Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati (11 qism)

73
0

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).

Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati (11 qism)

Uchinchi bosqich: hukmni qoʻlga olish va davlatni qurish

Bu bosqich, bir qarashda, birinchi raqamning eʼlonini, xalifalik tiklanganini  eʼlon qilish bilan toʻsatdan boshlanadigan koʻrinsada, aslida u irtikoz nuqtasidan, soʻngra davlatni qurish va daʼvatni yetkazishdan boshlanadi.

1) Irtikoz nuqtasi: Irtikoz nuqtasi shunday makonki, bu makonda jamiyat davlat qurilishiga yaroqli boʻladi. Irtikoz nuqtasi bir oʻlkaki, bu oʻlkaning aholisi hizb fikrlariga va talabi nusratga xayrixoh boʻladi. Bu oʻlka aholisining barchasi yoki aholi orasidagi kuchli guruh hizbni hukmga yetkazish uchun nusrat beradi. Chunki, umumiy ongdan kelib chiqqan raʼyi ommning natijasi boʻlmish umumxalq qoʻllovining yolgʻiz oʻzi hukmga yetkaza olmaydi. Hukmni hizb qoʻliga topshirish uchun Alloh yoʻlida oʻlimga ham tayyor boʻlgan moddiy kuchgina hizbni hukmga yetkazishga qudrati yetadi. Ikkinchi aqaba bayʼatida Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ga urush bayʼatini bergan yasriblik ansorlar xuddi mana shunday kuch boʻlganlar. Mazkur bayʼatda quydagicha keladi;

وعلى ان تنصروني فتمنعونني اذا قدمت اليكم مما تمنعون منه انفسكم وازواجكم و أبنائكم و لكم الجنة. فقمنا نبايعه

“…. Menga nusrat berishingiz, bas, agar men sizlarga kelsam, meni oʻz jonlaringizni, ahli ayollaringizni va farzandlaringizni himoya qilgan narsadan meni ham himoya qilishingiz va buning evaziga esa, sizlarga jannat eshiklari ochilishi asosida menga bayʼat berasizlar”. Shundan keyin bizlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bayʼat bergani turdik”.  Ahmad rivoyati.

Irtikoz nuqtasi shunday makon va vaziyatki, bu makon va vaziyat ikkinchi aqaba bayʼatidan keyin Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – Madinai Munavvarada davlat qurgunlarigacha boʻlgan makon va vaziyatga oʻxshaydi. Darhaqiqat, Avs va Xazrajdan boʻlgan ansoriylar Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – va sahobalari uchun himoya va nusratni kafolatlab qoʻyishgandi. Ular Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ga xursandchilik oʻrnida ham, xafachilik oʻrnida ham quloq solish va itoat etishga yaʼni hukmga – “Rasululloh – sallollohu alayhi vasallam – ularga Allohning hukmi bilan hukm yuritishlari”ga bayʼat berishgandi.

Gohida ushbu nuqta hokim saltanatning nusrat ahliga bosim oʻtkazishi yoki nusrat ahlining nusrat berish fikridan qaytishi sabab hukm qoʻlga olinmay turib toʻsatdan yoʻq boʻlib qoladi. Bu tafoʼul bosqichidan hukmni qoʻlga olish bosqichiga oʻtish arafasida hizb bilan ham sodir boʻlib turadigan holatdir. Bunday holatda hizbning darhol irtikoz nuqtasini vujudga keltirishi mumkin boʻlgan ishlarni amalga oshira boshlashi lozim boʻladi. Nusratni talab qilishga va nusratni berishga mos keladigan muhit – hizb rayʼlarini umumiy ongdan kelib chiqqan raʼyi omm(afkori omma)ni yaratadigan muhitdir. Bu muhitni Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ning hijratlaridan oldin Musʼab ibn Umayr Madinada yaratib qoʻygan edi. Shunda Ummat oʻzi iymon keltirgan mabdaʼning tatbiq etilishini talab qilib qoladi, hamda bunga daʼvat qilayotgan hizbni oʻz bagʻriga oladi.

Davlat qurilishi uchun yaroqli boʻlgan bunday makonda yuqoridagidek muhit mavjud boʻlishiga qoʻshimcha davlatni quvvatlab turadigan barcha omillarning ham mavjud boʻlishi lozim. Bu omillarning eng asosiysi davlat oʻrnatilib, to u oyoqqa turishi, oʻsib rivojlanishi uchun musulmonlar davlatni himoya qilib olishga yetarli boʻlgan ularning kuch quvvatlaridir. Negaki, davlat iqtisodi, harbiy kuchi, jugʻrofiy joylashishi va aholisi soni davlat qurilayotgan mahalda unga qarshi olib boriladigan tashqi hujumlardan himoyalab olishga yaraydigan boʻlishi lozim. Bazan bu omillar oʻsha makonda toʻlaligicha mavjud boʻlmaydi. Biroq, u davlat oʻzini tiklab olgunga qadar tashqi hujumlarga ham uchramaydigan makon boʻladi. Yoki davlatni quvvatlaydigan omillar toʻla boʻlmaydi. Biroq,  aniqki, boshqa davlat tez orada uning yoniga kiradi va ular ikkovlari davlat asoslari mukammal boʻlgan vujudni tashkil etishadi.

