Yahudiy vujudi prezidentining Ibrohimiy masjidiga bostirib kirishi Xalilda yangi tartib oʻrnatish boʻlib, bunga Falastin maʼmuriyatining xavfsizlik masalasidagi til biriktiruvi va malay rejimlarning munosabatlarni normallashtirishi sababdir

220
0

Matbuot bayonoti

Yahudiy vujudi prezidentining Ibrohimiy masjidiga bostirib kirishi Xalilda yangi tartib oʻrnatish boʻlib, bunga Falastin maʼmuriyatining xavfsizlik masalasidagi til biriktiruvi va malay rejimlarning munosabatlarni normallashtirishi sababdir

Xalil shahri xuddi Quddus va Aqsodagi kabi shiddatli yahudiylashtirish kampaniyasiga duch kelmoqda. Yahudiylar oʻzlarining tarixiy va tavrotiy bayram va tantanalarini bahona qilib, yahudiylashtirish va yangi tartib oʻrnatish uchun har qanday fursat va imkoniyatdan qoldirmay foydalanishyapti.

Shu nuqtai nazardan, yahudiy vujudi prezidenti Gertsogning Ibrohimiy masjidiga bostirib kirishi ham bu vujudning Xalil markazini va uning Ibrohimiy masjidini xavfli ravishda nishonga olgan holda amalga oshirayotgan jirkanch xatti-harakatlari sirasiga kiradi.

Bosqinchi yahudiylar asosiy diqqatni Xalil shahriga qaratib, uning qadimiy shahriga, muhitiga va Ibrohimiy masjidiga yahudiylik tusini berishmoqchi. Ular buni Gertsogning “Bizning Xalil (Xevron)da tarixiy haqqimiz bor”, deyishi orqali ochiq eʼlon qilishyapti! Prezidentning bu bayonotidan ikki yil oldin Netanьyaxu “Xalil yahudiylardan aslo xoli qolmaydi”, “biz Xalilda begona emasmiz, bu yerda abadiy qolajakmiz” kabi soʻzlarni aytgan. Ularning siyosati mana shunday kelma-ket yangi tartiblar joriy qilishga asoslanmoqda. Masalan, eski shaharning qoq markazida aholi punktlarini oʻrnatishdi, keyin Ibrohimiy masjidini ikkiga boʻlishdi. Bugunga kelib esa, aholi punktlarini bir joyga yigʻib, eski shaharga yanada koʻproq yahudiylik tusini berishga va shu orqali Xalil markazida bir-biriga tutash ulkan aholi punktlarini oʻrnatishga urinishyapti. Bir vaqtning oʻzida, Ibrohimiy masjidining ikkinchi qismini xususiylashtirish maqsadida uni egallab olishga harakat qilishmoqda.

Ibrohimiy masjidiga bostirib kirgan Gertsogning yonida Xalil janubidagi qishloq ahliga qator hujumlar uyushtirib, ularni qishloqdan chiqarib tashlashga uringan “Togʻlik yoshlar” tashkiloti ham ishtirok etdi. Shuningdek, shaharda qurilgan aholi punktlarida yashovchi deputat Eytmar bin Gʻafir va Barux Barzil bilan birga Kahoniy harakatining ham ishtirok etdi… Bundan tashqari, aholi punktlariga joylashib olgan kelgindi yahudiylar prezident Gertsog bilan masjiddan chiqayotib eski shahar aholisiga qarata irqchilik soʻzlari bilan hayqirishdi… Bularning barchasidan shu narsa yaqqol koʻrinib turibdiki, bu jinoyatchilar Aqso murobitlarini oʻz uy-joylaridan va Ibrohimiy masjidi atroflaridan quvib chiqarishga harakat qilishmoqda va buni amalga oshirish uchun qulay fursat kutishyapti.

Falastin maʼmuriyatining xavfsizlik masalasidagi til biriktiruvi sababli yahudiy vujudi haddan oshib, hech narsadan tap tortmayapti. Zero, Falastin ahlini bostirishda, daʼvatni koʻtarib chiqayotganlarni taʼqib qilib, qamoqqa olishda, siyosiy qarashlari sababli odamlarni quvgʻin qilib, adolatsiz soliq va oʻlponlar orqali ularning rizqlarini qiyishda va oralarida nifoq urugʻini ekishda ayni mana shu til biriktiruv Falastin maʼmuriyatiga qoʻl kelmoqda. Bunga qoʻshimcha, yahudiy vujudi bilan mudofaa kelishuvlarini imzolab kelayotgan arab rejimlarining u bilan munosabatlarni normallashtirishi uning mana shunday haddan oshishiga olib keldi. Bularning barchasi Falastin ahli va butun Ummat bitta jangohda, xoin rejim, hukmdorlar, bosqinchi yahudiylar, Amerika va boshqa mustamlakachi davlatlar esa boshqa jangohda ekanini koʻrsatmoqda.

Ibrohim \ning Xalil shahri va Ibrohimiy masjidi, bular muborak Falastin zamini ustunlaridan ikki ustundir. Falastin ahli va musulmonlarning ushbu ikki dargohdagi haqqi tarixiy haq emas, shuningdek, YuNESKO tashkiloti va BMTga qarashli boshqa tashkilotlar belgilab bergan meros haqqi ham emas. Ularga murojaat qilinmaydi. Zotan, BMT yahudiy vujudini mustahkamlash va unga qonuniylik berishda asosiy rolь bajarmoqda. Bu ikki dargohdagi bizning haqqimiz Qurʼoni Karimda belgilab berilgan boʻlib, barcha musulmonlarga ularni himoya, mudofaa etish buyurilgan. Shu bois, bunday saraton illatini tomiri bilan sugʻurib tashlash hamda ularning iflosligi va zoʻravonligidan Xalil, Quddus va butun Falastinni qutqarish uchun Islom Ummatiga murojaat qilmoq lozim.

Xalil ahli oʻzlarining birligi, birdamligi va murobitligiga putur yetkazadigan har qanday narsadan ogoh boʻlishlari hamda oʻzaro jipslashib, shubhali kimsalar tomonidan qoʻzgʻatilgan nizolardan uzoq boʻlishlari lozim. Shuningdek, ular Xalil shahrini moʻljalga olgan hamda shahardan uning aholisini quvib chiqarishga qaratilgan ishlarning naqadar xatarli ekanini anglab yetishlari darkor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.