).
Navid Battning ozod etilishini talab qiling, chunki u Rosululloh quyidagicha bashorat qilgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga harakat qilgani sababli oʻgʻirlab ketildi:
“ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”
“Keyin Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”. (Imom Ahmad rivoyati).
Ey Pokiston Qurolli kuchlari safidagi zobitlar!
Oʻzingizga maʼlum, Navid Batt roshid Xalifalikni barpo etish uchun sizdan nusrat talab qilgani sababli oʻgʻirlandi. Sizdan nusrat soʻradi, chunki nusrat, qudrat va yordam ahli sizsiz. Sizdan talab qilinayotgan narsa faqat Navid Battni ozod etishlarini talab qilishgina emas. Balki sizdan asosiy talab qilinayotgan narsa uning ozod etilishini taʼminlashdir. Chunki bu siz oson bajara oladigan vazifa. Sizni Alloh oldida yuzingizni yorugʻ qiladigan narsa Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berishingizdir. Zero, Islom Ummati dushmanlarining jang maydonida magʻlubiyatga uchrashi bilan gʻalaba ortidan takbir sadolari koʻtariladi.

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.