Musulmonlar nusrat bergan har qanday davlatda ushbu uch holatning birortasi yuzaga kelsa, bu davlat oʻz yeridagilarga Xalifalik davlatini eʼlon qilish uchun irtikoz nuqtasi boʻla oladi.

Shuning uchun tafoʼul bosqichida muvaffaqiyatga erishgan hizb oʻzi qoʻlga kiritgan umumxalq qoʻllovini saqlab qolishga harakat qilishi hamda bu qoʻllovdan irtikoz nuqtasini vujudga kelishiga sababchi boʻladigan nusratni qoʻlga kiritishda samarali foydalanishi lozim.

2) Davlatni qurish va daʼvatni yetkazish

Davlat quraman, deb xarakat qilayotgan odamda davlatning qanday boʻlishi xaqida, xususan, davlat quriladigan asosiy qoida-asoslar xaqida hamda davlat tabanniy qiladigan tushunchalar, miqyoslar va qanoatlar majmuasini ijro qiluvchi vujud xaqida umumiy tasavvur boʻladi. Zero, davlat tiklangani eʼlon qilinishi bilanoq ijrochi jihoz tomonidan hech bir kechiktirish yoki asta sekinliksiz hayotning barcha sohalarda ushbu qoida-asoslar va mabdaʼ ahkomlari tatbiq etila boshlaydi.

Xalifalikni qayta tiklash uni bir boshidan, yangidan tiklashga oʻxshamaydi. Chunki, Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – davlat qurish uchun vahiyni kutib turardilar. Bugun esa, xalifalikni qayta tiklashni oʻz zimmasiga olgan hizbning oldida islomiy tushunchalar, miqyoslar va qanoatlarning barchasi muhayyo. Unda 13 asrdan koʻproq vaqt insonlarning quloqlari eshitib, koʻzlari koʻrib kelgan bu davlatning qanday boʻlishi xaqida toʻliq tasavvur bor.

Ushbu davlat tiklanganidan keyin, birinchi xalifalik qoim boʻlgandan boshtab, to xalifalik parchalangunicha Islom ahkomlari tatbiq etilgan oʻlkalarni qayta tiklangan Xalifalik davlatiga qoʻshish vojib boʻladi. Shuning uchun bu davlat hokimlarga elchi va maktublar yuboradi. Axborot vositalari orqali musulmonlarga bayonot va chaqiriqlar tarqatadi. Ularga bu davlatning ularning ham davlati ekanini bayon qiladi. Ularni ham bu davlatga qoʻshilishga, uning tarkibiga kirishga chaqiradi. Xalifalik davlati oʻziga qoʻshni boʻlgan musulmon davlatlari orasidagi chegaralarni bekor qiladi,  ularni ochib tashlaydi. Qoʻshni musulmon davlatlari bilan viza rejimini bekor qiladi. Bojxona markazlarini yoʻq qiladi. Bu bilan qoʻshni davlat musulmonlaridan oʻz diyorlarida mavjud tuzmlarni qulatishga va oʻz diyorlarini Xalifalik davlatiga qoʻshishga xarakat qilish bilan oʻz yurtlarini Dorul islomga aylantirishlarini talab etadi. Agar bunday uslub va vositalar foyda bermasa, davlat kuch ishlatishga majbur boʻladi. Bu esa,  oʻsha yurtlarga askar kiritish, barcha musulmon oʻlkalarini Xalifalik davlati soyasida birlashtirish yoʻlida qarshi turayotgan barcha toʻsiqlarni parchalab tashlash orqali amalga oshiriladi.

Musulmon oʻlkalarni Xalifalik davlatiga qoʻshish yoki ularning ayrimlarini kofirlarning hukmronligidan ozod qilish amaliyoti, kofir xalq va davlatlarga Islomni jihod orqali yetkazish bilan yonma yon bajarilishi Allohning quyidagi amriga amal qilgan holda boʻladi:

وما ارسلناك الا كافة للناس بشبرا و نذييرا

“Magar Biz sizni butun insoniyatga (jannatdan) bashorat beruvchi va (doʻzaxdan) ogoh etguvchi qilib yubordik”.[34:28].

Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – marhamat qiladilar:

أمرت ان اقاتل الناس حتي يشهدوا أن لا إله إلا الله و ان محمد رسول الله و يقيموا الصلاة و يؤتوا الزكاة، فإذا فعلوا ذلك عصموا مني دماءهم و أموالهم إلا بحق الاسلام. وحسابهم على الله

“Insonlar bilan to ular Alloxdan boshqa iloh yoʻqligiga va Muxammad Allohning elchisi ekanligiga guvohlik bermagunlaricha, namozni qoim qilib, zakotni bermagunlaricha ular bilan urush qilishga buyurildim. Agar ular buni qilishsa, ular mendan jonlarini va mollarini saqlab qoladilar.  Magar Islom haqqi bundan mustasno.  Ularning hisobi Allohgadir”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.